Al-Xorazmiy (997-yilda vafot etgan)
13
' Ж
\Ш
Abu Ali ibn Sino (980—1037-yy.)
Abu nasr Farobiy (873—960-yy.)
Abu Rayhon Beruniy (973-1043-yy.) '
ya insonni boshqarib turuvchi markaz ekanligi kabi fikrlari noyob oltin xazi- na hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiy Yaqin va O‘rta Sharqda ilg‘or ijtimoiy-falsafiy oqim asoschilaridan biri bo‘lib, «Sharq Aristoteli» degan unvonga sazo- vor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Uning inson tafakkuri, bilish bos- qichlari (hissiy va xayoliy), sezgi tur- lari, inson (ruh) jonining bir tana- dan, boshqasiga o‘tib, ko‘chib yurishi mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual «substansiyasining birligi» sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish Aristotelga ham xos bo‘lgan. Farobiy bilishning ikki shakli, bosqichini his- siy va xayoliy, aqliy bilishni bir-biri- dan farqlaydi. U sezgi roliga to‘xtalib, besh turga bo‘ladi. Farobiyning ruhiy jarayonlar, ularni bilish va mantiq ti- zimi haqidagi ta’limoti o‘rta asrlar fal- safasining katta yutug‘i edi.
Abu Rayhon Beruniy «Inson hayvondan aql bilan farq qiladi», dey- di va bu tushunchani yanada mus- tahkamlab: «Insonni xudo azaldan shunday yaratgan», deydi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning mod- diy ehtiyojlari rolini ko‘ra oladi: «Aql, mehnat, erkin tanlash inson hayoti va ijtimoiy holatini belgilaydi, inson o‘z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondira- di», deydi. Rudakiy, Umar Xayyom va VIII asrdagi islom ta’limotlari psixologik ta’limotlar uchun ahamiyatlidir.
14
XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajriba- ga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrtarda uning predmeti, o‘rganadigan sohasi paydo bo‘ladi va shakllanadi, yangi yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlanadi. Assosiativ psixologiya namoyandalari D. Yum va D. Gartli, shogirdi D. Pristli assosiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog‘lanishlarga tenglashti- radilar, murakkab psixik jarayonlar sezgi va tasavvurlardan hosil bo‘ladi deb hisoblaydilar. XIX asrda psixik hoditalarni o‘lchash mumkinligi, psixologiyada eksperiment bo‘lishi mum- kinligi ko‘pgina psixologlar tomonidan ilgari surildi. I. Gerbart, Veber, Fexner, V. Vundt kabi nemis psixologlari eksperimental psixologiyaga asos soldilar. V. Vundt 1879-yili Leypsigda bi- rinchi eksperimental laboratoriyasini, 1881-yili Berlin uni- versiteti huzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. Professor A.F. Lazurskiy (1874—1917) tomonidan ta’lim masalalarini o‘rganishda keng qo‘llaniladigan tabiiy eksperi- ment metodi ishlab chiqildi.
Nazorat savollari:
Psixologiya nimani o‘rganadi? Unga ta’rif bering. Psixika nima?
Kundalik turmushdagi hodisalar va ilmi y psixologiya de- ganda nimani tushunasiz?
Psixologiya tarixi qanday davrlarga bo‘linadi?
Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi haqida so‘zlab bering.
Birinchi eksperimental laboratoriya qayerda va kim to- monidan tashkil etildi?
XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyotida qanday yu- tuqlarga erishildi?
Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari va fanlar tizimida tutgan o‘rni
Yangi davr va psixologiya. Ma’lumki, «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonunda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, uning mazmuni,
15
vazifalari jamiyat taraqqiyotida o‘z aksini topgan. Zamonaviy ta’lim markazida shaxs turadi, unga ta’sir etuvchi, zaruriy fazilat- larni shakllantiruvchi bo‘lib o‘qituvchi timsoli mujassamlashgan. O‘zbekistondagi islohotlar inson omili, uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, qayg‘urishi muammosini har qachondagidan ham dolzarb masataga aylantirdi. Turli o‘zgarishlarga psixik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash yangicha fikrlash va ro‘y be- rayotgan jarayonni obyektiv va to‘g‘ri idrok qitish qobiliyatini rivojlantirish muammosi inson psixikasini bilishni ilgari surdi. Psixik hoditalar bilan har bir inson tanish bo‘lishi yangi davr o‘zgarishlariga oqilona javob bera olishini talab qiladi.
Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi psixik hayotning asosiy qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Psixologiyani o‘rganish odamning o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunishiga, ular- ning psixik holatini hisobga olgan holda yondashishiga yordam beradi. Kishi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra oladi, o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, nuqsonlarni yo‘qotib borishga o‘rganadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyo- ti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xa- rakterlanadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning bajari- lishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aratashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar o‘quvchilardagi rivojtanish ko‘rsatkichlari, aqliy o‘sish omillari va iqtidoriga qa- rab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o‘tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real samara berishi lozim. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ka- molotiga psixologiya fani muayyan hissa qo‘shadi.
Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga hozirgi kun uchun o‘ta dolzarb vazifalarni hal qi- lish bilan ham bog‘liqdir. Bularga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muam- molari bilan bog‘liq psixologik muammolarni ko‘rsatish mum- kin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish,
16
mehnat samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texni- ka, yer-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o‘z joniga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o‘ta muhim bo‘lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi va tuzatishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |