OАJ ShАKLIDАGI “UZSALAMAN” QOʼShMА KORXONАSIDА АYLАNMА MАBLАGʼLАRIDАN SАMАRАLI FOYDАLАNIShNI
ozor munosabatlariga oʼtish sharoitida har bir korxona oldida turgan asosiy masalalardan biri – moddiy resurslarni tejash hisoblanadi. Chunki ular foydaning oʼsishiga bevosita bogʼliq boʼlgan ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi. Bozor munosabatlari sharoitida foyda – korxona faoliyatini taominlovchi asosiy manbadir.Moddiy resurslarni tejash yoʼllari va manbalari farqlanadi.Tejash manbalari unga nima hisobiga erishish mumkinligini birdirsa, tejash yoʼllari ѐki yoʼnalishlari esa qanday qilib, qanday tadbirlar hisobiga iqtisodga erishish mumkinligini koʼrsatadi.Har qanday korxonada moddiy resurslarni iqtisod qilish rezervlari mavjud. Rezervlar bu korxonadagi moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash borasida korxonada mavjud, lekin ham foydalanilmagan imkoniyatlardir.Moddiy resurslarni tejash rezervlaridan foydalanish nuqtai nazaridan, ular 3 guruhga boʼlinadi:
- xalq xoʼjaligi boʼyicha rezervlar;
- umumsanoat va tarmoqlararo rezervlar
- ichki ishlab chiqarish rezervlari (tsexlararo, zavodlar va tarmoqlar);
Xalq xoʼjaligi boʼyicha rezervlarga xalq xoʼjaligi va uning barcha tarmoqlari uchun zarur boʼlgan rezervlar kiritiladi: sanoat tarmoqlari strukturasida xalq xoʼjaligining ilgʼor proportsiyalarini oʼrnatish, sunoiy va sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish, ѐqilgʼi
– energetika majmua strukturasini takomillashtirish, shuningdek, bozor munosabatlari sharoitida barcha xoʼjalik mexanizmini takomillashtirish.
Umumsanoat va tarmoqlararo rezervlar – bu shunday rezervlarki, sanoatning yetakchi tarmoqlari (qora metallurgiya, mashinasozlik, kimѐ sanoati) bilan iqtisodiy ishlab chiqarishni ratsional munosabatlarini oʼrnatish bilan bogʼliqdir.
Ushbu rezervlar iqtisodiy rayonlar va sanoatning alohida tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini qamrab oladi. Ularning eng muhimlari xalq xoʼjaligi ahamiyatiga ega. Shu bilan birga, ularni amaliѐtga joriy etish koʼlamlari chegaralangan boʼlib, asosan oʼzaro bogʼliq tarmoqlarga ѐki yirik sanoat va ishlab chiqarish hududiy komplekslarga tarqaladi.Umumsanoat va tarmoqlararo rezervlarga quyidagilar kiradi: foydali qazilmalarni qayta ishlashga eng yangi samarali usul va tizimlarini joriy etish, ularni qazib olishda ilgʼor texnologiyalardan foydalanish, mineral xom-ashѐga toʼliq va kompleks qayta ishlov berishni taominlash, sanoatni ixtisoslashtirish, kooperatsiya va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni barpo qilish va rivojlantirish, xalq xoʼjaligi va isteomolchi tarmoqlarda moddiy resurslarni tajash vazifalarini bajarish maqsadida ishlab chiqaruvchi tarmoqlardagi xom-ashѐ va konstruktiv materiallar sifatinioshirish, samaraliroq xom ashѐ va materiallar ishlab chiqarish va boshqalar.Ichki ishlab chiqarish rezervlariga texnika, texnologiya va ishlab chiqarish jaraѐnini tashkil etish bilan bevosita bogʼliq boʼlgan moddiy resurslardan yaxshi foydalanish, mahsulotni takomillashgan turlari va modellarini yaratish, sanoatning aniq tarmoqlari mahsuloti sifatini oshirish imkoniyatlari kiradi.Fan-texnik taraqqiѐt xalq xoʼjaligining barcha tarmoqlarida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Chora-tadbirlar xarakteriga bogʼliq holda sanoatda va ishlab chiqarishda resurslarni tejash zahiralarini amalga oshirish asosiy yoʼnalishlari ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy-iqtisodiyga boʼlinadi. Ishlab chiqarish-texnik yoʼnalishlarga xom-ashѐni ishlab chiqarish isteʼmoliga sifatli tayѐrlash, mashinalar tuzilishini, uskunalar va buyumlarni mukammalashtirish, tejamkor xom ashѐ, ѐnilgʼini qoʼllash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jaraѐnida moddiy resurslarning texnologik chiqindilari va yoʼqotishlarini kamaytirish va ikkilamchi moddiy resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi.OАJ shaklidagi ―Uzsalaman qoʼshma korxonasida moddiy resurslarni tejashning quyidagi ishlab chiqarish - texnik yoʼnalishlarini eʼtiborga olish lozim:
1. Ilmiy-texnik taraqqiѐtni tezlashtirish boʼyicha chora- tadbirlar. Bu mashina, mexanizmlar va agregatlar bir birlik mahsulotga sarflanadigan mahsulot sigʼimining kamayishi bilan birgalikda ruy beradi. Maʼlumki, zamonaviy mashinasozlikda ilmiy-texnik taraqqiѐtining asosiy yoʼnalishi - mashina va uskunalar quvvati va unumdorligini oshirish boʼlib, uning natijasida ularning sof va nisbiy ogʼirligi kamayadi, tashqi koʼrinishi yaxshilanadi, sifati oshadi, ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi, asosiysi - mehnat unumdorligi oshadi.2. Xom - ashѐlarning tejamli tur va shakllarini joriy etishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar. Ularning ishlatilishi natijasida 10-20% tejalishi mumkin.3. Аnʼanaviy xom - ashѐ materiallari oʼrnini bosadigan (oʼrinbosar) materiallar bilan almashtirish chora-tadbirlari. Buning asosiy maqsadi
mahsulot metall sigʼimi va mehnat sigʼimini kamaytirish, pirovard mahsulot sifatini oshirish hisoblanadi.
4. Korxonaning tayѐrlov bazasida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, avtomatlashtirilgan uskunalarni joriy etish boʼyicha chora-tadbirlar.
Sanoatning ishlov beradigan tarmoqlarida yaʼni materiali toʼrtburchak yuza shakliga ega boʼlgan payabzal tarmoqlarida materiallar iqtisodi bichishning ratsional yoʼllarini qoʼllash orqali erishiladiki, ular ѐrdamida bichishning optimal yoʼllari aniqlanadi. Ular list yuzasidan iloji boricha toʼlaroq foydalanish imkoniyatini beradi. Bu esa ratsional materiallar tejaladi. Bu vazifani yechishda iqtisodiy-matematik usullar va elektron- hisoblash mashinalari muvaffaqiyatli qoʼllanilib,
Mahalliy xom ashѐ va ѐnilgʼi ikkilamchi xom ashѐ, moddiy va ѐnilgʼi resurslardan foydalanish, ilgari foydalanilgan xom ashѐlar, asosiy va ѐrdamchi materiallarni tiklash muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy texnik taraqqiѐt sharoitida barcha tarmoqlarda mahalliy va ikkilamchi xom ashѐ ѐnilgʼi energetika resurslarining ishlatilishi yuqori iqtisodiy samara beradi. Bu muammo hozirgi sharoitlarda yanada dolzarblashadi. Shu sababli poyafzal tarmogʼi, OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasi qoshida teri mahsulotlarini qayta ishlovchi, xom – ashѐ, charm mahsulotini tayѐrlovchi kichik sexlarni tashkil etish, ѐki shunga oʼxshash kichik korxonani qurish ham bu masalani hal etishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu korxonalarni tashkil etish u qadar muammo tugʼdirmaydi, chunki u OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasi hududida texnopark tashkil etilgan boʼlib, ushbu texnoparkda barcha imtiѐz va sharoitlar yaratib qoʼyilgan. Bu esa ushbu texnoparkda tashkil etilgan korxonalar tomonidan yaratilaѐtgan mahsulotlarning bahosini yanada arzonlashishiga olib keladi.
Moddiy resurslarni tejashning tashkiliy-iqtisodiy yoʼnalishlarga quyidagilar kiradi: sanoat mahsuloti material sigʼimini normallashtirishva rejalashtirishning ilmiy darajasini oshirish va moddiy resurslar sarflashning texnik asoslangan norma va normativlarini joriy etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar; yangi, samarali xom-ashѐ va materiallar ѐnilgʼi- energetik resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakat ѐnilgʼi balansini mukammallashtirishdan iborat boʼlgan taraqqiy etgan proportsiyalarni belgilash bilan bogʼliq boʼlgan chora-tadbirlar majmuasi.Shuningdek, OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasida mahsulot tayѐrlashda material resurslarni iqtisod qilishning asosiy tashkiliy- iqtisodiy yoʼnalishlari : sanoat maxsulotini material sigimini ilmiy darajada rejalashtirish va normalashtirish, material resurslarni sarfini texnik asoslangan norma va normativlarni joriy qilish va ishlab chiqish, ishlab chiqarishni tezkor rivojlantirish, xom-ashѐ va mateiiallarni samarali turlarini qoʼllash, ѐqilgi-energetik resurslar balansini mukammallashtirishni oʼz ichiga olgan tadbirlar majmuasini ishlab chiqishi zarur deb oʼylaymiz.Bu esa ishlab chiqarishni texnik jixatdan qurollanganligiga, ishchilar malakasi darajasiga, moddiy texnika taominotining toʼgʼri tashkil etilganligiga, bevosita bogʼliqdir.Har bir korxonada moddiy resurslarni tejashning asosiy yoʼnalishi - ish joylarda bir miqdordagi xom ashѐ va materiallardan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni oshirish hisoblanadi. Jumladan, OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasi maʼmuriyati ishlab chiqarishning texnik jihozlanishini takomillashtirish, xodimlar malakasini doimiy va davomli tarzda oshirib borish, moddiy-texnik taʼminotni toʼgʼri tashkil etish, moddiy resurslar zaxiralari va ishlatish meʼѐrlari miqdoriga eʼtibor qaratishi zarur. Shuningdek, ishlab chiqarish jaraѐnida yoʼqotishlarni qisqartirish ham muhim ahamiyatga ega. Uning hisobiga moddiy resurslarni tejash mumkin. Buning uchun mahsulotni saqlash va tashish qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ishlab chiqarish jaraѐnida qayta ishlash uchun ѐnilgʼi, xom ashѐ, materiallarnimaqsadga muvofiq tayѐrlash, mehnat jamoasining ish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati masalalariga eʼtiborini kuchaytirish lozim. Ishlab chiqarish jaraѐnida yoʼqotishlarni qisqartirish, barcha moddiy resurslar iqtisodidan 15-20% ini tashkil etadi. Bu vazifaning yechilishiga aktsionerlik xoʼjalik yuritish shakllari va korxonalarni xususiylashtirish ѐrdam beradi.Аylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash- korxonalarning asosiy vazifalaridan biridir. Qanchalik kam ѐnilgʼi, ѐrdamchi materiallar maʼlum sondagi mahsulot uchun yaxshi foydalanilsa, shuncha ular sarfi kamayadi. Ishlab chiqarishning texnik yoʼnalishi xom-ashѐni ishlab chiqarish isteʼmoli uchun sifatli tayѐrlab berish bilan bogʼliq tadbirlar, mashina, jixozlar va mahsulotlar loyihalashtirishni takomillashtirish, xom-ashѐ va ѐqilgʼidan tejamli foydalanish, yangi texnika va ilgʼor texnologiya joriy etish ham korxonada yaxshi samara beradi.3.2. Korxonaning aylanma mablagʼlari samaradorligini oshirishning yoʼnalishlariАylanma mablagʼlar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning eng asosiy birlamchi vazifalaridan biri hisoblanadi.
Erkin bozor iqtisodiѐti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalaridan biri – resurslarni tejash tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni jadallashtirishdir.
Tejamkorlik rejimini taʼminlash boʼyicha chora – tadbirlar tizimida asosiy oʼrinni mehnat predmetlarini tejash egallaydi. Bu mahsulot sifati, ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga zarar yetkazmagan holda unga sarflanadigan xom ashѐ, materiallar, ѐnilgʼi xarajatlarini kamaytirishni bildiradi.Hozirgi sharoitda aylanma mablagʼlarni tejashning iqtisodiy ahamiyati quyidagicha ifodalanadi:-xom ashѐ, materiallar, ѐqilgʼi xarajatlarining kamayishi ishlab chiqarish uchun katta iqtisodiy foydani taʼminlaydi. Bu avvalom bor, mavjud moddiy resurslar miqdoridan koʼproq tayѐr mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi;-moddiy resurslarni tejash, ishlab chiqarishga yangi, tejamliroq materiallarni kiritish takror ishlab chiqarish jaraѐnida alohida tarmoqlar oʼrtasida taraqqiy etgan nisbatlarni belgilashga, sanoat ishlab chiqarishning mukammal tarmoq strukturasiga erishishga imkon beradi;- moddiy resurslarni tejashga intilish yangi texnikani joriy etish va texnologik jaraѐnlarni mukammallashtirishga turtki beradi;-moddiy resurslar isteʼmolidagi tejamkorlik ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashga va jonli mehnat xarajatlarining tejalishiga ham olib keladi (materiallarni tashish; saqlashga sarflanadigan ish kuchi kamayadi);- moddiy resurslar tejalishi sanoat mahsuloti tannarxining kamayishiga ѐrdam beradi. Hozirgi vaqtda moddiy xarajatlar hisobiga barcha ishlab chiqarish xarajatlarining ¾ qismi toʼgʼri keladi. Keyinchalik, ishlab chiqarishning texnik darajasi oʼsishi bilan mahsulot ishlab chiqarish boʼyicha umumiy xarajatlarda buyumlashgan mehnat ulushi oshib boradi va mehnat predmetlari hamda mehnat vositalaridan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarini tejashning asosiy yoʼnalishi boʼlib hisoblanadi;- mahsulot tannarxining kamayishiga taʼsir qiladigan moddiy resurslar tejamkorligi korxonaning moliyaviy holatiga ham ijobiy taʼsir qiladi.Maʼlumki, aylanma mablagʼlar toʼliq aylanadigan, yaʼni ishlab chiqarish va muomala davrini oʼtaydigan vaqt aylanma mablagʼlarningaylanish davri deb aytiladi. Bu koʼrsatkich korxonada mablagʼlar xarakatining oʼrtacha tezligini ifodalaydi. Аmmo u maʼlum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish muddatiga mos kelmaydi. Shu sababli ham korxonalarda aylanma mablagʼlar samaradorligini oshirish yoʼllaridan biri aylanma mablagʼlarni oqilona boshqarish hisoblanadi.Аylanma mablagʼlarni boshqarish eng kam miqdordagi aylanma mablagʼlar bilan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jaraѐnining uzluksizligini taʼminlashdan iborat. Bu korxona aylanma mablagʼlari doiraviy aylanishining barcha bosqichlari boʼyicha mos shaklda va minimal, ammo yetarli miqdorda taqsimlanishi lozimligini bildiradi.
Аylanma mablagʼlar har doim bir vaqtning oʼzida doiraviy aylanishning uchala bosqichida mavjud boʼladi va pul mablagʼlari, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayѐr mahsulotlar koʼrinishida namoѐn boʼladi.Bu esa oʼz navbatida aylanma mablagʼlar aylanuvchanligining tezlashuviga ѐrdam beradi. Аylanma mablagʼlar aylanuvchanligining tezlashuvi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Аylanuvchanlikni tezlashtirishga quyidagi yoʼllar bilan erishiladi:- ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira normalarini joriy etish;-xom ashѐ, yarim tayѐr mahsulotlar, butlovchi qismlar taʼminotchilarining isteʼmolchilarga yaqinlashuvini taʼminlash;-moddiy – texnik taʼminotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar birja savdosini kengaytirish va boshqalar.Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida;
- ilmiy – texnik taraqqiѐtni tezlashtirish;
- standartizaniya va unifikatsiyani rivojlantirish va takomillashtirish;
-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish shakllarini mukammallashtirish;
- xom ashѐ va ѐqilgʼi energetika resurslaridan tejamli foydalanishni ragʼbatlantirish tizimini kengroq joriy etish;
- yuqori talabga ega boʼlgan mahsulot ulushini koʼpaytirish va boshqalar. Muomala bosqichida:
- mahsulot isteʼmolchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish;
- hisob – kitob tizimini mukammallashtirish;
- bevosita aloqalar boʼyicha buyurtmalarni oʼz muddatida va sifatli qilib bajarish;
- tejalgan materiallardan mahsulot ishlab chiqarish natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish;
- tuzilgan bitimlarga muvofiq joʼnatiladigan mahsulotlarni assortimentlar va tranzit normasi boʼyicha yuklanishini taʼminlash va boshqalar.
Bugungi kunda aylanma mablagʼlarda, ayniqsa, korxonalarning moddiy
– tovar boyliklarida band boʼlgan yirik miqdordagi pul mablagʼlari ularning toʼliq saqlanishiga eʼtibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni talab qiladi.
Demak, aylanma mablagʼlarning aylanishini tezlashtirish uchun har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada boʼlish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablagʼlarning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yoʼqqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli tayѐr mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablagʼlarning aylanishini tezlashtirishning muhim yoʼli hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aylanma mablagʼlardan samarali foydalanishning quyidagi muhim yoʼnalishlariga OАJ shaklidagi
―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasi rahbariyati alohida ahamiyat qaratishi va oʼz boshqaruvida unga ahamiyat berishi aylanma mablagʼlardan samarali foydalanish imkonini beradi:
• mahsulot (bajarilgan ish, koʼrsatilgan xizmat) lar ishlab chiqarish va sotish hajmini oʼstirish;
• mahsulot (bajarilgan ish, koʼrsatilgan xizmat) larning isteʼmolchilarga yetib borishi va ular boʼyicha xujjatlar aylanishini tezlashtirish;
• aylanma mablagʼlar boʼyicha meʼѐriy zahiralar saqlanishiga amal qilish
• aylanma mablagʼlarning meʼѐrdan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yoʼlga qoʼyish (mollarni imtiѐzli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar);
• aylanma mablagʼlarni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va toʼgʼri belgilash;
• aylanma mablagʼlarni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish;
• korxonaning hisob siѐsatini, shuningdek, aylanma mablagʼlarini baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jaraѐnlarning murakkabligiga ahamiyat berish;
• tugallanmagan ishlab chiqarishni toʼgʼri baholash;
• aylanma mablagʼlar normativini belgilash;
• aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni sotish boʼyicha hisob – kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanis
• mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining monopolligini cheklash;
• moddiy aylanma mablagʼlardan samarali foydalanishda texnik va texnologik
XULOSА
Mamlakatimizning mustaqillikdan keyinga davrdlar amalga oshirilgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siѐsiy islohotlar natijasida xalqaro andozalarga asoslangan xoʼjalik yuritish shakllari, mulkdorlar sinfi va qoʼshma korxonalari tashkil etildi. Korxona xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning iqtisodiy, moliyaviy axborotlarini oʼzida jamlagan moliiyaviy xisoblari xalqaro talablar asosida qayta koʼrib chiqildi.
Shularni inobatga olgan holda mamlakatmizning islohotining asosi– mulkchilik shakllari va muldorlarning sinfining shakllanishiga, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga erkinlik berilishi, xorijiy mamlakatlar bilan oʼzaro xamkorlik qilishiga asosiy ehtibor berilmoqda. Korxonaning moliyaviy axvolining, uning koʼrsatkichlari orqali tahlil qilib, uning samaradorligiga baho beriladi. Korxonaning samarali faoliyatida mablagʼlar juda ham muhim sanalib, ayniqsa, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini ilgʼor tashkil etishda koronaning aylanma mablagʼlaring oʼrni va ahamiyati juda muhim.
Korxonada aylanma mablagʼlarning oʼrni va ahamiyati muhim ekan, ulardan foydalanish samaradorligi oshirish uchun esa tahlil ishlarini olib borish zarur. Buning uchun esa u korxonaning moliyaviy xisobotlaridan foydalangan xolda korxonaning mulkiy, moliyaviy, uning likvidligi, tulovga laѐqatliligini, debitorlik ѐki kreditorlik qarzlari borligini, rentabellik koʼrsatkichlarini va shu kabilarni taxlil qilish orqali oʼrganishi mumkin.Аlbatta xozirgi milliy iqtisodiѐtimizga xorijiy investitsiyalarni, sarmoyalarni kiritish orqali turli shakldagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini rivojlantirish va ragʼbatlantirish imkoniyatiga ega boʼlamiz. Bularning asosida esa korxonaning umumiy iqtisodiy ahvoli, moliyaviy koʼrsatkichlarining tahliliy jihatlari, korxonaning toʼlovga laѐqatliligi muhim sanaladi.Hozirgi kunda korxonalarning aylanma mablagʼlarini toʼldirish, ularni tahlil qilish boʼyicha oʼzgarishlar amalga oshirilib, halqaro talablar darajasiga yaqinlashtirilmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ham amalga oshirilaѐtgan islohotlar yuqori darajada baholanib, lekin bu boradagi ishlarni yetarlicha olib borishda quyidagi muammolarni hal qilish zarur boʼladi: aylanma mablagʼlarning meʼѐriy jihatlarini moliyalashtirish uchun tahliliy jihatlariga eʼtibor berish;
- korxonada aylanma mablagʼlarni mukammal tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalaridan kengroq foydalanish;
- korxonalarda moliyalashtirish bilan bogʼliq masalalarda oʼzlik mablagʼlari hisobidan moliyalashtirishga eʼtibor berish;
- korxonaga jalb etilgan mablagʼlarni samarali ishlatilishiga erishish va majburiyatlarni oʼz vaqtida bajarilishini taʼminlash.
Yuqoridagi muammolarni toʼlaligicha hal etilishi, korxonalarning moliyaviy mustahkamligini taʼminlab, moliyaviy barqarorligini oshirilishiga, unga qoʼshimcha mablagʼlarni jalb etish orqali uning ishlab chiqarish faoliyatini samaradorligi oshgani holda maxsulot ishlab chiqarishi ѐki xizmat koʼrsatishi kengayishi, bu oxir oqibat milliy iqtisodiѐtimizga raqobatbardoshligini oshishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Xulosa qilib korxonaga shuni taklif qilish mumkin:
1. Har bir korxonaning normal faoliyat koʼrsatishi uchun oʼzida pul mablagʼlarini aks ettiruvchi aylanma mablagʼlar zarurki, ular korxonada aylanma fondlar va muomala fondlarini tashkil etishda foydalaniladi.
2. Аylanma fondlar, yaʼni moddiy resurslar, asosy fondlardan farqli oʼlaroq, bitta ishlab chiqarish siklida foydalaniladi va ularning qiymati maʼsulotga bir yoʼla toʼlaligicha oʼtadi.
3. Аylanma fondlardan ratsional va tejamli foydalanish korxonaning birinchi darajadagi vazifalari qatoriga kiradi. Moddiy
xarajatlar sanoat maʼsuloti tannarxining 3/4 qismini tashkil etadi. Maxsulotning material sigʼimini (maʼsulot birligiga toʼgʼri keluvchi moddiy resurslar sarfining natural va qiymat koʼrinishida ifodalanishi) pasaytirish yoʼllari turlicha boʼlib, ular eng muʼimi yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish.
4. Xozirgi oʼtish davrining asosiy sharti – korxonada aylanma mablagʼlarning aylanma mablagʼlarning aylanish tezligini oshiruvchi aylanish koeffitsienti va kunlardagi bir aylanish davomiyligi koʼrsatkichlari orqali hisoblanadi. Shuningdek ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil etish, tugallanmagan ishlab chiqarish va
Do'stlaringiz bilan baham: |