Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolalarda idrokning rivojlanishi

Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, bi-

rinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ik-

kinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning nati-

jasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita 

munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi 

bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmay-

di. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bi-

lan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshda gi 

bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalar ning nima 

ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sis-

temasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb eta-

di. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilish-

da faqat narsa ning o‘zigina emas, bal ki uning nomi ham birga 

qatnashadi. Bolalar idroki ni takomillashtirish maqsadida uy-

ushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dun-

yosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signal-

lar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, 



330

qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan 

narsalarning) ayni bir paytda har ikkala sig nallar sistemasiga 

barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va 

to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlari-

dan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsa-

larning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Bi-

roq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning 

mohiya  tiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalar ning 

mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgi-

larni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat 

aniq tasavvurlarga asoslana 

dilar. Shu sababli bog‘cha yoshi-

dagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsa-

larning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shak-

lidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash 

narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Le-

kin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bola lari) 

narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, 

kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakl-

lar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga 

ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmet-

lashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani 

«g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar.

Rus psixologlaridan S.L. 

Ru 

binshteyn, S.N. 



Shabalin va 

M.N. 


Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha 

yoshi dagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu 

narsa larning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andaza lariga) 

qa rab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar silu etga 

qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qa rab) bu 

narsalar ning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. 

Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar 

narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ra-

vishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bola-

lar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu 

narsalar ning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan 

shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari tur li geo-

metrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida 



331

ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar gu-

ruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani ayla-

nalar guruhiga yanglishmay ajra tadilar. Bu o‘rinda shu nar-

sa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda 

bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib 

olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni 

shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish ke-

rak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsa lar yasash va rasm 

chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali eri shish mumkin.

Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsa larni 

chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetish-

movchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. 

Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tas-

virlangan narsalar ning holatiga va fazoviy munosabatlariga ta-

momila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham 

zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasm-

ni idrok qilishga nisbatan bolalarning anali tik munosabatda 

bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-

biri bilan ma’lum muno sabatda emas, balki tasvirlangan narsa-

larning hamma sini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ular-

da hali analiz qi lish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. 

Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tar-

biyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz 

qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda 

bolalar diqqatini, birin chidan, ko‘rsatilayotgan rasmning maz-

munini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy 

ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok 

qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qi-

la bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsa-

lar o‘rtasidagi munosabat 

larni to‘g‘ri idrok qilishga qarat-

ish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga 

qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qi lish qobiliyatini 

hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoli-

yatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p 

narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok 

qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliya 

tida 



332

ular ning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshida-

gi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan u lar 

idroki ning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok 

jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol 

ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabat-

larni, fazo ham da vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar. 

Narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bola-

lar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bola-

lar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsa lar 

bilan bevosita munosabat da bo‘lish jarayonida fazoviy tushun-

chalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilar ning 

narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifo-

da etishlari bolalar idroki ning rivojlanishiga katta yordam beradi. 

Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor 

kabi fazoviy tu shunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday 

fazoviy muno sabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va 

mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, 

chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish 

zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p 

ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin. 

Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetar-

li darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol 

ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm 

chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik 

e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning ba-

landligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa 

terak ning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha 

bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabat-

larni to‘g‘ri idrok qilish va fazo viy munosabatlar haqida to‘g‘ri 

tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush 

tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni 

idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalar-

da vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan 

ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqt-

ni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning 

uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) 




333

anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu 

narsani ular ga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada 

bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali 

aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar.

Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt 

o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», 

«oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «erta-

lab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar. 

Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foy-

dalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushuncha-

lari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar erta ning 

bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy 

ra vishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini 

idrok qilishlarida kun tartibining roli juda kattadir. Bolalar-

ning kun dalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib tura-

digan rejim (kun tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin 

ajratib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt 

o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham farqlay ola-

digan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda – erta-

lab bo‘ladi», «Kun botganda – kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i 

bo‘lib hamma uxlaganda – kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar.

Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun 

bog‘cha yoshidagi bola lar (xususan kichik guruh bolalari) asosan 

ho zirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi asosida yashay dilar. 

Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon tushunchalariga 

nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok 

qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar dastavval «er-

talab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt 

tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsa-

larni tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bun-

day narsa larni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida 

chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladi-

lar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachon-

lardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov 

bir marta to‘y bo‘lganda...» kabi. Ular xotiralarida qolgan ay-




334

rim hodisalarning qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniq  

vaqt o‘lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bera olmaydilar.

Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilish-

larida shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bi-

lan tez almashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan 

o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday vaqt o‘lchovlarini 

ko‘pincha bir-biri bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, ki-

chik yoshdagi bog‘cha bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun 

ertagami?» «Qachon ertaga bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi 

bo‘ladimi?» degan savollarni be rishlari mumkin.

Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish ka-

bi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bi-

lan bog‘liqdir. Bog‘cha bolalari o‘zlarining har kungi xilma-xil 

faoliyatlari davomida vaqt munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan 

ko‘radilar va sekin-asta o‘zlashtirib boradilar. Lekin vaqt bola-

larga bevosita ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri idrok 

qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o‘rgatish kerak. Bola-

lar eng sodda, ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq 

o‘zlashtiradilar. Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «ol din», 

«keyin» kabi tu shunchalarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng 

bir qadar mu rakkab, ya’ni bir necha qismlarga ajratish mumkin 

bo‘lgan vaqt o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», «kecha», «erta ga», 

«indinga» kabi) o‘zlashtirishlari mumkin. Katta guruh bolalari 

ana shu yuqori dagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning 

nomlarini (ya’ni yakshanba, dushanba, seshanba, chorshan-

ba, payshanba, juma, shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta», 

«oy» va hatto ba’zan «yil» kabi murakkab vaqt tushunchalari-

dan ham foydalana oladigan bo‘ladilar.

Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy 

munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri 

idrok qi lishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bi-

lan bevosi ta munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt 

munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tu-

shunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatilishi kat-

ta rol o‘ynaydi. Shu ning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan 

mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar 

so‘z boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid 




335

tushunchalarni kiritish ke rak. Umuman bola larga bog‘chada 

vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib 

qolganligini, soat 5 dan oshib kech ki rib qolganligini) mun-

tazam ravishda eslatib turish kerak. Bu bolalarda vaqt hissini 

rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini 

to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bolalar vaqt tu shunchalarini 

to‘g‘ri o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ular ga «qachon», 

«qaysi kuni», «qancha vaqtdan so‘ng», «qaysi biri oldin», «qaysi 

haftada», «qaysi oyda» kabi savollarni berib turish lozim.

Bog‘chada idrokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlik-

ni ham tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun ha-

yoti, butun o‘qish va mehnat faoliyati davomida juda zarur bo‘lgan 

fazilatdir. Bog‘chada turli didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, eks-

kursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tar-

biyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari (bahor, yoz, kuz, qish) 

bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so‘zlatish 

(kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta, eks-

kursiya va mashg‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar 

oldindan o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak.

Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda 

ular da kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbi-

yachilarga, ularning pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish