Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Madaniyat san'at
muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo`nalishi 12-2 mad 21-guruh
talabalari tomonidan amaliy dars mashg’ulotida “ Milliy tiklanishdan - milliy
yuksalish sari ” mavzusida tashkillashtirgan tadbir
BAYONNOMASI
17.12.2021 yil
Buxoro shahri
Tashkilotchi
: Buxoro tarixi kafedrasi o`qituvchisi A.T.Teshayev
Qatnashdilar
: Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi o`qituvchilari Mubinov
Muhammadali, Beshimov Maqsud, Teshayev Azizbek, Texnologik ta`lim kafedrasi
o`qituvchisi Sharopov Mirjon, 12-1 mad 21- hamda 12-2 mad 21-guruh talabalari.
KUN TARTIBI
:
17-dekabr kuni amaliy dars mashg’ulotidan tashqari vaqtda madaniy va ma'rifiy hordiq
chiqarish uchun tashkillashtirilgan tadbirni ko'tarinki ruhda o'tkazish.
Yoshlarda
vatanparvarlik ruhini ko’tarish va o’tmishga hurmat hissini oshirish, milliy madaniyatni
targ’ib qiluvchi an’analarni ilmiy jihatdan tahlil qilish.
Eshitildi
: Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og'ir sinovlarda ham o'z ozodligi va
istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo'lda behisob qurbonlar berdi, ammo milliy g'ururini
saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni
har tomonlama rivojlantirib, bugungi
avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Tarix - milliy ma'naviyatimizning
bitmas-tuganmas
bulog'idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko’rsatish
barchamizning,
nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir. 12-2 mad 21-guruh talabalari tomonidan
tashkillashtirigan tadbirda milliy madaniyatimizni targ’ib etuvchi sahna ko’rinishlar
namoyish etildi. Vatanni madh etuvchi milliy kuy va qo’shiqlar kuylandi. Biz fahrlansak
arziydigan ota-bobolarimiz siymolari rollarda gavdalandi. Milliy tiklanish yo’lining asosiy
omili sifatida talabalar korrupsiyaga chek qo’yish kerakligini o’z sahna ko’rinishlari orqali
yaqqol ochib berildi.
So'zga chiqdilar
: Buxoro davlat universiteti Texnologik ta`lim kafedrasi o`qituvchisi
M.N.Sharopov
talabarning hamjihatligi, bayramni tashkillashtirishda o’sha davrni
gavdalantirib berganligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Tadbir juda zo'r va ko'tarinki
ruhda o'tdi. Meni
xursand qilgan narsa shuki, bunday qo'shiqchilar, bir-biridan ajoyib
sahna ijrochilarning talabalardan chiqqani bo'ldi. Talabalarni
izlanganligi va mehnat
qiliganlari yaqqol ko'rinib turibti. Ularni fanga qiziqtira olgan ustoz A.T.Teshayevga
hamda dastlabki mustaqil izlanishdagi faoliyatini tashkillashtira olgan guruh sardori
M.T.Rahmatovaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
“Buxoro tarixi” kafedra o’qituvchisi Teshayev Azizbek:
Talabalarimizning bugungi
izlanishlari quvonarli hol, albatta. Bugungi bayramda ular milliy ruhda, milliy g’ururni his