Moliyaviy natijalarini shakllanishi tahlili
Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro xisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyat moliyaviy natijalar qatoriga korxonaning maxsulot sotishdan oladigan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan oladigan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan oladigan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi.Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valyuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona xisob foydasidagi salmogʼi soʼnggi yillarda tobora oshib bormoqda.Favqulodda kutilmagan xolatlardan daromadlar va xarajatlar qatoriga korxonining asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari, tasodifiy xolatlar boʼyicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi. Ularning tarkibiga kiritiladigan aniq koʼrsatkichlar yangi Nizomda ifoda etilmagan. Faqat ularning farqlanishiga taʼrif berilgan xolos. Bu tarif esa yuqorida baѐn etilgan edi. Yaʼni, korxona uchun yaqin uch yillik oraliqda odatiy xol ѐki faoliyat turi xisoblanmagan xolatlardan oladigan darmadlari ѐki yoʼqotishlar ushbu qatorga kiritiladi. Shuningdek, tasodifiy xolatlar xam.Moliyaviy natijalarning shakllanish boʼyicha taxlilni quyidagi jadval malumotlari asosida berish mumkin.OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasining moliyaviy natijalarning shakllanish boʼyicha tahlilni quyidagi jadval malumotlari asosida berish mumkin. Yuqoridagi jadval maʼlumotlaridan koʼrinadiki, biz tahlil qilaѐtgan OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasida joriy yilda oʼtgan yilga nisbatan 117574 ming soʼmga sof foydasi ortgan. Sof foydaning koʼpayishiga asosiy ishlab chiqarish hajmini ortganligi va davr xarajatlarini 2010 yilga nisbatan kamayganligi sabab boʼlgan. Аmmo boshqa faoliyat daromadlarining kamayib borishi esa sof foydani faqatgina asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʼliq oʼsishini taʼminlab bergan. Shu bilan birga, korxonaning maxsulot sotishdan olgan yalpi moliyaviy natijasi ham oʼsib borgan va 2011 yilda ushbu koʼrsatkichning sof foydaga nisbatan salmogʼi oshib borib 38,8 foizni tashkil etgan hamda 145321 ming soʼmga oshgan. Demak, korxona maʼmuriyatni davr xarajatlarini qisqartirish boʼyicha olib borgan choralari natijasida sof foyda oshgan boʼlishiga qarmasdan boshqa faoliyat daromadlari keskin kamayib ketgan. Shuning uchun, korxonada boshqa faoliyat daromadlarini oshirish boʼyicha operativ tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari toʼlangan soliqlarning keskin ortishiga qanday omillar sabab boʼlganligini ham oʼrganib chiqish lozim boʼladi.Chunki, moliyaviy tahlilning muhim xususiyatlaridan biri korxona mulki, zahiralar va xarajatlarni xar tomonlama oʼrganishdir. Bunday mablagʼlar tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari, yaʼni homashѐ vamateriallar, sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlovchi buyumlar, konstruktsiya va detallar, ikkilamchi materiallar va oʼrnatilgan asbob- uskunalar, ehtiѐt qismlar, parvarish va boquvdagi chorva mollari, urugʼ va yem-xashak, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqalar kiradi. Ular korxonaning bir meʼѐrida ishlashi hamda maxsulot ishlab chiqarishi va shartnoma boʼyicha sotish rejasini taʼminlashga yetarli boʼlishi lozim. Quyidagi jadvalda korxona mulkining xajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda balans maʼlumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga laѐqatli boyliklar holati oʼrganiladi. Keltirilgan maʼlumotlar balansning jami summasiga teng boʼladi.Jadval maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, biz tahlil qilaѐtgan OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasida oʼrganilaѐtgan joriy davrda jami aktivlar summasi 16 % ga koʼpaygan. Аktivlarning koʼpayishini ijobiy baholagan xolda, maʼlumotlarga eʼtibor qiladigan boʼlsak, aktivlarning koʼpayishi asosan joriy aktivlarning 21,5 %ga hamda uzoq muddatli aktivlarning 0,3%ga ortganligi hisobiga boʼlgan. Joriy aktivlarning tarkibini oʼrganadigan boʼlsak, joriy yil oxirida yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zahiralar 10,4 % ga kamaygan, yaʼni bu -135173 ming soʼmni tashkil etadi. Debitorlik qarzlari esa yil oxiriga kelib 26,8 % ga ѐki 199917 ming soʼmga koʼpayganligini salbiy baholamoq kerak. Chunki, debitorlik qarzining bunday tartibda ortib borishi korxonaning aylanma mablagʼlarini aylanishini sekinlashtiradi, qoʼlov qobiliyatini ѐmonlashuviga olib keladi. Korxona aktivlari tarkibida asosiy salmoqni joriy aktivlar egallaydi. Uni tarkibida esa tovar-moddiy zahiralari asosiy oʼrinda boʼlib, u 19,9 % ga yaqin aktivlar summasini tashkil etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxonada meʼѐrdan ortiqcha tovar-moddiy zahirasi yaratilganligini hamda uning natijasida korxona joriy aktivlarini aylanishi sekinlashishini koʼrsatmoqda. MChJ maʼmuriyatimavjud aktivlardan unumli foydalanish choralarini koʼrishi lozim deb hisoblaymiz.Balansning passiv qismida korxona mablagʼlarining qoplash manbalari koʼrsatiladi. Bozor iqtisodiѐti sharoitida mablagʼlarni toʼldirish quyidagilardan iborat:- oʼzlik mablagʼlarning manbalari;- majburiyatlar.Bunda eng muxim oʼrinni korxonaning oʼziga qarashli ustav qoʼshilgan, rezerv, kapitallar, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va toʼlovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari egallaydi. Ustav kapital korxona ixtiѐridagi doimiy berkitilgan asosiy va aylanma mablagʼlarning xajmini koʼrsatadi. U turli xoʼjalik muomalalari taʼsirida oʼzgarib turadi. bunga foydaning taqsimlanishi xisobiga toʼldirilish, xomiylarning aʼzolik badallari, asosiy vositalarning qayta baxolanishi va boshqalar sabab boʼlishi mumkin. mablagʼlarning koʼpaytirish manbalari tarkibida foyda aloxida oʼrinni egallaydi. Foyda xajmining koʼpayishi eng avvalo Nizom jamgʼarmasini toʼldirishga va boshqa extigʼt jamgʼarmalari yaratilishga olib keladi. Аmortizatsiya va boshqa fondlarning tashkil boʼlishi xam bozor sharoitida mazmunan oʼzgarmoqda. 1991 yildan amortizatsiya xisoblashda tezlashtirgan meʼѐrlar (aktiv turdagi mashinalar, qurilmalar, transport va boshqa vositalar boʼyicha) qoʼllanishi va toʼliq tiklash qismi boʼyicha amortizatsiya xisoblash asosiy vositalarn6ing balans qiymatining maxsulotlar tannarxiga oʼtkazib boʼlguncha qadar bajarishlik kabi yangiliklar joriy etildi.Kredit va boshqa mablagʼlarga qisqa, oʼrta, uzoq muddatga moʼljallab olingan kreditlar, oʼz muddatida uzilmagan ssudalar va boshqa qarz mablagʼlari kiradi. Shuningdek kreditorlar bilan xisoblashishlar va boshqa passivlar xam shu yerda inobatga olinadi. Bunda kreditorlik qarzlardan
tashqari byudjetga, sugʼurta va mexnat xaqi yuzasidan korxonaning qarzlari koʼrsatadi.Bozor iqtisodi qonuniyatlari va talabidan kelib chiqqan xolda korxonada qarz kam boʼlgani maʼqul. -jadvalda korxona mablagʼlarining manbalari koʼrsatilgan.Jadval maʼlumotlaridan koʼrinadiki, biz tahlil qilaѐtgan OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasida joriy yilning boshiga nisbatan yil oxirida jami passivlari summasi 537198 ming soʼmga ѐki 12,2 % ga ortgan. Korxonada mol-mulkni tashkil etuvchi manbalarning bunday tartibda koʼpayishini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim. Аmmo, ushbu manbalar qaysi manbalar hisobiga koʼpayganligiga aloxida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yaʼni manbalarning koʼpayishi oʼz mablagʼlari manbalari hisobigami ѐki qarz manbalari hisobiga ekanligini aniqlash lozim.Korxona maʼlumotlaridan koʼrinadiki, korxonada joriy yil oxirida oʼz mablagʼlari manbalari yil boshiga nisbatan 106151 ming soʼmga ѐki 4,5 % ga oʼsgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholamoq lozim. Chunki, oʼz mablagʼlarining manbalarini koʼpayishi korxonaning moliyaviy mustaqilligini ortishiga, toʼlov qobiliyatining yaxshilanishiga hamda korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi. Maʼlumotlardan koʼrinadiki, korxonada joriy yil oxiriga majburiyatlar summasi 537198 ming soʼmga ѐki 18,5 % ga oʼsgan. Bu esa majburiyatlarning umumiy passivlarda tutgan salmogʼini 3,1% ga oshirgan. Bundan koʼrinadiki korxonaning toʼlov likvidligi pasaygan. Balans passividagi moddalarga eʼtibor qiladigan boʼlsak, asosiy salmoqni, yil oxiriga kelib, yaʼni 58,1 foizni oʼz majburiyatlar tashkil etmoqda. Bu korxonaning mustaxkam moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi. Mazkur korxonada hisobot davrida joriy majburiyatlari, yaʼni kreditorlik qarzlari koʼpayishi va oʼz mablagʼlari manbalari oʼsgan boʼlsada, kreditorlik qarzlariga nisbatana kamayganligini salbiy baholash kerak.Balans maʼlumotlariga qarab korxonani aylanma mablagʼlari qanday manbalar hisobiga tashkil etilganligi oʼrganiladi. Bunday tahlilning zarurligi shundaki, korxonalarni moliyaviy mustaqilligi, barqarorligi,muddatli aktivlari esa yil boshiga nisbatan 4700 ming soʼmga ortgan. Buning natijasida korxonada joriy yil oxiriga kelib tovar- moddiy zahiralarni qoplashga tegishli oʼzlik manbalari xajmi 101451 ming soʼmga koʼpaygan. Oʼzlik manbalarining koʼpayishini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim. Korxonada joriy yil boshida va oxirida uzoq muddatli majburiyatlar 848710 ming soʼmni tashkil etgan holda oʼzgarmagan. Qisqa muddatli majburiyatlari esa yil boshida 2047260 ming soʼm boʼlgan boʼlsa, yil oxiriga kelib 25844572 ming soʼmni tashkil etgan, yaʼni qisqa muddatli majburiyatlari 537197 ming soʼmga ortgan. Bunday holat esa, korxonaning tovar-moddiy zahiralarini qoplashga tegishli manbalarini qisqarishiga taʼsir etgan. Mazkur korxonada tovar-moddiy zahiralari xajmi birmuncha yuqori boʼlganligi uchun joriy yil boshida ham, yil oxirida ham tovar- moddiy zahiralarini qoplashga oʼz manbalari -65906 ming soʼmga yetarli boʼlmagan. Аmmo oʼz va uzoq muddatli qarz manbalarining yetarlilik darajasi 782804 ming soʼmga va qisqa muddatli majburiyatlar hisobigagina tovar-moddiy zahiralarini qoplashga jami manbalar 2593440 ming soʼmga ortiqcha (etarli) boʼlgan. Bundan koʼrinadiki, korxonaning moliyaviy barqarorligi joriy yilning boshida ham, yil oxirida ham nobarqaror holatda boʼlgan. Bunday natijalar bozor iqtisodiѐti sharoitida unchalik yaxshi natija deb hisoblanilmaydi. Shu sababli ham, korxona maʼmuriyati moliyaviy barqarorlikni mustaxkamlash uchun tegishli chora-tadbirlar koʼrishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda korxonaning moliyaviy barqarorligi yil boshiga nisbatan yil oxirida biroz boʼlsada yaxshilanganligini koʼrishimiz mumkin.
Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy koʼrsatkichlar, zahiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zahira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar oʼrtasidagiabsolyut farq esa – moliyaviy mustaxkamlikni koʼrsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustaxkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabigʼtlarda moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishda eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni boʼyicha iqtisodchi olimlar oʼrtasida kelishuvchanlik xali mavjd emas ekan.
Bozor sharoitida moliyaviy barqarorlik va toʼlovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy koʼrsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik balansdagi maʼlumotlar asosida oʼrganiladi. Undagi koʼrsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab, mablagʼlar oʼrtasidagi nisbat va oʼzaro bogʼlanish aniqlanadi.Yuqoridagi jadval maʼlumotlariga koʼra OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasining moliyaviy axvoliga toʼgʼri baho berish uchun buxgalteriya balansiga asoslangan xolda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanamiz. Shunga koʼra, korxonaning moliyaviy mustaqillik koeffitsienti yil boshiga nisbatan 0,1 koeffitsientga pasaygan. Toʼlov qobiliyati koeffitsienti esa yil boshiga nisbatan 0,1 koeffitsientga kamaygan. Mazkur koeffitsientlarning bunday tartibda oʼzgarishi korxonaning moliyaviy holatini joriy yil boshiga nisbatan yil oxirida yanada ѐmonlashib boraѐtganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari korxonada majburiyatlarning oʼz mablagʼlariga nisbatan ulushini 0,1 birlikka ortganligi ham korxonada toʼlov qobiliyatini hisobot davriga kelib pasayib ketganligini oʼzgarmasdan qolgan. Bu esa korxonada aylanma mablagʼlarga boʼlgan talabni yanada toʼlaroq qondirib borish imkonini beradi. Umuman olganda korxona maʼlumotlari asosida uning moliyaviy koeffitsientlari oʼrganilganda, ushbu koeffitsientlarning oʼzgarishi salbiy boʼlgan.Toʼlov qobiliyati deyilganda, xoʼjalikning muddati kelgan toʼlov majburiyatlarni bajarish uchun zurur boʼlgan mablagʼlarni yetarli ѐki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiѐti sharoitida korxonalarning toʼlov qobiliyatiga ega boʼlishi muhim va bu uning oʼz vaqtida zarur boʼlgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi maʼlumotlarga asoslanib, toʼlov qobiliyatining qay axvoldagi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning toʼlash uchun zarur boʼlgan mablagʼlari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin.Toʼlov mablagʼlariga pul mablagʼlari, joʼnatilgan tovar va maxsulotlar qiymati (xali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi. shuningdek qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha toʼlov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba boʼlishi mumkin. Qiymatli qogʼoz, aktsiya, obligatsiya sotishdan olingan mablagʼ va qoʼshimcha korxonalardaqatnashishdan kelgan daromadlar ham toʼlov majburiyatlarini bajarishdagi manba boʼlishi kerak. Toʼlov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, byudjet va sugʼurtaga, mexanat xaqi, turli xil kreditorlarga boʼlgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Quyidagi jadvalda «Uzsalaman» qoʼshma korxonasining toʼlov qobiliyati jadval asosida tahlil qilinadi.
Jadval maʼlumotlaridan koʼrinadiki, biz tahlil qilaѐtgan OАJ shaklidagi ―Uzsalaman‖ qoʼshma korxonasi joriy davrda toʼlov qobiliyatiga ega emas.Chunki, korxonaning jami toʼlov mablagʼlari 1058780 ming soʼm boʼlgani xolda, jami toʼlov qarzlari 2511566,0 ming soʼmni tashkil qilgan. Bundan koʼrinadiki korxonada toʼlov mablagʼlariga nisbatan toʼlov qarzlari 1452786 ming soʼmga koʼp boʼlgan. Bu esa korxonaning toʼlov qobiliyatiga ega emasligidan dalolat beradi. Bundan tashqari toʼlov mablagʼlari tarkibiga eʼtibor qiladigan boʼlsak, uning asosini tayѐr maѐsulotlar (52156 ming soʼm) hamda debitorlik qarzlari (947220 ming soʼm) tashkil qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |