pedagogik psixologiya — ta’lim-tarbiya jarayonining psi- xologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. O‘qituvchi va tarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va pedagogik psixologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasi- ni, ularni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sha- roitlarini tekshiradi. Pedagogika va maxsus fanlar psixologiya- ning ma’lumotlari negizida ish ko‘radi;
yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jara- yonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuni- yatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining turli bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi;
maxsus psixologiya — psixik rivojlanishda normadan og‘gan bolalar, ya’ni anomaltaraqqiyotpsixologiyasini o‘rganadi. Patopsi- xologiya — kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya — aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya — kar-soqovlar psixologiyasi, tiflopsixologiya — ko‘zi ojizlar psixologiyasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |