Ma’mur qahhorov


Qadriyat – jamiyat va tabiatdagi ahamiyati, o‘rni, nufuzi e’tirof etilgan moddiy va ma’naviy nematlar, munosabatlar, jarayonlardir



Download 434 Kb.
bet56/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Falsafa

Qadriyat – jamiyat va tabiatdagi ahamiyati, o‘rni, nufuzi e’tirof etilgan moddiy va ma’naviy nematlar, munosabatlar, jarayonlardir. Qadriyatning mohiyatini tor ma’noda, qimmati bor narsalar, masalan, qimmatbaho buyumlar yoinki moddiy – iqtisodiy qimmati yuqori narsalar deb tushunish yaramaydi. Qadriyat narsaning bahosida ham aks etmaydi, bahosi arzon, masalan, gugurt ham xech narsa o‘rnini bosmaydigan qadr – qimmatga ega bo‘lishi va, aksincha, bahosi nihoyatda baland buyum qadri ham shu qadar yuqori bo‘lavermasligi mumkin. Demak, qadriyat – bu narsaning o‘zi emas, balki uning ijtimoiy axamiyati mujassamlashuvidir.

Qadriyatni narsaning nafi, foydaliligi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Nimaiki odamga foyda keltirsa, masalan, yolg‘onchilik, riyokorlik, qadriyat bo‘lavermaydi, o‘z navbatida, xozir, shu damda nafi tegmayotgan narsa, chunonchi, arxeologik qazishmada topilgan moziyning tilsiz guvoxi bo‘lgan siniq ko‘za ilmiy - tarixiy nuqtai – nazardan bebaho qadriyat deb e’tirof etilishi mumkin.

Moddiy va ma’naviy ne’matlarni ko‘zdan kechirsak, ularning ijtimoiy nufuzi, o‘rni, ahamiyati bir xilda emasligini, binobarn, qadr – qimmati turlichaligini ko‘ramiz. Narsa – hodisa umuman o‘zgarmagani holda, ijtimoiy makon va zamon o‘zgarishi oqibatida shu narsa, hodisaning ahamiyati, o’rni, ijtimoiy baxosi o‘zgarishga duchor bo‘lishi, demak, uning qadr-qimmati o‘zgarishi: oshishi yoki, aksincha, tushib ketishi, ya’ni qadrsizlanishi tabiiy xol. Qadrsizlanish o‘z-o‘zicha emas, balki ijtimoiy borliq, ijtimoiy ongdagi ziddiyatlar, ularning hal etila borishi ifodasi sifatida yuzaga chiqadi. Qadrsizlanish – ushbu jarayonning bir qutbi, xolos, uning ikkinchi, qarama - qarshi qutbida yangi qadriyatlar shakllanishi tuxtamay davom etadi. Chunonchi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi shuro tuzumi kishilarimiz ongiga zo‘rma-zo‘raki singdirgan «sotsialistik mehnat», «baynalmilalchilik», «kommunistik axloq», «kommunistik partiyaga sadoqat» kabi qadriyat deb kelingan hodisa va tushuncha, tamoyillarni o‘tmish mulkiga aylantirdi, uning o‘rnini «insonparvarlik», «istiqlol mafkurasi», «milliy davlatchilik», «milliy ong» kabi yangi qadriyatlar egalladi.

Qadriyatlar uchun bir tomondan barqarorlik, ikkinchi tomonidan esa o‘zgaruvchanlik xos. Bir nuqtai nazardan qadriyat deb baxolanishga loyiq narsa ikkinchi nuqtai nazardan bunday baholanmasligi mumkin. Binobarin, qadriyatlar nihoyatda xarakatchan, o‘sish – o‘zgarish, bir turdan ikkinchi turga, bir xolatdan uning aksiga tezda o‘tish va moslashish tabiatiga ega. Chunonchi, kechagi shuro tuzumida la’natlangan, taxqirlangan va ta’qiqlangan xususiy mulkchilik bugungi bozor iqtisodiyoti davrida ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlik garovi, kishining tabiiy xaq– xuquqi sifatida e’tirof etilayapti va kafolatlanayapti.

Qadriyatlar mavzusi, ayniqsa, bir jamiyat va ijtimoiy tizimidan ikkinchisiga tub burilish bilan o‘tayotgan, kishilar bir qancha o‘n yilliklar mobaynida moslashgan qadriyatlar tizimini qayta nazardan o‘tkazayotgan pallalarda dolzarb tus oldi. Bunday paytlarda qadriyatlarning mezoni ham qaytadan idrok etiladi. Ijtimoiy borliqda va kishilar ongi, fikrida eski odatlar va xayot tarzini yangilari bilan shiddatli kurashi qadriyatlar olamiga daxl qilmay qolmaydi, davr va jamiyat oldida turgan bosh maqsad va unga erishish yo‘llari nimani qadriyat deb bilish kerakligini aniqlab, qadriyatlarning yangi tizimini shakllantirishda bosh omil bo‘ladi.

II. Qadriyatning turlari. Ijtimoiy zamon va makon, ong shakllari, ijtimoiy hayot sohalari, tarqalish miqyoslari, substrati va sub’ektiga ko’ra qadriyatlar bir necha turga bo‘linadi. Chunonchi:

1) ijtimoiy zamon nuqtai-nazaridan-tarixiy va zamonaviy;

2) ijtimoiy makon nuqtai-nazaridan-mahalliy, mintaqaviy, global;

3) ijtimoiy ong shakllari nuqtai-nazaridan-axloqiy, diniy, falsafiy, badiiy, ilmiy, siyosiy, xuquqiy va xokazo;

4) ijtimoiy xayot sohalari nuqtai-nazaridan-iqtisodiy, siyosiy, sotsial, madaniy, xuquqiy, mafkuraviy, ekologik va xokazo;

5) tarqalish miqyoslari nuqtai-nazaridan-individual, guruxiy va ommaviy;

6) substratiga ko‘ra-moddiy va ma’naviy;

7) ijtimoiy sub’ekti nuqtai-nazaridan: sinfiy, milliy va umuminsoniy.

Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning voqelikka mos kelishi (haqiqatligi) mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bo‘ladi. Qadriyatlarning asosiy ijtimoiy funksiyalari yuqorida sanab o‘tilgan tasnifiy turlarining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqadi. Chunonchi, diniy qadriyatlar ijtimoiy ongning ana shu shakli mohiyati va xususiyatlarini ifodalaydi, iqtisodiy qadriyatlar iqtisodiy hayot sohasining eng muhim xususiyatlarini gavdalantiradi, kishilarni uni egallashga da’vat qiladi va xokazo.

Qadriyatlar muayyan turlarga bo‘linganligiga qaramay, har bir tarixiy davr doirasida o‘zaro birikkan, biri-ikkinchisini to‘ldirgan ma’lum tizim shaklida yashaydi. Qadriyatlar tizimi tarixan, asta-sekinlik bilan tarkib topadi. Qachonlardir, xali insoniyat ibtidoiy jamoa bosqichida ekanligida, odam o‘zi va atrofidagi olam mohiyatini aniqlash, bilish darajasiga yetmagan bir vaqtlarda, u qadriyat nimaligini bilmagan, «qadriyat» tushunchasi ham bo‘lmagan. Olimlar guvoxlik berishicha, xozirda ham ibtidoiy darajada qolib ketgan ko‘pgina urug‘ va qabilalar so‘zlar zahirasida bu tushuncha umuman uchramaydi. Demak, qadriyatni idrok etish, farqlash, baholay olish uchun narsa-hodisalarning mohiyatini faxmlash, tushunish, anglash talab qilinadi. Narsa-hodisani atroflicha bilgan, o‘rgangan taqdirdagina uning qadriyat yoki qadriyat emasligini yaqqol ajrata olamiz. shu ma’noda bugungi sivilizatsiyamiz jamg’argan qadriyatlar tizimi – bu insoniyatning atrof – borliqni bilishi, o‘zlashtirishi yo‘lidagi uzoq va sermashaqqat nazariy hamda amaliy faoliyatining mahsuli.

Bugun, bozor iqtisodiyoti sharoitida yurtimizga yangi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy qadriyatlar – xususiy tadbirkorlik, fermerlik, biznes, aktsiyadorlik, mulkdorlik, menejment, marketing va boshqalar kirib kelmoqda. Uddaburonlik,uning zamirida yotgan bilimdonlik va o‘quvning qadr – qimmati oshmoqda, iqtisodiy va siyosiy hayotda demokratiya, erkinlik oliymaqom qadriyat ekanligi jamoat ongiga chuqur singib bormoqda.

III. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar nisbati masalasi uta muhim ijtimoiy – falsafiy va siyosiy masala, negaki bugungi kunda jahonda ko‘pmillatli bo‘lmagan birorta mamlakat yo‘q. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar nisbatini aniqlash ertami-kechmi jamiyat oldida muqarrar paydo bo‘ladi.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish