«yaxshisi o‘zingni bil, o‘zingni o’rgan, - deydi Sokrat, Xudo bor, olamni
xudo yaratgan, benixoya cheksiz va mukammal, tartibli dunyo
olamiy aql bo‘lmasa shu xolga kelarmidi ?!».
Sokrat suxbatdoshini
savol berish bilan mantiqan engish usuli bo’lgan mayyovtikani ishlab
chiqqan. Bu usul pirovardida raqibni « Men hech narsani
bilmasligimni bildim» deb tan olishga majbur qilar edi.
Sokratning shogirdi
Platon
(er.av.427-347) «Sofist», «Fedon»,
«Parmenid», «Teetet», «Davlat» nomli asarlari bilan mashxur. Sharqda
Aflotun nomi bilan shuxrat qozongan. Platon «G‘oyalar dunyosi va
soyalar dunyosi» xaqidagi ta’limot bilan ob’ektiv idealizm falsafasini
ilgari surgan. Uning fikricha, narsalar va g‘oyalar dunyosi mavjuddir.
Buyumlar – o‘tkinchi, muvaqqat, g‘oyalar esa haqiqiy, o‘zgarmas.
Narsalar g‘oyalarning ko‘lankasi, soyasidan boshqa narsa emas.
Platon bu fikrini quydagicha izoxlaydi: qorong’u g‘orda kishanlangan
maxkumlar yotishibdi. Ular xech qaysi tomonga burila olmaydilar. Shu
alfozda g‘orning yorug‘lik tushib to‘rgan
kichik bir tuynugidan
narsalar bilan o‘tayotgan kishilarning ko’lankasinigina kuzatadilar.
Ammo ko’rinayotganlar kim, ularning qo‘lida nimalar bor? – buni bila
olmaydilar. Shunga o‘xshab narsalar abadiy go‘zal moxiyatlarning
bor-yug‘i g‘or devoridagi kabi ko‘lankasidir. Xaqiqiy o‘zgarish va
xarakat g‘oyalargagina xos bo‘lib, narsalarning xarakati, o‘zgarishlari
g‘oyalar xarakatidan xosiladir. Xaqqoniy moxiyat xisoblanmish
g‘oyalarni bilish xammaga xam nasib etavermaydi.
Mutafakkirning bilish nazariyasi ham o‘ziga xoslikka ega. Platonning
fikricha, jon tanadan mustaqil, iloxiy va o‘lmas moxiyatdir. Jon
g‘oyalar dunyosiga yaqin turadi, shuning uchun jon ushbu pok
dunyodan ta’sirlanib, xuzur qiladi, vaqti – vaqti bilan inson tanasiga
kirib, g‘oyalar dunyosida ko‘rgan – kechirganlarini xotirlay boshlaydi.
Shu asosda bilish yuzaga keladi. Demak, bilish, Platon fikricha,
jonning eslashi, xotirlashidan iborat iloxiy jarayondir.
Platon o‘z ta’limotida jamiyat va
davlat masalalariga aloxida
to‘xtaladi. Uning fikricha, davlatda turt shakl mavjud: teokratiya,
oligarxiya, demokratiya va tiraniya. Mutafakkir ideal davlat xaqida
fikr yuritar ekan, bunda adolat g’oyasini ustun qo’yadi. Jamiyat uch
tabaqa:
xoqimlar
(faylasuflar),
xarbiylar
va
dehqon-
hunarmandlardan tashkil topadi. Davlat xokimiiyati zodagon
faylasuflar qo‘lida bo‘lishi, xarbiylar davlatni qo‘riqlashi, dexqon va
xunarmandlar esa davlat uchun zarur maxsulotlarni ishlab
chiqarishlari lozim. Platon qullarga past nazar bilan qarab,
ularni
xatto inson qatoriga qo‘shmaydi, ularni ma’naviy xayotdan maxrum,
deb xisoblaydi. U quldorlar aristokratiyasi reapublikasini, xatto
monarxiyani ideal davlat deb bilib, iloxiylashtirish darajasiga etadi.
Platon «Davlat» nomli asarida o‘z tadqiqotlarida qo‘llagan metodni
«dialektika» deb atagan. Uning fikricha, «dialektika kishilarni savol –
javob qilishga o‘rgatadi». Demak, dialektika suxbatlashish, muloqot
san’atidir. Uni nutqda maxorat bilan qo’llash ko’p foyda keltiradi.
«Parmenid» nomli kitobida alloma tushuncha, umumiylik, konkretlik,
ayniyat, qarama –
qarshilik, ko‘plik va yakkalik kabi falsafiy
kategoriyalarni ta’riflab beradi. Axloqiy qarashlarida Platon adolatlilik
tamoyillariga asosiy urg‘u beradi. Adolatlilik, uning fikricha, uch
xislatga – donolik, botirlik va oqilona ish tutishga asoslanadi.
Platonning shogirdi, stagiralik Aristotel (er.av.348- 322) bir necha yil
Makedoniya podshosi Filipp II ning o‘gli – bo‘lg‘usi jaxongir Aleksandr
Makedonskiyga uztozlik qilgan. Uning «Fizika», «Metafizika», «Jon
to‘g‘risida», «Kategoriya», «Analitika», «Topika», «Organon» singari
asarlari shuxrat qozongan. Bu asarlarda mantiq, falsafa,
psixoldogiya, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar borasida teran
fikrldar bildirilgan.
Aristotel Platonning abadiy g‘oyalar,
Pifagorning iloxiy raqamlar
xaqidagi fikrlarini tanqid qilib chiqdi. Uning fikricha, narsa va ularning
moxiyati boshqa-boshqa yashashi aslo aqlga to‘g‘ri kelmaydi.
Narsaning moxiyati undan tashqari bo‘la olmaydi, balki uning
o‘zidadir. Aristotel ta’riflab bergan sababiyat tamoyili 4 turdagi
sababni e’tirof etadi: 1. Moddiy-sabab materiya. 2. Shakliy sabab-
shakl. 3. Pirovard sabab 4. Yaratuvchi sabab. Yaratuvchi sabab –
xarakat manbaidir. Masalan, ota – ona farzand ulg‘ayishining
sababi. Pirovard sabab (maqsad sabab) insonga xos, ammo Platon
uni tabiat hodisalariga nisbatan ham tadbiq etish mumkin deb
xisoblaydi. Xarakat olam singari abadiydir. Ayni paytda olam abadiy
sabab, ya’ni xarakatlantiruvchi kuchga ega. Shakl – faol tomon, u
xatto borliqning ma’no-moxiyatini tashkil etadi. Materiya – imkoniyat,
xolos. U shakl tufayli ruyobga chiqadi. Xar bir tabiiy xodisada ichki
azaliy maqsad – entelexiya mavjud. Bu g‘oya teleologiya – hamma
narsa azaldan muvofik qilib yaratilgan,
degan nazariyaga olib
keladi. Arxitektura, mutafakkir fikricha, yaratuvchilik san’ati, arxitektor,
ya’ni yaratuvchiniing rejasi – shakl, xom ashyo – materiya, ko‘rib
bitkazilgan bino – maqsad sababdir. Shakl bilan materiya birlikni
tashkil etadi, ular o‘zaro bog‘liq. Narsa – xodisalarning xarakati va
rivojlanishi – bu materiyaniing shakllanishi, shaklga ega bo‘lib borish
jarayonidir.
Aristotel fikricha, xamma seziladigan va sezgi uyg’otadigan narsalar
insondan tashqarida, tashqi olamda joylashgan. Inson sezgisi – xali
yozilmagan kitob. «Sezgi vositasida bizga
materiyasiz shakl ayon
bo‘ladi»- deydi u. Aqlimiz ayrim narsa – xodisalarni, ulardagi ayrimlikni
bilishdan umumiylikni bilishga imkon beradi.
Aristotel davlat masalasiga to‘xtalib, davlat jamiyatning erkin va
farovon xayot kechirishini ta’minlashi lozim, deydi. Baxtli xayot – bu
faqat mo‘l – ko’lchilik emas, baxtli xayot moddiy va ma’naviy
boyliklar uyg’unlashganda yuzaga chiqadi. Davlat asosan o‘rta
mulkdorlar mexnati bilan boyiydi. O’ta qashshoq va o‘ta boy –
badavlatlikdan o‘rtaxollik afzaldir. Davlatni, mutafakkir fikricha, o‘rta
tabaqadan chiqqan quldor idora qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’no – mazmuni jixatidan nixoyatda teran va ayni vaqtda
jozibador qadimgi yunon falsafasi jaxon falsafiy tafakkuri tarixi yorqin
saxifalarini tashkil etadi. Uning xilma – xil maktab va ta’limotlari
ko‘pincha taxmin tarzida ilgari surgan ajabtovur va benazir g‘oyalar
keyingi davrlarda takomilga etkazilib, allomalarga o‘lmas shon-
shuxrat keltirdi.
II.
Do'stlaringiz bilan baham: