Nazorat ishi mavzu: Quldorlik jamiyatining yemirilish davrida arab davlatlaridagi iqtisodiy g’oyalar Guruh: 923-20 Bajardi: Baxriddinov Eldor Qabul qildi: Jizzax mundarija



Download 49,52 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi49,52 Kb.
#925132
  1   2   3
Bog'liq
ARAB davlatlaridagi iqtisodiy g\'oyalar


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANIDAN
NAZORAT ISHI
Mavzu: Quldorlik jamiyatining yemirilish davrida arab davlatlaridagi iqtisodiy g’oyalar
Guruh: 923-20
Bajardi: Baxriddinov Eldor
Qabul qildi: __________________
Jizzax
MUNDARIJA:

1. Quldorlik tuzumining qoldiqlari


2. Arab dunyosining iqtisodiy tarixi

3. Jizya


4. Vaqf
5. Musulmon dunyosidagi quldorlik tarixi

1. Quldorlik tuzumining qoldiqlari


Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan G'arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi. Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan keyin to'la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya'ni o'lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik ma\jud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan, rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari
- feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan. Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor bo'lgan, o'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o'sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda hali ham qoloq texnika ma\jud bo'lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. G'arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan burjua inqiloblari (XVIIXVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bujamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo'lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko'rsatish, tovar-pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O'sha davrdagi iqtisodiy g'oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo'rlikdan tashqari) qo'llab-quvvatlanad, shu bilan birga, feudal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi. Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo'jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig'ini yig'ish huquqini yo'qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning
turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o'z aksini topdi. Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarning asosi Qur'oni Karimda (arabcha qiroat, ya'ni o'qish) aks etgan (VII-VIII asdar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feudal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da'vat kuchaydi. Bu harakat so'nggi din - islomda o'z aksini topdi. Islom ta'limoti payg'ambarimiz Muhammad a1aybissallomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Qur'oni Karimda mujassamlashgan. Qur'oni Karimdagi asosiy g'oyalardan biri barcha musulmonlarning qardoshligi bo'lib, halol mehnat, dehqon va hunarmandlar mehnati ulug'landi, barcha boylik shu asosda paydo bo'lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda yozilishicha, Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo'rlikni, ya'ni ribo' (sudxo'rlik foizi)ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilishni katta gunoh degan. Islomdajamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to'g'rilikka buyuriladi va yolg'on ishlatish, o'g'rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qarz olish va berish, merosni taqsirnlash
(4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish (3-sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa flkrlar bilan solishtiring). Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (l332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug'i1gan, Fes sultonida hattot-kotib bo'lgan). Asosiy asari «IGtob-ul-iba.r» (<-1370)da birinchilardan bo'lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritib, g'arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Xaldunning bu asarining «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning daromadlari»ni o'rganish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Olim: «Insonga xos bo'lgan jihatlarga yashash uchun mablag', narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», - deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo'linadi. Mehnat qilinmasa, «bozor munosabati ham barham topadi». «Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog'liqdif», - deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o'ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbayini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy g'oyani qo'llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g'oya klassik maktab ftkrlari bilan to'ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo'yishda barcha sarfxarajatlarni hisoblab, narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish haqidagi flkri ham qimmatlidir. Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig'ish jarniyat tanazzuliga olib kelishi aytiladi. Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta
e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U “Odamning kelib chiqishida mehnatning o’rni”ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o'sishi» bilan bog'liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo'lmasa, buyum ham bo'lmas edi, degan muhim xulosalar chiqariladi. Uning fikrlarida, «zaruriy» va «qo'shimcha mahsulot», «zaruriy va qo'shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning iste'mol qiymati» va
«qiymat» tushunchalarini ta'rifladi. «Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yanni ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo'isa - unga sarjlangan mehnatga teng», «daromad qiymati esa sarjlangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o’rni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlami tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham hisobga olinmoqda. U qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot
uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan iIgarilab ketgan. Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa hunarlarni o'z ichiga oladi: masalan, duradgor yog'ochdan ishlangan buyumlarni, to'quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovarpul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-taklif)ga bog'liqligi aytilgan. Nonga bahosini mo'tadil
ushlab turish farovonlik manbayi ekanligi ko'rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi.
Bundan deyarli 600 yil awal bozor tushunchasiga izoh beriIgan. Ibn Xaldunninig ftkricha: «Bozor bu - hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir»


Download 49,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish