Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
Shunday qilib, ko‘rdikki, bilish – borliqni aks ettirishdan iborat dialektik jarayon bo‘lib, uning zamirida olam haqidagi bilimlarning tobora ko‘payib borishi yotadi.
Bilimga eltuchvi yagona yo‘l faoliyatdir. Shu ma’noda amaliyot – bilishning asosi. Amaliyot va nazariya bir butunning – faoliyatning ikki turi sifatida biri-ikkinchisidan farq qiladi, ammo ayni vaqtda bir-birini taqozo etadi ham. «Ilm-aql shamchirog‘i» deymiz, buning ma’nosi shuki, nazariy ong amaliyot yo‘lini yoritish uchun undan bir qadam oldinroq ildamlashi lozim. Buni fransuz faylasufi Deni Didro juda chiroyli ifodalagan: «Narsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bilish buyuk odamga xos». Darhaqiqat, nazariya amaliyotdan dadilroq odimlaydi, biroq uning yo`nalishi va xatto har bir odimi pirovardida amaliyot izmida, negaki bilishning maromi, ustuvor yo‘nalishlari va tub maqsadini xuddi qonun kabi qat’iy qilib amaliyot belgilab beradi. Shu bois nazariya, xatto eng mavhum bilimlar ham oxir-oqibatda amaliyotga xizmat qiladi, uni rivojlantiradi. Demak, amaliyot bilishning asosigina emas, bosh maqsadi hamdir. Buyuk nemis shoiri I.Gyote ogoh etganidek, «amaliyot quruqdir, do‘stim, ammo yashnar xayot daraxti». Amaliyotni ko‘zlamagan, amaliy nafi bo‘lmagan bilim, g‘oya soxta nazariyabozlikdan boshqa narsa emas.
Shunday qilib, bilishdan maqsad – bilim zaxirasini tobora ko‘paytirish, «bilim uchun bilish» emas, uni amaliyotda qo‘llash, bilim vositasida insoniy erkinlik va kuch-qudrat miqyoslarini o‘stirishdir. Bilim va qudrat – ikkovi egizak. Inson qancha ko‘p bilsa, uning dasti shunchalik uzun. A. Rudakiy ta’biricha, bilim – barcha kulfatlarga qalqon. Har qanday bilim bizni xarakatga, g‘ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir. Nafaqat moddiy ishlab chiqarishda, tadbirkorlikda, balki ma’naviy hayotda ham, amaliy faoliyatdagidek, kimki bilimga tayansagina kamol topadi va o‘zligini ro’yobga chiqara oladi. Demak, bilish – bilim jamg’arishning o‘zi kifoya emas, bilim xazinasini amalda ishlatish uchun o’quvli xam bo’lish kerak. Buni XI asrda yashab o’tgan alloma bobokalonimiz Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”) dostonidagi g’oyat ibratomo‘z nasixatida shunday ifodalagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |