Malakaviy amaliyoti uchun tayyorlagan


"UZSALAMAN” korxonasi bo‘limlarida olib borilgan ishlarning qisqacha tavsifi



Download 1,05 Mb.
bet7/11
Sana01.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#295577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
hisobot

"UZSALAMAN” korxonasi bo‘limlarida olib borilgan ishlarning qisqacha tavsifi Аylanma mablagʼlar, ularning korxona xoʼjalik faoliyatida tutgan oʼrni Korxonalar samarali faoliyat yuritishlari uchun nafaqat asosiy kapital balki aylanma kapitalga ham muhtoj boʼladilar.Bozor iqtisodiѐti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablagʼlarga yetarli tarzda ega boʼlishi ularning meʼѐr faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab chiqaraѐtgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xomashѐ, material, ѐqilgʼi va energiya miqdori mahsulot sifatiga taʼsir koʼrsatmagan holda qanchalik kam boʼlsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablagʼlar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori boʼladi.Аylanma mablagʼlar - bu korxona va xoʼjalik birlashma (uyushma)larning mehnat buyumlari boʼlib, bevosita ishlab chiqarish jaraѐnini taʼminlovchi (ishlab chiqarish aylanma fondlari) hamda mahsulotni sotish va taʼminot jaraѐnlarida xizmat koʼrsatuvchi mablagʼlardan (muomala fondlar) iborat.Korxona balansida yetarli aylanma mablagʼlar miqdori bozor sharoitida uning faoliyati amalga oshirilishining zarur zamini hisoblanadi.Аylanma mablagʼlar pul koʼrinishida ifodalanib, korxonalarda moddiy boyliklar va fondlarning zarur zahiralarini tashkil etadi, ishlab chiqarish jaraѐni va mahsulot sotilishini uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlaydi.Korxonaning aylanma mablagʼlarni samarali ishlatish orqali korxona xoʼjalik faoliyatiga yuqori samarli keltirish mumkin boʼladi. Shuning uchun ham korxona xoʼjalik faoliyatida aylanma mablagʼlarning meʼѐrini saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiѐti sharoitida korxona xoʼjalik faoliyatida har doim ham tovarlari va tayѐr mahsulotlari tezlik bilan sotilib ketmasligi mumkin. Shuning uchun ham korxona oʼzining aylanma mablagʼlari yetishmagan holda turli yoʼllari bilan uni moliyalashtirishga harakat qiladi.Korxonaning aylanma mablagʼlarining manbai foyda va byudjetdan tashkil topadigan xususiy mablagʼlar, qarzlar, bank krediti va tashqaridan jalb etilgan mablagʼlardir. Korxona va birlashmalar xususiy aylanma mablagʼlariga oʼz ixtiѐricha egalik qiladi. Ularni sotishi, ayirboshlashi va qarz berishi mumkin. Аylanma mablagʼlarning yetishmagan qismi korxonaning davomadi ѐki vazirlik ehtiѐt fondidan toʼldirilishi mumkin. Bundan tashqari xususiy aylanma mablagʼlar amaldagi normativlar darajasiga keltirish maqsadida bank krediti beriladi.

Korxonaning ishlab chiqarish sikli tugagandan soʼng yaʼni tayѐr mahsulot ishlab chiqarilgan va sotilgandan soʼng korxonaning aylanma mablagʼlari tushgan tushum hisobidan qoplanadi. Bu esa ishlab chiqarish jaraѐnining doimiy ravishda aylanishi hisobiga boʼladi.




P – T …I…T1 – P1

bu yerda:

P – pul vositasi;

T – korxonaning ishlab chiqarish vositalari; I – ishlab chiqarish;

T1 – tayѐr mahsulot;

P1 – mahsulot sotishdan kelib tushgan va saqlangan foydani oʼz ichiga oluvchi pul mablagʼlari.Nuqtalar (…) muomila vositasi toʼxtab qolganligini, lekin uning aylanish jaraѐni ishlab chiqarish sohasida davom etganini birdiradi.Аylanma mablagʼlar bir vaqtning oʼzida korxona ishlab chiqarishning sohasining hamma bosqichlari va shakllarida amalga oshiriladi. Bu esa, korxona faoliyatining doimiy va uzluksiz davom etishini taominlaydi.Korxonada ishlab chiqarish faoliyatining bir meʼѐrda, bir tekis va yuqori natija bilan borishi aylanma mablagʼlarning optimal oʼlchamlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun aylanma mablagʼlarni meʼѐrlash jaraѐni muhim ahamiyat kasb etadi va u korxonaning moliyaviy rejalashtirishga kiradi.Аylanma mablagʼlar meʼѐriy korxona ishi uchun zarur boʼlgan minimal hisob summalarini oʼrnatadi.Xom ashѐ, pul mablagʼlari va boshqalarning haqiqiy zahiralari meʼѐrdan kam ѐki unga tenglashgan boʼlishi mumkin, bu joriy moliyaviy faoliyatning eng oʼzgaruvchan koʼrsatkichlaridan biridir.Аylanma mablagʼlar meʼѐrining bajarilmasligi ishlab chiqarish va mahsulot sotishda toʼxtab qolishlarga va buning natijasida korxona ishlab chiqarish dasturining bajarilmasligiga olib keladi. Bularning barchasi resurslardan toʼliq va samarali foydalanilmasligiga sabab boʼladi.Korxona aktivlarini, shu jumladan aylanma mablagʼlarini boshqarishdan koʼzangan asosiy maqsad, korxonaning toʼlovga qodirligini taʼminlanagan holda, qoʼyilgan kapitaldan maksimum foyda olishdir. Bu borada, iqtisodiy inqirozlar sharoitida, toʼlovga qodirlik foydalilikdan koʼra muhimdir.Qoʼyilgan kapitalga nisbatan eng koʼp foyda olishga erishish va yuqori darajada toʼlovga qodirlikni taʼminlash muayyan darajada bir-biriga ziddir. Chunki rentabellikni oshirish uchun pul mablagʼlari turli xil aylanma mablagʼlar va asosiy vositalarni sarflanishi lozim. Toʼlovga qodirlikni taʼminlash uchun esa korxonada doimo maʼlum bir darajada pul mablagʼlari boʼlishi zarur, u joriy toʼlovlar aylanishidan olishi kerak. Shunday qilib, korxona aylanma mablagʼlarini boshqarishning muhim vazifasi toʼlovga qodirlik va rentabellik oʼrtasidagi maqbul nisbatni taminlash hisoblanadi. Bunga aylanma mablagʼlar tizimi va oʼlchamidan kelib chiqib erishiladi.Korxonaning aylanma mablagʼlarini meʼѐrini belgilash korxona faoliyatining toʼlovga laѐqatliligini taʼminlab, korxonaning toʼla quvvat bilan ishlashini taʼminlaydi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish