9 Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tuShunchalar



Download 66 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2022
Hajmi66 Kb.
#458331
  1   2   3   4
Bog'liq
9-маъруза


9-MA’RUZA.
Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari tasnifi.


Reja:

9.1. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tuShunchalar.


9.2. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi.


Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot, iste’mol, mahsulot sifati, mahsulot belgisi, sifat ko‘rsatkichlari, texnik vazifa.

9.1. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tuShunchalar.




Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tuShunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va Shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – xalqaro standart ISO 8402 (1991y) da qisqa holda keltirlgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan.
Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tuShuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi Shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol» atamasi Shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin.
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tuShuniladi.
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o‘zaro almaShuvchanlik va boshqa Shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘liq.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish