13.4. Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari
Demokratiya
(yun.
demos-
xalq va
kratos
- hokimiyat):
1) fuqarolar erkinligi va tengligi tamoyili asosida Konstitutsiya
va qonunlarda mustahkamlangan xalq hokimiyatining shakli;
2) amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan erkin, adolatli
jamiyat va davlatni anglatuvchi siyosiy tushuncha.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida «demokratiya» tushunchasi
shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelgan. Bu jarayon bu-
gungi kunda ham davom etmoqda. Zero, demokratiya eng rivojlangan
davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajaga yetgani
yo‘q. Chunki demokratiya bosqichma-bosqich rivojlanadigan jarayon
bo‘lib, har bir millat va jamiyat, har bir davrda uni tushunish, talqin
etish va amaliyotda qo‘llashda o‘ziga xos xususiyatlar namoyon
bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik xalqning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, milliy
mentaliteti, an’analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri
kabi omillar bilan belgilanadi.
Prezident Islom Karimov alohida ta’kidlaganidek, «Hammani
bir qolipga solib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, davlatlarni ham bir
qolipga solish va bozor munosabatlariga o‘tish, demokratiyani barpo
etish nuqtayi nazaridan ularga bir xil yondashuvlarni qo‘llash
yaramaydi».
Demokratiyaning xarakterini belgilovchi umumiy mezonlar. Bu
demokratiya tamoyillariga rioya qilinishi, demokratik qonunlarning
mavjudligi va ular asosidagi demokratik institutlar faoliyati bilan
bog‘liqdir. Demokratiya, mohiyatan, insonning har tomonlama kamol
topishi uchun berilgan imkoniyat, shaxs bilan jamiyat manfaatlari o‘r-
tasidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi omildir. Ayni paytda demokratiya
qabul qilingan qonunlar, amaldagi tartib-qoidalar yordamida shaxs
hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hamdir.
279
Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda demokratiya jamiyatning
yashash tarziga aylanib qolgan. Odatda, vakillik demokratiyasi va
bevosita demokratiya bir-biridan farqlanadi. Vakillik demokratiyasida
fuqarolar qonunchilik, ijroiya
va boshqa
funksiyalarni bajaruvchi
organlarni saylaydi, ammo bu funksiyalarni amalga oshirishda bevo-
sita ishtirok etmaydi. Bevosita demokratiya shaklida esa fuqarolar
turli masalalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlari hal qilish huquqiga ega
bo‘ladi. Saylovlar bevosita demokratiyani yaqqol namoyon etuvchi
muhim siyosiy tadbir sanaladi.
Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni muvofiq-
lashtirish, murosaga
keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu
ma’noda, demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, uni
mamlakat taraqqiyoti uchun safarbar etishga xizmat qiladi. Islom Ka-
rimov ta’kidlaganidek,
«Har qanday munozarali masalalarni tinch
yo‘l bilan hal etish, muzokaralar yo‘li bilan fikr almashish va eng
to‘g‘ri, hamma uchun birday manfaatli bo‘lgan xulosalarga kelish va
har qanday zo‘ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishga qarshi
ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash - demakki, sharqona
demokratiya tamoyillari asosida ish yuritishdir». Demokratiya
insoniyat bugungi kungacha qo‘llab kelgan, ijtimoiy muammolarni
hal etishning eng oqilona yo‘li sifatida e’tirof etilgan.
Tarixiy jihatdan demokratiyaning boshlanish nuqtasi ham,
tugash nuqtasi ham yo‘q. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq,
demokratiya kurtaklari paydo bo‘lgan, hatto, eng taraqqiy etgan
mamlakatlarda ham u o‘zining ideal darajasiga yetgani yo‘q.
Demokratiyani bo‘g‘ish, unga rahna solish mumkin, lekin butunlay
yo‘q qilib bo‘lmaydi. Har qanday davrning, har qanday jamiyatning
va har qanday xalqning o‘ziga xos demokratiyasi bo‘ladi. Ya’ni
demokratik tamoyillarni belgilashda jamiyatning obyektiv va
subyektiv shart-sharoitlari asosida shakllangan, xalqning, millatning
ijtimoiy ongi va psixologiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Demak, demokratiya insoniyatning madaniyati, ma’naviyati,
ijtimoiy ongi, mentaliteti, idroki, bilim doirasi, ishbilarmonlik
qobiliyati, uning jamiyatda erkin yashash va mehnat qilish ko‘nikmasi
bilan birgalikda shakllanib, rivojlanib boradigan tabiiy-tarixiy
jarayondir. Demokratiyaning muhim xususiyati shundaki, unda xalq
hokimiyati, ya’ni ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunish tamoyili
280
rasman e’lon qilinadi hamda fuqarolarning erkinligi va teng
huquqliligi e’tirof etiladi. Bu shartlar jamiyat hamda uning a’zolari
hayotining asosiy qonuni - muayyan davlatning Konstitutsiyasida aks
ettiriladi.
Demokratiyaning asosiy tamoyillari teng huquqlilik, erkin va
demokratik saylovlar, hurfikrlilik, siyosiy plyuralizm, ko‘ppartiya-
viylik, hokimiyatning saylab qo‘yilishi va xalq oldida hisob berishi,
ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, ozchilik fikrining inobatga
olinishi. Shu bilan birgalikda, demokratiya sharoitida har bir
shaxsning shakllanishiga o‘ziga xos «chegara» ham qo‘yiladi, ya’ni
Konstitutsiyaga oid qoidalar va qonunlar orqali shaxslarning ijtimoiy
hayoti va xatti-harakatlari tartibga solinadi. Bundan tashqari, demok-
ratiya jamiyatning axloqiy-psixologik iqlimini vujudga keltiradigan
shart-sharoitlarni ham yaratadi.
Mustaqillik O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini qurish imkonini beradi. Mamlakatimiz Prezidenti
Islom Karimov rahnamoligida ana shu yo‘ldan muvaffaqiyat bilan
ilgarilab borilmoqda. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha
sohalarini demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash va
liberallashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar va islohotlar izchillik
bilan amalga oshirilmoqda. Ana shu jarayonning faol ishtirokchisi
bo‘lish barchamizning insoniy burchimizdir.
Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi: yuksak siyosiy tafakkur va siyosiy madaniyat har qanday
ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan fuqarolik pozitsiyasiga ega
bo‘lishi, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish, amaldagi qonunlarga
qat’iy rioya qilish va jamiyat rivoji hamda barqarorligini ta’minlashda
mas’uliyatni anglash. Shu ma’noda, demokratiya - yuksak
ma’naviyat, fuqarolarning ichki madaniyati va intellektual
imkoniyati; fuqarolarning barcha uchun birday zarur bo‘lgan
qonunlarga to‘liq rioya etishi, inson haq-huquq va erkinliklarini,
umumxalq va umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan, barchani
qonunlarga bo‘ysunib yashashga undaydigan umuminsoniy, huquqiy
va ma’naviy qadriyat hisoblanadi.
Demokratiyani ma’naviyatsiz va ma’rifatsiz anglab bo‘lmaydi.
U inson aql-zakovati mahsuli va ayni paytda uning erkin holda
farovon hayot kechirishining zaruriy shartidir. Demokratiyani hayotga
281
joriy qilishda mamlakat xalqining milliy ehtiyojlari, turmush tarzi,
axloqiy mezonlari e’tiborga olinishi g‘oyat muhim. Zero, barcha
davlatlar va xalqlar uchun demokratiyaning bir xil qolipi bo‘lishi
mumkin emas.
Jamiyatda demokratik qadriyatlarning amal qilishi ma’naviy-
ma’rifiy taraqqiyotning ko‘rsatkichi hamdir. Ularning uyg‘unligi
jamiyatning barqaror taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Totalitar
tuzumdan erkin fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotgan bir sharoitda har bir
fuqaro demokratiyaning mohiyati va tamoyillarini anglab yetishi,
erkin yashash va erkin fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishi hamda
ma’naviy-ruhiy jihatdan demokratik yashash shartlariga o‘zini
tayyorlab borishi, fikrsizlik, qaramlik, tanballik va boqimandalik
illatidan xalos bo‘lishi zarur. Demokratiya asta-sekin, bosqichma-
bosqich shakllanib, rivojlanib boradigan uzluksiz jarayon bo‘lgani
sababli, u har bir insonning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati muttasil
yuksalib borishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |