Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 
14.4. Eng buyuk jasorat – ma’naviy jasoratdir 
 
Ma’naviy jasoratning 
mazmun-mohiyati, falsafiy ifodasi Islom 
Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida 
insoniyat tarixidagi yorqin misollar orqali ta’riflangan. Mazkur 
tushuncha yer yuzidagi barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini 
tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolarni, 
mumtoz san’at va adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahra-
monlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati va 
yuksak ma’naviy salohiyatini o‘z ichiga olgan holda ifodalangan. 
Unda inson o‘z ma’naviyatini doimo yuksaltirib borishi har qanday 
faoliyatda ma’naviy jihatdan alohida namuna ko‘rsatishi lozimligi
 
kabilar yorqin misollarda bayon etilgan.
Bugun biz «Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo‘lgan, 
qo‘hna va hayratomuz tarixni o‘zida mujassam etgan Vatanimizdagi 
bebaho yodgorliklar, osori-atiqalar haqida so‘z yuritar ekanmiz, shu 


299
zaminda yashayotgan barcha insonlar ularni avvalo, xalqimiz 
dahosining yorqin namunasi, ta’bir joiz bo‘lsa, uning yuksak ma’navi-
yatiga qo‘yilgan muazzam haykallar, deb qabul qiladi. Shuning uchun 
ham bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga hech 
ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat - bu ma’naviy jasorat, deb javob 
bersak, o‘ylaymanki yanglishmagan bo‘lamiz. 
Jahon tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qalbida, yuragida ana 
shunday jasorat hissi nihoyatda kuchli bo‘lgan insonlar har qanday 
murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-
yurt uchun, Vatan uchun, qanday ibratli ishlarni amalga oshirganini 
ko‘rish mumkin. Aynan ana shunday odamlarning ma’naviy 
fazilatlari tufayli ezgu his-tuyg‘ular, muqaddas va ulug‘ tushunchalar 
dunyoda hanuz barqaror bo‘lib kelmoqda. Bunday benazir zotlarning 
barcha xalqlar va millatlar orasida ko‘plab topilishi - ma’naviy jasorat 
tuyg‘usi butun bashariyatga xos xususiyat ekanidan dalolat beradi».
1
Jahon sivilizatsiyasi ana shu buyuk jasorat, azmu shijoat, 
ma’naviy jasorat sohiblarini ulug‘lab, sharaflab kelgan. Yunon 
afsonalaridagi Ikar kabi halok bo‘lishini bila turib, quyoshga, yorug‘-
likka, buyuk orzular sari parvoz qilish hammaning ham qo‘lidan 
kelavermaydi. Ammo insoniyat taraqqiyotini har doim aynan ana 
shunday odamlar yo‘lga qo‘yganlar, shular tarix g‘ildiragini olg‘a 
siljitganlar. Ulardagi buyuk jasorat odamlar uchun ibrat maktabi 
bo‘lgan. Erk va ozodlik yo‘lida buyuk jasorat ko‘rsatgan milliy 
qahramonlarimiz To‘maris, Shiroq, Spitamen biz uchun vatanparvar-
likda ibratdir. Insoniyatning taraqqiyot yo‘llarini belgilagan buyuk 
kashfiyotlar, odamlarni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga da’vat 
etgan fan, madaniyat, san’at, adabiyotdagi va boshqa bunyodkorlik 
durdonalari ana shunday ma’naviy jasorat mevalaridir. 
Suqrot 
yaratgan ilm, uning inson va jamiyatga doir falsafasi qariyb 2,5 ming 
yil mobaynida Sharqu G‘arb allomalarini ruhlantirib kelmoqda. Uning 
hayoti va o‘limi tarixi inson ruhiy quvvatining chinakam ramziga 
aylangan. Odob va axloqni falsafiy teran tadqiq qilgan Suqrot hoki-
miyat tomonidan ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etiladi. Shogirdlari 
unga qamoqdan qochib, jonini saqlab qolishni taklif etishganda, u 
bundan voz kechadi. Suqrot uchun qamoqdan qochish o‘zi targ‘ib 
qilgan va o‘zi butun umr rioya etgan qoidalarga, eng muhimi - 
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч
». 
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 159-160 
бетлар



300
Vatanga xiyonat bo‘lar edi. Zero, uning qat’iy fikricha, har qanday, 
hatto eng yuksak va adolatli maqsad ham, unga erishmoq yo‘lidagi 
past va jinoiy vositalarni oqlamaydi.
Shuningdek, necha asrlardan buyon yuksak tafakkur va aql-
zakovat timsoli bo‘lib kelayogan antik davrga mansub yunon 
faylasufi Platonning hayot yo‘lini o‘zimizga bir tasavvur qilib 
ko‘raylik. Ma’lumki, Platon butun umrini ilmu ma’rifatga 
bag‘ishlagan ulug‘ donishmand Suqrotning munosib shogirdi edi. 
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Suqrotning o‘limidan keyin 
yunon falsafasining taqdiri xavf ostida qoladi. Faqatgina Platonning 
fidoyiligi va beqiyos xizmatlari evaziga bu fan yangi bosqichga 
ko‘tarildi. Uning qanchadan qancha qiyinchilik, sarson-sargardon-
likdan so‘ng, bor mol-mulkini sarflab, Afina shahri yaqinidan maxsus 
yer sotib olib, olimlar to‘planib, bahs-munozara olib boradigan joy
akademiya tashkil etishi chinakam ma’naviy jasorat namunasi edi. 
Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yil davomida nafaqat 
yunon, balki butun Sharqu G‘arb olamining ravojiga kuchli ta’sir 
o‘tkazdi, insoniyat tafakkur taraqqiyotining istiqbolini belgilab berdi.
1
«Chunonchi o‘rta asrlarda astronomiya sohasidagi ilmiy 
kashfiyotlari uchun tazyiq va ta’qiblarga uchragan Nikolay Kopernik 
hamda keyinchalik uning izidan borib, jaholat va aqidaparast 
ruhoniylar tomonidan o‘tga tashlangan Jordano Bruno, qanchadan 
qancha ta’na va malomatlarga giriftor etilgan Galileo Galiley kabi 
allomalarning jasoratida ham haqiqatga sadoqat, e’tiqod uchun 
kurashning yorqin namunasi yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz».
2

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish