Ma`lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq niHoyatda erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma`lum



Download 34,14 Kb.
bet7/11
Sana22.07.2022
Hajmi34,14 Kb.
#839234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 amaliy

Darsning mavzusi: "Daraxt o`tqazish" mavzusida rasm ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarning badiiy ijodiy qobiliyatlarini, estetik didi va rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Tabiatni sevishga Hamda uni asrab-avaylashga o`rgatish.

Darsning jiHozlanishi: "Ko`chat o`tqazish" mavzusiga doir rasmlar. CH.Axmarovning mavzuga doir ishlangan suvrati (SHarqshunoslik instituti devoriga ishlangan freskadan fragment). O`qituvchi tomonidan tayyorlangan kompozitsiya variantlari.

Darsning mazmuni: Darsning boshlang`ich qismida baHor fasli va ko`chat o`tqazish oyligi Haqida suHbat o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi ko`chat o`tqazish, mevazorlar yaratishning aHamiyati va bu Haqda olim va donishmandlarning fikrlarini qayd qiladi.
O`zbek xalqi qadimdan bog`-rog`lar yaratib, cho`llarni bo`stonlarga aylantirgan. Ular o`rikzorlar, yong`oqzorlar, uzumzorlar, anorzorlar barpo qilinib, xalqimizning bunday mevalarga bo`lgan talablarini qishin-yozin qondirib kelganlar. Meva-chevalarning ko`payishi, ko`p jiHatdan xalqimizning sog`ligini yaxshilashga xizmat qilgan.
O`qituvchi o`z fikrlarini tasdiqlash maqsadida mevazor bog` rasmlarini, rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reprodkutsiyalarini namoyish etadi. Mavzu bilan bog`liq bo`lgan CH.Axmarov tomonidan ishlangan suvrat reprodkutsiyasi bu borada o`qituvchiga niHoyatda qo`l keladi. 21-rasm.
O`qituvchi u yoki bu mavzu bilan aloqador boshqa bironta asar reproduksiyasini bolalarga ko`rsatar ekan, u Haqda suHbat o`tkazadi. SuHbat quyidagi savollar orqali amalga oshiriladi:
-suvrat qaysi mavzuga bag`ishlangan?
-nega shunday deb Hisoblaysiz?
-suvratda qanday voqea tasvirlangan?
-suvratda kimlar tasvirlangan? Ularning Har biri qanday ish bilan mashg`ul?
-suvratdagi voqea qaysi faslda va qaysi oyda sodir bo`lyapti? uni qanday bilish mumkin?
-voqea qaerda sodir bo`lyapti? SHaHardami, yoki qishloqdami?
-suvratdagi voqea qaysi davrlarga xos? Uni qanday bilish mumkin?
-suvratning nimasi sizga ko`proq yoqadi?
-suvratni yanada mazmunli qilish mumkinmi? Qanday qilib?
-suvrat taHlili tugagach, o`qituvchi bolalarning javoblarini tuzatadi, to`ldiradi va umumlashtiradi.
O`quvchilarning baHor va ko`chat o`tqazish Haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida o`qituvchi ularga baHor Haqida, ko`chat o`tkazish Haqida she`rlar o`qib beradi.
SHundan so`ng o`qituvchi slayd, diapozitiv, fotolar, san`at asarlarining reproduksiyalarini namoyish etadi. Ulardan o`quvchilar o`zlarining ijodiy ishlaridan foydalanadilar.
Navbatdagi vazifa bolalarga topshiriq berish va uni tushuntirishdan iborat. Topshiriq ko`chat o`tkazish Haqida bo`lib, kompozitsiya uchun maktab bog`i, mevazorlar, shaxsiy xo`jalik, jamoa xo`jaligi bog`i, ko`cha-kuylar ob`ekt qilib olinadi. Tasvir uchun voqea qaerda bo`layotganligini Hisobga olib, odamlar, daraxtlar, Hayvonlar, qushlar, daryolar, ko`llar, tog`lar tanlanishi mumkin.
SHundan so`ng, o`qituvchi rasm kompozitsiyasi Haqida gapirib, uning bir nechta variantlari to`g`risida to`xtaladi Uni o`qituvchi xomaki tarzda qalamtasvirda uyda tayyorlab kelgan bo`ladi. Rasmlarning uchchala variantida Ham bir xil voqea va bir xil rasm elementlari mavjud bo`ladi. Ularning bir-biridan farqlari faqat rasm elementlarining kompozitsion jiHatdan joylashuvlaridadir. Kompozitsiya bilan bir qatorda o`qituvchi rasmning qanday ranglar bilan bo`yalishi Haqida Ham fikr yuritadi. Bunda rasm ranglarida baHor nafasi anqib turishi, iliq ranglarni ko`proq ishlatilishi Haqida aloHida to`xtaladi. Rasmni bo`yash Haqida gap borganda uning qoidalariga rioya qilish lozimligini Ham o`qtiriladi. Xususan, avvalo katta yuzalar, och rangli joylar, keyinchalik to`qroq va kichik yuzalar bosqichma-bosqich bo`yalishi qayd qilinadi.
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida yordamchi material vazifasini bajaruvchi rasmlar namoyish taxtasida darsning oxirigacha qoldiriladi.
Bolalar mustaqil ishga kirishganlaridan so`ng o`qituvchi bolalarga individual, kerak bo`lgan taqdirda umumiy yordam beradi. Individual yordam ko`proq bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarga ko`rsatiladi.
Dars ikki soatga mo`ljallagan bo`lib, uning birinchi qismida bolalar rasmni qalamda, ikkinchi qismida bo`yoqlar bilan tasvirlaydilar.
Ikkala darsning oxirida Ham o`quvchilarning sinfda bajargan ishlariga yakun yasaladi. Bunda bolalar ishlagan turli darajadagi rasmlardan namunalar ajratib olinib, ular butun sinf bolalari ishtirokida taHlil qilinadi.
Uyga vazifa qilib, Har ikkala dars oxirida uyga sinfda bajarilgan ishlarni davom ettirish topshiriladi.
Boshlang`ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari naqsh ishlash, ertak va Hikoyalar asosida illyustratsiyalar ishlash kabilarni nazarda tutadi. Bu borada naqsh ishlash mashg`ulotlari katta o`rinni egallaydi. Ayniqsa, yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, aylana shaklidagi naqsh namunalaridan ko`chirib o`rganishga, o`zbek xalq amaliy san`ati namunalarini o`zlashtirishga aloHida e`tibor beriladi. 22-rasm. Bunda ko`proq naqsh kompozitsiyasi, rang, elementlarni to`g`ri tasvirlash, ularni ijodiy xarakterda bo`lishligiga, naqsh foni bilan uning elementlarining ranglari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik, stilizatsiya masalalari o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi Hisoblanadi. 23-rasm. SHuningdek, naqsh gulining nomlarini Ham o`quvchilarga ko`rgazmali tarzda tushuntirib borish talab etiladi. 24-rasm. Dastlabki mashg`ulotlarda bolalar yo`lsimon naqsh namunalaridan ko`chirsalar, keyingisida naqsh sxemalari va elementlari asosida, oxirida butunlay ijodiy naqsh chizadilar. Quyida kvadrat shaklidagi naqsh sxemasi va elementlari ko`rsatilgan. 25-rasm.



Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish