Maktabgacha yoshdagi


Bola shaxsi rivojlanishi-



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bola shaxsi rivojlanishi-

ga yo‘naltirilgan ta’lim

7.4.  Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining 

xususiyatlari. Maktabgacha yoshda mehnat elementlari

Bolalarning mehnat mashg‘ulotlari asosan bog‘cha yoshi-

dagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari 

juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyot-

larida juda katta ahamiyatga egadir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘tkazgan 

suhbatlari orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati, 

kattalar mehnati haqida tushunchalarni egallaydilar. Bolalar 

tarbiyachi ning savollari bilan o‘z ota-onalarining qayerda, kim 



322

bo‘lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda 

ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar.

Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nis-

batan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kat-

talarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalar-

ning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat 

faoli yatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan 

cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatna shish 

uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar ona-

lari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalar ni 

(dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilar-

ni yig‘ishtirib, supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayot-

gan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar  

mehna tining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga 

qiziqishi psixologik jihatdan xarakterligidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho be-

rib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbi-

yalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni 

bajara yotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Le-

kin bunda bo lalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar baja-

radigan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib qo‘yishlari mum-

kin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor: 

«Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, ha-

yotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday ba-

jarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.

Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l 

muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun 

bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmas-

liklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mum-

kin. Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bola ni «An-

qov, merov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki 

urish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday 

qilib bajarishni ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha 

bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya ol-

maydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari 

bilan, ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, 

hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.




323

Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tar-

biyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga 

egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga 

ma’lum bir mehnatni baja rishni buyuradi. Ana shu tariqa bola-

lar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masa-

lan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. 

Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchi-

si qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stul-

chalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib 

chiqadi. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada 

ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Bolalar bunday mehnatda 

jon-u dili bilan qatnasha dilar.

O‘rta va katta guruh yoshidagi bolalarga oilada kuchlari 

yeta 

digan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda 



mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. 

Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik 

mehnatga jalb qi lish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb 

qilinadigan mehnat faoliyati ning turi juda xilma-xildir. Masa-

lan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qi-

lish, bog‘cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda nav-

batchilik qi lish, kichkintoylarni ki yintirishga yordam berish va 

boshqalar.

O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan bata-

mom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi-

lar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning 

ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo-

zimligini tushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ish-

lariga zo‘r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun 

qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar 

yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat 

faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, este tik, 

axloqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish