Darsning mavzusi: "Varrak uchirish" mavzusida rasm ishlash.
Darsning vazifalari: O`quvchilarning rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Badiiy bilim doirasini kengaytirish. Ko`rish xotirasi va ijodiy qobiliyatlarini o`stirish.
Darsning jiHozlanishi: Bolalarning turlicha Harakatdagi Holatda turgan sxematik rasmlari. Rassomlarning varrak uchirishga doir ishlagan asarlarining reproduksiyalari. Masalan, M.Kagarovning "Varrak uchirayotgan bola", CH.Axmarovning "Varrak uchirish" nomli asarlarining reproduksiyalari, o`qituvchi tomonidan ishlangan "Varrak uchirish" mavzusidagi kompozitsiya variantlari, varrakning asl nusxasi va boshqalar.
Darsning mazmuni: YAngi mavzuning bayoni suHbat bilan boshlanar ekan, o`qituvchi unda o`quvchilarning baHor va baHorgi o`yinlar Haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xarakat qiladi. Bunda u o`quvchilarga baHor faslida o`t-o`lanlarning yam-yashil tusga kirishi, boychechak, gunafsha, lola kabi gullarning ochilishi, daraxtlarning kurtak chiqarishi, laylak, qaldirg`och kabi qushlarning uchib uzoq o`lkalardan bizning diyorimizga kelishi, ayniqsa, baHorda bolalarning varrak uchirishlari Haqida so`zlab beradi. M.Kagarov va CH.Axmarovlarning varrak uchirishga doir suratlarining reproduksiyalarini namoyish etib, taHlil qilinadi. 19-rasm. So`ngra, o`quvchi varraklarning turlari va yasalish tartibi Haqida o`quvchilarga qisqacha tushuncha beradi va ularning rasmlarini ko`rsatadi. Varrakning uchishida ko`proq shamolning roli katta ekanligi va uning ochiq joylarda, qir-adirlarda kuchliroq esishi Haqida so`zlab beradi.
Kompozitsiya uchun quyidagi mazmun tavsiya etiladi: 1. Bolalar varrakni uchirish uchun tayyorlamoqdalar. 2. Bolalar varrakni uchirish Harakatidalar. 3. Bolalar varrakni uchirish uchun olib kelishmoqda. 4. Bolalar varrak uchirmoqdalar v.b. Bunda o`qituvchi varrakning turlari bilan birga qog`oz laylak Haqida Ham ma`lumot beradi. Rasmni chizdirishda ko`proq o`quvchilarning diqqat-e`tiborini o`qituvchi "Varrak uchirish" mavzusiga oid o`zi namuna uchun ishlagan rasm kompozitsiya variantlariga qaratadi. 20-rasm. Bunda o`quvchilar e`tibori varrakning osmondagi Holati va uning ipini tortayotgan bolalarning Holatlariga qaratiladi. Mavzu asosida rasm ishlashdan avval qog`ozga kompozitsiyaning qalamtasviri chizib olinadi. Rasm guash bo`yog`ida ishlanadigan bo`lsa qog`ozning pastki qismi yashil, yuqorisi esa Havorang bo`yoqda bo`yaladi. Varraklar baland uchadigan bo`lganligi sababli qog`ozning osmon uchun ajartilgan qismiga ko`proq joy qoldirgan ma`qul. Rasmda dala yoki qir tasvirlanayotgan bo`lsa, ularning xususiyatlarini Hisobga olish lozim. So`ngra osmonda uchayotgan varrak va uning ipini tortayotgan bolaning rasmi ishlanadi. BaHor faslida ob-Havo tez-tez o`zgarib turishi sababli osmonning turli chekkalarida engil bulutlar uchib yurgan bo`ladi. Ularni Ham bolalar o`z rasmlarida aks ettirishlari tasvirning yana Ham Hayotiy bo`lishligi uchun xizmat qiladi. Ochilib yotgan qoqio`tlar, lolaqizg`aldoqlar, uzoq-uzoqlardan ko`zga tashlanib turgan uylar, osmondan uchib o`tayotgan samolyot va qushlar rasmlari chizilishi Ham mumkin. Rasmda varrak uchirayotgan birgina bolaning o`zini tasvirlash etarli emas, bolalar guruHini ishlash maqsadga muvofiqdir.
Varrak uchirish mavzusida rasm chizishni xoHlamagan qiz bolalar yoki ba`zi bir o`g`il bolalar varrak rasmini ishlab, uni bezatishlari mumkin.
Agar rasm akvarel bo`yog`ida ishlanadigan bo`lsa, dastlab qog`oz sirti Ho`llanadi. Qog`oz qurigach, rasmni akvarel bo`yog`ida ishlashga o`tiladi. Dastlab osmon uchun qoldirilgan joy Havorang bo`yoqda ishlanadi. Er rasmini esa och yashil rangda va ayrim joylariga jigarrangdan qo`shib ishlanadi. Bunda yashil va jigarranglar aralashib ketib u er va o`sib yotgan ko`katlar rangini Hosil qiladi. Erni qip-qizil rangga bo`yab, qirlarda ochilib yotgan lolaqizg`aldoqlarning tasvirini bersa Ham bo`ladi. So`ngra varrak va ipni tortayotgan bolalarning rasmini bo`yoq bilan ishlashga o`tiladi. Ayrim xarakterli belgilar, masalan, varrakning ipi, butalarning shoxchalari va Hakozolar mo`yqalamning uchi bilan tasvirlanadi. O`qituvchi ish jarayonida vaqti-vaqti bilan o`quvchilarning yaxshi ishlagan rasmlaridan namunalar ko`rsatib turadi, ulardagi yutuq va kamchiliklarni qisqacha sharxlab beradi. Dars niHoyasida rasmlardan ayrimlari namoyish uchun qo`yiladi va ular o`quvchilar bilan birgalikda taHlil qilinadi.
Topshiriq ikki darsga mo`ljallangan bo`lib, birinchisida o`qituvchi baHor va bolalarning baHorgi o`yinlari Haqida suHbat o`tkazadi. SHuningdek, mavzuga doir san`at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, o`qituvchi tomonidan tayyorlangan kompozitsiya namunalari o`rganiladi va taHlil qilinadi. Topshiriq tushuntiriladi, kompozitsiya ishlash yuzasidan yo`l-yo`riqlar beriladi. Mavzuga doir xomaki ishlar bajariladi. Vaqt bo`lsa bolalar kompozitsiya ustida ish boshlaydilar. Ikkinchi darsda bolalar tomonidan avvalgi darsda boshlangan sinf ishi davom ettiriladi va yakunlanadi.
Uyga “Varrak uchirish” mavzusida yangi kompozitsiya ishlash vazifa qilib topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |