Taqrizchilar:
Z.T. Nishonova — Nizomiy nomidagi TDPU professori, psixologiya fanlari doktori.
F.N. Vahobova — «Lider» bolalar maktabi direktori, psixologiya fanlari nomzodi.
S.T. Madaliyeva — 1-TPK psixologiya fani o‘qituvchisi.
ISBN: 978-9943-4133-7-5
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2017.
KIRISH
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon an- dazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakl- lantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisobla- nadi.
Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi za- mon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlari- ni shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachi- si ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyolili- gi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqa- rosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalash- ning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etish- dan iborat.
Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida psixologiya fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarni barcha psixik jara- yonlar va hodisalarning mohiyatini hamda maktabgacha yosh- da shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq holda shu jarayon va hodisalarning rivojlanishini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushuntirib berishga o‘rgatishdir. O‘quvchilar psixologiyani o‘rganish nati- jasida bolalarning psixik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi- gan tarbiyachi bo‘libgina qolmay, balki shaxsning voyaga yeti- shida mas’ul o‘rin egallaydilar.
Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalar psixologiyasi fanining asosiy muammolarini o‘z ichiga olib, u pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari va
3
o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi asoslaridan iborat bo‘lib, 10 bobdan iborat. Har bir bob o‘zining mazmuniga asosan yori- tilgan bo‘lib mavzu oxirida mustahkamlash uchun nazorat sa- vollari berilgan.
Psixologiyani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy xislatlar: diqqatlilik, kuzatuvchanlik, es- da qoldira olish, oqilona ishlash xislatlarini o‘stirish bilan shug‘ullanishi, o‘z xayoli, ijodiy mustaqil fikrlashi, o‘z his- larini boshqara olishi, qobiliyatini o‘stirish zarurligi masaSasi qo‘yiladi va rivojlantiriladi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |