Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Demokratiya eksporti: 
1) jahondagi ayrim qudratli davlatlar yoki davlatlar guruhi 
tomonidan suveren davlatlarning o‘z taraqqiyot modelini o‘zi tanlash 
huquqiga, qolaversa, demokratiyaning ma’no-mazmuni, pirovard 
maqsadlariga zid ravishda uning «hammabop uslubi»ni kuch ishlatish 
yo‘li bilan boshqa jamiyatlarga tiqishtirish amaliyotini anglatadi;
2) yosh mustaqil davlatlarda demokratiya tanqisligini ro‘kach 
qilib, bu mamlakatlardagi demokratlashtirish jarayonlarini sun’iy 
ravishda jadallashtirishga urinayotgan ayrim kuchlar va siyosiy 
doiralarning xatti-harakatlarini ifoda etuvchi tushuncha mohiyati 
Yurtboshimiz tomonidan quyidagicha ko‘rsatib berilgan:
 
«Ma’lum bir 
mamlakatda, aytaylik, «demokratiya taqchilligi» mavjud, ushbu 
mamlakat xalqiga ana shu taqchillikdan xalos bo‘lishga yordam 
berish kerak, deb hisoblanadi. Buning uchun katta mablag‘lar 
ajratilib, tegishli kuchlar yo‘naltiriladi. Va bundan ko‘zlangan maqsad
to‘ntarish uyushtirish va ana shunday «taqchillik»ni vujudga keltirgan 
rahbariyatni yo‘qotishdan iborat tushuncha. Mana shunday holatlarda 
«baxmal o‘zgarish»lar texnologiyalari ishga tushadi: avvalgi 
hokimiyat nisbatan tinch yo‘l bilan, qurbonlarsiz ketishi, uning o‘rnini 
boshqa, mazkur texnologiyalar manfaatlariga javob beradigan kuchlar 
egallashi ko‘zda tutiladi». Aslida, demokratiya boshqa mamlakat 


282
hududiga uning milliy manfaatlari va xususiyatlarini inobatga 
olmasdan turib, eksport qilinishi mumkin bo‘lgan oddiy bir tovar 
emas. Agar demokratiyaga ham eksport predmeti sifatida yondashilsa, 
u bir tarafning boshqa taraf ustidan ustunlikka erishish vositasiga 
aylanadi. Holbuki, hech bir xalqaro tashkilot yo hech bir davlatga 
o‘zga mamlakatda zo‘ravonlik bilan demokratiya o‘rnatish vakolati 
berilgan emas. Demokratiyani zo‘rlik bilan boshqa joyga eksport 
qilish demokratiya tamoyillariga hech qachon mos kelmaydi. 
Keyingi-yillarda yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlarda 
demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirish zarurligi haqida 
ayyuhannos solayotganlarning bunday intilishlari ortida qanday 
geosiyosiy, strategik va iqtisodiy maqsad-muddaolar turgani sir emas. 
Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar 
o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Yerkinlik va 
demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, 
uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z 
vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda 
mustaqil davlatlar suverenitetini pisand qilmay, ularning ichki 
ishlariga aralashayotgan «demokratiya rejissyorlari» aslida dunyoga 
hukmronlik qilishga, o‘zga mamlakatlardagi yerusti va yerosti 
boyliklarini egallab olish, muayyan mintaqalardagi tinch-osuda 
hayotni izdan chiqarish, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha davlatlarning 
manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishiga yordam 
berishga intilayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan 
aytganda, demokratiya eksporti yangi ko‘rinishdagi mustamlaka-
chilik, gegemonizm va buyuk davlatchilik shovinizmiga xizmat 
qiladigan harakatdir. Shu bois demokratiya eksportining g‘arazli 
ta’siridan mamlakatimizni asrash, ma’naviy qadriyatlarimiz, 
davlatchilik an’analarimiz, demakki, milliy taraqqiyotimizni izdan 
chiqaruvchi bunday tahdidlarga qarshi ogoh va hushyor bo‘lish, 
ularga qarshi qat’iy va izchil kurash olib borish bugungi kunning 
dolzarb vazifalaridandir. 
Demokratiyani hayotga joriy qilishda mamlakat xalqining milliy 
ehtiyojlari, turmush tarzi axloqiy mezonlaridan kelib chiqqan holda 
yondashish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqadigan 
bo‘lsak, hamma xalqlar uchun demokratiyani birday joriy qilishining 
bir xil qolipi bo‘lishi mumkin emas, masalan, sharqona demokratiya 


283
haqida gap ketganda Prezident Islom Karimov: «Sharqda demokratiya 
jarayonlarining qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos 
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda asta-sekin taraqqiy 
topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat 
noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari 
ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb 
aytganlar. Tabiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi»
1
deya 
demokratiyani joriy etishning tamoyillari borligini ko‘rsatdi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarda Turkiya, 
Germaniya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar bizga o‘z taraqqiyot 
dasturlari va modellarini tavsiya etdilar. To‘g‘ri, bu mamlakatlarda 
demokratiyaning ibratli va o‘rganishga arzirli tajribalari mavjud. 
Biroq davlatimiz rahbari Islom Karimov bu takliflarga o‘zining aniq 
munosabatini bildirib, bu masalaga har bir millatning turmush tarzi 
ruhiyatidan kelib yondashish zarurligini aytdi. 
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, demokratik jarayonlarni 
chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi. 
Bunday yo‘l chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, g‘arb demokratiyasini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri sharq mamlakatlarida joriy etish mumkin emas. 
Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin.
Sodda qilib aytganda, demokratiya - ongli fikrlash, har qanday 
ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan munosabat; Demokratiya –
yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati; 
demokratiyani anglash shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan 
qonunlarga to‘la rioya etishi; aniq tartib-intizomga tayanib, yashash, 
salohiyati; demokratiya-inson haq-huquqlarining qonuniy himoya 
qilinishi. 
Aksincha bo‘lgan jamiyatda boshboshdoqlik, parokandalik avj 
oladi va oqibatda bunday jamiyat halokatga uchraydi. Shuning uchun 
ham Prezidentimiz mamlakatimizning siyosiy va davlat qurilishi 
sohasidagi xususiyatlarini ko‘rsatib berar ekan, «siyosiy hayotning 
barcha sohalarini erkinlashtirish jamiyatda demokratiya, fikr va 
vijdon erkinligi tamoyillari gumanizm g‘oyalari va umuminsoniy 
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистоннинг
сиёсий
-
ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
асосий
тамойиллари

Т
.: 
Ўзбекистон
, 1995. 10-11-
бетлар


284
qadriyatlarni qaror toptirish
1
»ni muhim vazifa sifatida belgilab berdi. 
Mustaqillik tufayli erkinlik, demokratiya nimaligini va 
o‘zligimizni kashf etdik. Tom ma’naviy kamolotga yetmaguncha, to 
xatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umumiy 
manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni 
ham, ko‘lami ham kutganimiz darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita 
fuqarolar ongi, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaqin o‘tmishdan 
qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo‘qotish, shu asosda 
davlatimiz, vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg‘ularini 
kuchaytirish kabi murakkab va uzoq muddatli jarayon bilan bog‘liq. 
Ana shundan kelib chiqib, Prezident Islom Karimov: «.. demokratiya 
o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va 
jismoniy mehnat qilib, ter to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini
obdan tortib, keyin aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham 
boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh 
beribgina erishish mumkin
2
»,degan edi. 
Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash, huquqiy savodxonlik, 
qonunlarga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat, demokratik qadriyat-
larga sodiqlik bir tomondan jamiyat ma’rifiy taraqqiyot yo‘lidan
borishini ta’minlaydigan omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxs 
ma’naviy komilligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. 
Jamiyatda komillik mezoniga javob beradigan kishilar aksariyat 
ko‘pchilikni tashkil qilsagina, ma’naviy barkamollik va iqtisodiy 
yuksaklikka erishish mumkin bo‘ladi. 
1
Каримов
И
.
А

Миллий
истиқлол
мафкураси
халқ
эътиқоди
ва
буюк
келажакка
ишончдир

Т
.: 
Ўзбекистон
2000, 13-14-
бетлар

2
Каримов
И
.
А

Ўзбекистоннинг
сиёсий
-
ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
аосий
тамойиллари

Т
.: 
«
Ўзбекистон
», 1995. 10-11-
бетлар



285

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish