Ahmad Donish
(1827 - 1897),
Berdah
(1827 - 1900),
Furqat
(1859 - 1909),
Muqimiy
(1850 - 1903),
Zavqiy
(1853 - 1921),
Anbar Otin
(1870 - 1914),
Hamza
(1889 - 1929) kabi
ma’rifatparvarlar etishib chiqdilar. Ular mamlakatni odilona
boshqarish uchun isloxot zarurligi, xalq manfaati, boshqaruvchilarning
bilimdon, aqlli bo‘lishi, o‘z atrofidagilar bilan kelishib davlatni idora
qilishi, illatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish g‘oyalari bilan chiqdilar.
Ular maktab va maorif ishlarida faol qatnashib, ma’rifat, bilim
egallash, baxtli va farovon xayotga intilish g‘oyalarini ijtimoiy-falsafiy
jixatdan asoslashga urindilar.
Ma’rifatchilik harakati jadidchilikning vujudga kelishida muxim o‘rin
tutadi. Jadidlar Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot, xalq
manfaatlari uchun kurashdilar. Milliy – ozodlik harakati va milliy
burjuaziyaning vujudga kelishi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib
ketdi. Munavvar Qori, Avloniy, Bexbudiy, Fitrat, Chulpon singari
jadidlarning faoliyati g‘oyat samarali bo‘ldi. Ularning ko‘plab adabiy-
badiiy asarlarida millat va Vatan taqdiri, Turkiston xalqlarini asriy
qoloqlikdan qutqarish, xalqning o‘zligini tanishi, yaxshi axloq va odob
qoidalarini singdirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos
etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari ijtimoiy – falsafiy
nuqtai – nazardan taxlil etilgan va muxim umumlashmalar
chiqarilgan.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, sharq, jumladan o‘zbek
xalqi falsafiy merosini xolisona va xaqqoniy ilmiy tadqiq etish uchun
imkoniyat yaratdi. Ushbu meros qudratli ma’naviy nazariy vosita
sifatida mustaqillik qadriyatini mustaxkamlashga xizmat qilmog’i
kerak.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Veda, astika, nastika, dao, tsi, zardushtiylik, buddaviylik, mazdak,
moniylik, islom falsafasi, islomiy maxzablar, tasavvuf, tasavvuf
tarikatlari, Navioiy, komil inson, Bobur, ma’rifatparvarlik, jadidchilik,
jadidlar falsafasi.
TAKRORLAR UCHUN SAVOLLAR:
1. Qadimgi Xindistondagi veda falsafiy maktablari qanday
ta’limotlarni ilgari surgan?
2. Konfutsiy qanday g‘oyalarni targ‘ib qilgan?
3. «Avesto» qaysi diniy falsafaning muqaddas kitobi hisoblangan?
4. Moniylik va mazdakizm zardushtiylik bilan qanday bog‘langan?
5. O‘rta asrlar arab falsafasi haqida so‘zlab bering.
6. Markaziy Osiyo «Uyg‘onish davri» qaysi mutafakkirlar nomi bilan
bog‘liq?
7. Temuriylar davri mutafakkirlari ko‘proq falsafaning qay sohalari
bilan shugullanishgan?
8. Movarounnahrda XVII-XVIII asrlarda yashab, ijod etgan faylasuflar
xaqida qisqacha so‘zlab bering.
9. XIX asrda Turkiston ma’rifatparvarligining yirik vakillari kimlar?
10. Jadidlar va jadid falsafasi xaqida nimalar bilasiz?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T,
Ma’naviyat, 2008.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.- T., 1998.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga
ishonaman. – «Fidokor» gazetasi, 2000, 8 iyun.
4. Mo‘minov I.M. O‘zbekistonda tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy
tafakkur tarixidan lavxalar. – T. , Fan 1998.
5. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. E.Yu.Yusupov taxriri ostida. - T., 1999.
6. Filosafiya . Pod red. M.Abdullayeva. – Fergana, 2000.
7. Qahhorov M.A. Falsafa asoslari. – Qo‘qon, 1998.
8. Yo‘ldoshev S.Antik falsafa. – T., 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |