Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Sezgi  a’zo lari hissiy yo‘l bilan egallanadi. Ana shuning uchun 

sezgi a’zolarini yoshlik davridan boshlab o‘tkirlashtirish, ya’ni 

sensor tarbiya nihoyatda zarurdir. Odamlargagina xos bo‘lgan 

musiqa tovushlariga nisbatan sezgirlik, tovushlarning nozik to-

monlarini anglay bilish sezgirligi, biron narsaning tekkanini 

seza bilish kabi nihoyatda muhim xususiyatlar bog‘chada amal ga  

oshiriladigan sensor tarbiya orqali rivojlantiriladi. 

Bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarni o‘z qo‘llari bilan be-

vosita ushlamasalar ham, ko‘rish va eshitish bilan qanoatla-



325

nadigan bo‘ladilar. Bolaning ko‘rish sezgisi bog‘cha yoshiga-

cha bo‘lgan davr da juda tez takomillashadi. Shuning uchun 

bola ning ko‘zi katta yoshdagi odamlar ko‘ziga nisbatan uzoqni 

ko‘ra oladi. Agarda bolaning ko‘zi biron kasallikka uchramay, 

normal va sog‘lom taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkirligi katta yosh-

dagi odamlarnikiga nisbatan ikki-uch barobar ortiq bo‘ladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar sezgisini o‘stirishda tarbiyachi-

ning roli juda kattadir. Tarbiyachi turli qiziqarli mashg‘ulotlar 

orqali bolalar sezgi a’zolarining sezgirlik darajasini o‘stirishga 

yordam berishi kerak. Bunda bolalar sez gi a’zolarini rivojlan-

tirishga qaratilgan mashqlarni aniq va mazmunli o‘yinlar bi-

lan bog‘lab o‘tkazish yaxshi natija beradi. Masalan, bolalarda 

uzoq dagi narsalarning farqini ajrata olish sezgirligini takomil-

lashtirish uchun rangli va har xil kattalikdagi qutichalar yo-

ki kubiklarni ma’lum uzoqlikka qo‘yib, farqini ajrata olish 

o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bunda bolalarning ko‘rish sezgir-

liklari darajasiga qa rab, kubiklar qo‘yilgan masofalarni ayrim 

bolalarga nisbatan uzoq lashtirish va boshqa bolalarga nisbatan 

esa yaqinlashtirish mumkin.

Har bir tarbiyachi o‘z qo‘l ostidagi bolalar sezgi a’zolarining 

holatini, sezgirlik darajasini yaxshi bilishi kerak. Turli 

mashg‘ulotlarni tashkil qilishda buning ahamiyati juda kat-

tadir. Ba’zi bolalarda kamqonlik yoki boshqa bir sabab tufayli 

ko‘rish sezgirligi zaif bo‘ladi. Ayrim tarbiyachilar esa buni o‘z 

vaqtida aniqlamaydilar, natijada bola aybsiz bo‘lsa ham tarbi-

yachidan tez-tez dakki yeb turadi.

Masalan, tarbiyachi rasm bilan o‘tkaziladigan 

mashg‘ulotlarda (rasmga qarab so‘zlab berish) ko‘rish sezgirligi 

zaif bolani orqaroqqa o‘tqazib qo‘yishi mumkin. Natijada bo-

la rasmdagi ayrim detallarni mutlaqo ko‘rmaydi yoki g‘ira-shi-

ra ko‘rsa ham, ajrata olmaydi. Tarbiyachi esa, bolada ko‘rish 

sezgirligining zaifligini bilmay, uni diqqatsizlikda ayblab, uri-

sha boshlaydi.

Bolalar bog‘cha yoshida ranglarning farqini yaxshi ajra-

ta oladigan bo‘ladilar. Biroq ular faqat asosiy ranglarni yax-

shi biladilar, murakkab ranglar, masalan, sarg‘ish, ko‘kimtir, 

pushti, jigarrang, to‘q qizil, och havo rang, zangori, binaf-




326

sha rang, oqimtir, timqora kabilarni esa yaxshi bilmaydilar. 

Bog‘cha yoshidagi bolalar bu murakkab ranglarning nomini 

ham to‘g‘ri ayta olmaydi. Shu ning uchun bolalar gaplarning 

bunday murakkab nomlarini tarbiyachilardan eshitish orqali 

o‘zlashtiradilar. Ba’zi paytlarda esa o‘zlari bilganlaricha ayta 

boshlaydilar. Masalan, timqorani – ja qora, pushti rangni – 

sal qizil, yashil, zangori, binafsha ranglarni umumiy ravishda 

«ko‘k» deb ataydilar.

Har bir tarbiyachi o‘z ish tajribasidan biladiki, kichik gu-

ruh bolalariga nisbatan katta guruh bolalari ranglarning o‘zini 

ham, nomlarini ham yaxshi farqlay oladilar. Bu, albatta, mashq 

qilish va turmush tajribasining ortishi natijasidir. Bolalar yor-

qin (juda yaltiroq) ranglarni yoqtiradilar. Yorqin ranglar ular-

ga qandaydir zavq bag‘ishlaydi.

Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farqlay olmaydi. Un-

ga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar 

berish lozim. Bolalar rasmli kitobchalar va o‘yinchoqlar bilan 

shug‘ullanganlarida ularni ko‘zlariga juda yaqin tutadilar. Ma-

na shunday paytlarda bolalarga rasmli kitob va o‘yinchoqlarni 

ko‘zlaridan birmuncha uzoqroq masofada tutishni o‘rgatish lo-

zim. Bolalarni ta’limiy mashg‘ulotlardan so‘ng kengroq joyga 

olib chiqib, ochiq havoda o‘ynatish kerak. Bunda bolalar uzoq 

masofa va manzaralarni tomosha qiladilar hamda shuning bi-

lan birga mashg‘ulotda toliqqan ko‘zlariga dam beradilar.

Shunday qilib, bog‘chada bolaning tasavvuri, xotirasi, tafak-

kuri va xayolining taraqqiyoti uchun turli-tuman yorqin obraz-

lar beruvchi ko‘rish sezgisining faoliyatini har xil mashqlar 

orqali izchil ravish da oshirib borish kerak.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan taraqqiy 

etish larida eshitish sezgisining ham roli juda kattadir. Bola 

eshi tish orqali nutqni egallaydi. Nutq esa inson taraqqiyoti ning 

eng muhim manbalaridan biridir. Eshitish sezgisi, yuqori-

da aytib o‘tganimizdek, bolalarda yildan yilga tez rivojlana-

di. Agar bog‘cha yoshidagi bolaning eshitish a’zosi (qulog‘i) 

biron kasallikka uchramay, normal rivojlanib borsa, tez ora-

da kamolotga erishadi va natijada eshitish sezgirligi kuchaya-

di. Bolalar ning eshitish a’zolari anatomik jihatdan katta oda-




327

mlarnikiga nisbatan bir muncha nozik va zaif bo‘ladi. Ayrim 

bolalar ning ko‘rish sezgilari zaifroq bo‘lgani singari boshqa bir 

bolalarning eshitish sezgilari zaifroq bo‘lishi mumkin. Tarbi-

yachi bog‘cha yoshidagi bolalar eshitish sezgilari sezgirligini 

tekshi rib ko‘rishi kerak. Yaxshi eshitmaydigan bolalar odat-

da anqov va hadiksiray digan bo‘ladilar. Bunday bolalar «kar», 

«karquloq», «anqov» degan laqab olishdan qo‘rqib, o‘zlarining 

ayblarini hech kimga, hatto tarbiyachiga ham bildirmas-

likka tirishadilar. Eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalar nut-

qi o‘zlashtirishdan orqada qoladi. Bu esa ularning umuman 

psixik taraqqiyotdan orqada qolishlariga olib kelishi mumkin.

Tarbiyachi eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalarni aniqlab ol-

gandan so‘ng ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishi 

ke rak. Bunday bolalarni hikoya o‘qib berish yoki suhbatlashish 

kabi mashg‘ulotlarda eng oldingi qatorga o‘tkazish lozim. Bun-

dan tashqari, eshitish sezgisi zaif bolalar ayrim narsalarni qayta-

qayta so‘raganlarida ularni jerkib tashlamay, osoyishtalik bilan 

aniq javob berish lozim. Ba’zi bir ota-onalar va tarbiyachilar 

bunday bolalarning qayta-qayta so‘roqlariga osoyishtalik bilan 

javob berish o‘rniga «Ha, nima, karquloqmisan eshitib o‘tir, 

ovsar!» deb urishib beradilar. Natijada bola o‘z tengdoshlari 

o‘rtasida mulzam bo‘lib, ikkinchi marta so‘rashga yuragi bezil-

laydigan bo‘lib qoladi. Mana shunday g‘ayripedagogik muno-

sabatda bo‘lish bola ning umumiy psixik taraqqiyotiga juda sal-

biy ta’sir etadi. Chunki bola eshita olmagan va, binobarin, 

tushu na olmagan narsalarni kattalardan so‘rab olish o‘rniga, 

o‘zi bilganicha talqin qilishga odatlanib qoladi. Ana shularni 

nazar da tutib, bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy bilish qu-

rollari bo‘lgan ko‘rish va eshitish sezgilarini normal rivojlanti-

rish ishiga zo‘r mas’uliyat bilan qa rash lozim. 

Bog‘cha yoshidagi bolalar umuman ta’mni emas, balki 

ta’mning barcha turlarini deyarli ajrata oladilar. Hidlarga nis-

batan ham xuddi shunday. Biroq bu ishdagi bolalar ning turmush 

tajribalari juda ozligi tufayli ayrim hidlarning nomini to‘g‘ri ay-

ta olmasliklari mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar ning hid va 

ta’m bilish a’zolari anatomik tuzilishi jihatidan katta odam-

larning hid va ta’m bilish a’zolaridan deyarli farq qilmasada, le-




328

kin funksiyasi, ya’ni o‘z vazifasini qay darajada bajarishi jihat-

dan biroz farq qiladi. Bu farq hid va ta’m bi lish sezgirligi ning 

o‘tkirligida namo yon bo‘ladi. Katta odamlarda hid va ta’m bi-

lish sezgirligi bolalarga nisbatan o‘tkirroq bo‘ladi. Shu narsa 

diqqatga sazovorki, boshqa sezgilarga nisbatan hid va ta’m bi-

lish sezgilarini bog‘cha yoshi dagi bolalarda qandaydir yo‘l bilan 

mashq qildirish orqali rivojlan tirish birmuncha qiyin.

Ilk yoshdagi bolalar har bir narsani o‘z qo‘llari bilan ushlab, 

timirskilab ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalardagi bu xususi-

yat ularning bog‘cha yoshida gi davrlarida ham saqlanib qoladi. 

Ana shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar ham har bir narsani 

shunday sirtdan ko‘rib qo‘ya qolish bilan qanoatlanmay, «Qani, 

men bitta ko‘ray», «Qani menga berib turing» degan iboralar 

bilan qo‘llarini cho‘zib intilaveradilar. Bog‘cha bolalari 

dagi 


bu xususi yatni ular ning haddan tashqari qiziquvchanliklari va 

turmush tajriba larining ozligi bilan tushuntirish mumkin. Shu 

sabab li bolalar dagi bunday intilishni bo‘g‘masdan, imkoniyat 

boricha so‘ragan narsalarini ushlab ko‘rishlariga ijozat berish 

kerak.

Teri sezgirligi bog‘cha yoshidagi bolalarda ham xuddi kat-



ta odamlardagi kabi organizmning ayrim joylarida kuch-

li, ayrim joylarida esa kuchsizroq joylashgan bo‘ladi. Bolalar-

da qo‘l barmoqlarining uchi va yuz qismlari boshqa joylariga 

nisbatan g‘oyat sezgirdir. Teri sezgirligini turli mashg‘ulotlar 

va mashqlar orqali rivojlantirish mumkin. Masalan, ko‘zni 

bog‘lab, turli narsa 

larni qo‘l bilan paypaslab aniqlash, har 

xil taxtachalarning silliqlik darajasini aniqlash, bog‘chalarda 

keng qo‘llaniladigan «Ajoyib xaltacha» va hokazo o‘yinlarni 

o‘tkazish mumkin. Teri sezgirligi ni rivojlantirish mumkinligi-

ning isboti sifatida ko‘r tug‘ilgan bolalarni ko‘rsatish mum-

kin. Chunki, tug‘ma ko‘r tug‘ilgan bolalar tevarak-atrofda-

gi narsalar ni bilishda asosiy qurol hisoblangan teri sezgirligini 

kishini hayratda qoldiradigan dara jada rivojlantira oladilar.

Shunday qilib, bolaning butun bog‘cha yoshidagi davrida 

hamma sezgi a’zolari jadal rivojlnib boradi. Normal sharoitda 

tarbiyalangan sog‘lom bola yaxshi takomillashgan ko‘rish, eshi-

tish, hid bilish, ta’m va teri sezgilariga ega bo‘ladi. Mana shu 




329

sezgi a’zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettirish-

da birdan-bir vositadir. Mashhur chex pedagoglaridan Yan Amos 

Komenskiy bilish jarayonida sezgi a’zolarining (analizatorlar-

ning) rolini juda obrazli qilib tasvirlab bergan edi. Yan Amos 

Komenskiy 

ning fikricha: «Sezgi a’zolarimiz ongimizdan (mi-

yadan) tashqi olamga qarata ochilgan darchalardir. Biz ongimiz-

da aks ettirayot gan hamma narsa va hodisalar faqat mana shu 

darchalar orqali ongimizga kiradi». Bu haqiqatan ham juda to‘g‘ri 

o‘xshatishdir. Chunonchi, bironta darcha bekilib qolgan bo‘lsa 

(ya’ni bironta sezgi a’zolarimiz ishdan chiqqan bo‘lsa) u payt-

da biz shu sezgi a’zoyimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni to‘la 

aks ettira olmaymiz. Ongimizdan tashqari olamga qarata ochil-

gan mana shu darchalar qanchalik keng va ravon ochilgan bo‘lsa, 

atrofimizdagi narsa va hodisalarni shunchalik chuqur hamda 

atroflicha aks ettiramiz. Mana shuning uchun bog‘chada ham, 

oilada ham bolalarning sensor tarbiyalariga, ya’ni sezgi a’zolarini 

takomillashtirishga alohida ahamiyat bilan qarash kerak.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish