Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet14/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

1-rasm. Sotsiogramma.


33





Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sha- roitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo muno- sabatni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qayta- rish orqali guruh a’zolarining o‘zaro tanlash jarayoni vujud- ga keltiriladi. Aynan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej va oliy maktab talabalari, turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari dinamikasi, shaxs- lararo ziddiyatlarning sabablari o‘rganiladi. Umuman aytgan- da, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlar- ni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin. Hozir sotsio- metriya usuli ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan kundalik
ha- yotdagi voqealarga odamlarning munosabatlarini, jamoatchilik fikrini o‘rganishda keng qo‘llanilmoqda. Odamlarning sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati, turli ehtiyojlari, motivlari, qiziqish, intilish, harakatlari va hokazolar muayyan tartib va qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik hamda sof psixologik ildizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metod yordami bi­lan har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuza- ga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tut- gan mavqelari o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi yordami bilan bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlarini, ya’ni bir-birini yoqtirishlari yoki yoqtirmasliklarini quyidagi uslubda o‘rganish mumkin. Guruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasi- ga chaqirib, unga 4—5 ta chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi (masalan, chiroyli mashina, toycha, ayiqcha, to‘pponcha, qayiqcha kabi). Ana shu o‘yinchoqlardan bitta o‘zingga yoqqanini tanlab olgin va uni guruhdagi eng yax- shi ko‘rgan o‘rtog‘ingning shkafiga sovg‘a sifatida qo‘yib qo‘y, deyiladi. Bola biroz o‘ylab turgach, yaxshi ko‘rgan bolalaridan birining shkafiga qo‘yib qo‘yadi. Guruhdagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng eng ko‘p sovg‘a kimning shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana shu ma’lumotlar asosida bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlariga doir sotsiogram- ma tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a (o‘yinchoq) qo‘yilgan




34





bola guruhning eng sevimlisi va shkaliga bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan, ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi va bu bola bilan korreksion ishlar olib bo- riladi.

Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mum- kin. Har bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqi- yotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu bilan birgalikda tarbiyachi bolalarga nisbatan individual muno- sabatda bo‘lishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash- ga intilishi lozim. Ilk yosh va kichik guruhlarda sotsiometri- ya metodini qo‘llash deyarli natija bermadi. Bu yoshdagi bola- larda faqat «o‘zim» degan tushuncha ustun bo‘lgani sababli kichik guruhdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribada quyidagi natijaga erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik. Tajribada qizcha kat- ta qo‘g‘irchoqni tanladi va o‘zining shkafiga olib borib qo‘ydi. Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u menga yoqadi» dedi. Mir- jalol 3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani tanladi. «Shu yerdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda u tar- biyachisiga olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shunga o‘xshash natijalar ko‘rildi.

Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyi­dagi natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi. Avvaldan tayyorlab kelgan turli rang-barang predmetlar, o‘yinchoqlar, gullar tasvirlangan rasmli kartochkalarni stol ustiga o‘ng tomoni bilan qo‘yildi. Bolalarni navbatma-nav- bat chaqirib «O‘zingga juda yoqgan rasmni tanlab ol!» deyil- di. Hamma bolalar olib bo‘lgach, «Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz, endi shu rasmli kartochkani shu yerdagi o‘zing eng yax­shi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb aytilganda ba’zi bola- larda ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochkalar hosil bo‘lgan. Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash natijalarga erishil- gan. Demak, sotsiometriya metodining natijalariga ko‘ra tarbiyachi va psixolog bolalar bilan yakka tartibda ishlar olib borishni bilishlari zarur.


35





Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham psixologiyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foy- dalaniladi. Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Bi- ografik ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyat- lariga oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonch- e’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan mu- nosabatlari, maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xu- losa chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunoslardan Charlz Darvin asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozir- gi kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mash- huri N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti», «Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday il- miy-biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan, 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki, bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarz- da munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazar- dan bolaning qaysi yosh davrida unga nisbatan qanday muno­sabatda bo‘lishni belgilashda biografiya metodi tarbiyachilar va yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.

Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan tarbiyachi ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni to‘g‘ri tashkil qila oladi. Bolalarning shaxsiy psixologik xususiyatlarini biografik tarzda o‘rganishda yozuvchilarning avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yo- zuvchilar nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular o‘zlarining asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turli- cha namoyon bo‘lishini obrazli qilib ochib beradilar. Bunday avtobiografik asarlar orqali odamlarning ayrim tiplari, xarak-




36





terlariga xos xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari, dunyo- qarashlari, ishonch hamda e’tiqodlari, axloqiy sifatlari qan- day ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topishini bilib olish mumkin.

Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o‘rganish me­todidan ham foydalaniladi. Odam har doim ma’lum bir faoli- yatda bo‘lib turadi. Odam o‘z faoliyatlari natijasida turli narsa- larni, mahsulotlarni yuzaga keltiradi. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda odamning ayrim psixik jarayonlari va psixolo­gik sifatlari o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir odam- ning faoliyat mahsuli shu odamning ayrim psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini ko‘rsatib turadi.

Biz rassom yoki arxitektorning chizgan suratlarida, quruv- chining qurgan imoratida, haykaltaroshlik va boshqa san’at asarlarida, o‘quvchining yozgan konspektlarida va bog‘cha yoshidagi bolalarning chizgan rasmlarida, ijodiy ishlarida ular- ning psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlariga doir juda ko‘p tomonlarini ko‘rishimiz mumkin. Shu sabab- li odamning faoliyati mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish me- todi psixologiyaning yordamchi metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik va sotsial psixo- logiyada ancha keng qo‘llaniladi.

Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoli- yat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsa- di bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari — o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loy- dan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu ka- bilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilar- ning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliya- ti ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoli- yatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyati- ning mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi.




37





Ma’lumki, bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar hamda atroflaridagi narsa va hodisalarga bo‘lgan munosabat- lari o‘z ifodasini topadi. Ana shu jihatdan bolalarning chizgan rasm l
ari dan faoliyat mahsulini o‘rganish sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan rasmlarini analiz qilish orqali ularning ayni chog‘dagi ehti- yojlari, mayl-istaklari, qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini, bola yashayotgan oila muhitini ham o‘rganish mumkin. Shu sababli bu metoddan ham bolalar psixologiyasida keng foyda- laniladi.

Nazorat savollari:



  1. Psixologiya qanday ilmiy-tadqiqot metodlarga ega?

  2. Asosiy va yordamchi metodlarni sanab bering.

  3. Eksperiment metodi nima?

  4. Kuzatish metodiga ta’rif bering.

  5. So‘rov metodi va uning turlarini aytib bering.

  6. Test metodlari haqida so‘zlab bering.

  7. Biografiya va faoliyat mahsulini o‘rganish metodlari o‘rtasidagi farq nimada?

  1. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari

Psixik faoliyatni to‘g‘ri tushunish uchun odam va hayvonlar psixikasining asosi bo‘lmish nerv faoliyatining xususiyatlarini bilish zarur. Nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemasi- ga ajraladi. Miya (bosh va orqa miya) markaziy nerv sistema- si hisoblanadi. Periferik nerv sistemasi bu nervlardir, ya’ni bosh va orqa miyadan tananing barcha tomonlariga tarqaluvchi nerv tolalaridir. Miya ham nerv hujayralaridan iborat. Ular o‘zaro bir-birlari bilan shoxchalari orqali bog‘langan. Miya bir necha qismlardan tuzilgan. Bosh miyaning katta yarimsharlari bosh miyaning po‘stloq osti tugunlari va po‘stlog‘idan iborat bo‘lib odamning barcha psixikasini boshqaradi. Po‘stloqning pesho- na qismlari muhim o‘rin egallaydi. Odam miyasining og‘irligi o‘rtacha 1400 g (maymunda — 500 g, otda — 650 g, ho‘kizda — 500 g, kitda — 2800 g, filda — 4000 g) og’irlikka ega.


38






Miya gavda og‘irligining 2% ini tashkil etadi, organizm qabul qiluvchi kislorodning 18% i miyaning oziqlanishiga sarf qilinadi. Bu organizmning hayot faoliyatida miya ishi faoliyati qanchalik murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Hayvonlar va inson miyasini tanasiga nisbatini oladigan bo‘lsak, masalan, kitning miyasi tanalining 1/20000 qismini, filda — 1/400, maymun- da — 1/100, odamda esa 1/46 qismini tashkil etadi. Bosh mi­ya katta yarimsharlari po‘stlog‘i organizm hayotida muhim rol egallaydi. Odamda u o‘rtacha 14—15 mlrd neyronlardan tashkil topgan. Peshona qismlari ayniqsa ahamiyatlidir. Hayvon qan- chalik taraqqiy etgan bo‘lsa miyaning shunchalik katta qismini peshona tashkil etadi. Mushukda — 3%, itda — 7%, maymun- da — 16%, odamda — 29% ni tashkil qiladi.

Individning psixik hayotida miya og‘irligi va tuzili- shi alohida ahamiyatga ega. Kishining aqli haqida mi- ya og‘irligiga qarab hukm chiqarish noto‘g‘ridir. Masalan,

l.S. Turgenevning miyasi 2012 gr, I.P. Pavlovning miyasi 1653 gr, D.I. Mendeleyevning miyasi 1571 gr, Anatol Frans- ning miyasi 1017 gr. Bosh miya og‘irligining ma’lum bir chegarasi ham borki, odamda undan kam bo‘lsa, aqliy qo- biliyat ancha pasayadi. Bu chegara erkaklarda 1000 gr ni, ayollarda 900 grammni, yangi tug‘ilgan bolalarda 380—400 gr ni tashkil etadi. Miyaning oliy bo‘limlari — katta yarim-


39





sharlar har xil turdagi hayvonlarda qanday ahamiyatga ega ekanligini quyidagi faktlarda ko‘rish mumkin. Baliqlardagi mavjud yarimsharlar kurtagi olib tashlansa ham, ular xatti- harakatida kam o‘zgarish yuz beradi. Agar kaplarning ya- rimsharlari olib tashlansa u ucha olmaydigan, ovqatni o‘zi topa olmaydigan bo‘lib qoladi. Yarimsharlaridan mahrum etilgan it batamom majruh bo‘lib qoladi. Katta yarimshar- larsiz tug‘ilgan bola tezda nobud bo‘ladi. Demak, miya kat­ta yarimsharlarisiz odam yashay olmaydi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish