Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


I.M. Sechenov (1829-1905-yy.)



Download 2,28 Mb.
bet13/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

I.M. Sechenov (1829-1905-yy.)


21





ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipda- gi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakl- larini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.

Psixologiya va sotsiologiya. XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Bunga angliyalik psixolog U. Makdugall va ameri- kalik sotsiolog E. Rosslarning tadqiqot natijalari asos bo‘lib xiz- mat qildi. Sotsial psixologiya 1908-yildan e’tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga xizmat qila- di. Jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlashni o‘z vazifasi deb biladi. Shuning uchun joylarda tashkil etilgan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifalarni ba- jarishga qaratilgandir. Ijtimoiy so‘rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xohishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga hu- kumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lo- zimligiga olib keladi. Ijtimoiy-psixologik so‘rovlarning ta’lim muassasalarida o‘tkazilishi ustoz-shogird, o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarini, ish joylarida o‘tkazish xodim-rahbar, xodim- xodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bular orqali nafaqat sotsiologik so‘rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Psixologiya va iqtisodiyot. Iqtisodiyot bilan psixologiya­ning o‘zaro aloqasi va hamkorligi bozor munosabatlariga bos- qichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqti- sodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Yangi davr shaxsi- ni tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixo- logiya iqtisodiyot fanida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodi- yot o‘z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda sub- yekti bo‘lmish inson omilidagi barcha psixologik o‘zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.


22





Nazorat savollari:


  1. Psixologiya fanining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi vazifalari nimalardan iborat?

  2. Psixologiyaning tarmoqlari haqida so‘zlab bering.

  3. Psixologiyaning rivojlanayotgan fanlar tizimidagi o‘rni qanday?

  4. Psixologiyaning sotsiologiya va iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi haqida so‘zlab bering.

  1. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetning mohiyatini yoritish va ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning me- todlari deb ataladi. Fanning obro‘si ham birinchi navbatda shu metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi- ga bog‘liqdir. Psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini yechish, ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni sinovdan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qol- gan.

B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruh- ga ajratadi:



  1. tashkiliy metod;

  2. empirik (amaliy);

  3. natijalarni qayta ishlash;

  4. genetik va donalash metodlari.

Birinchi tashkiliy guruh o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘p qirrali) deb atalgan turlarini ola­di. Qiyoslash turi umumiy psixologiyada, sotsial psixologiyada, tibbiyot, sport, yuridik psixologiyada keng qo‘llaniladi. Longi- tyud metodi bir holatni uzoq vaqt kuzatish, birdaniga bir ne- cha sinaluvchini tekshirish, qiyoslash maqsadida qo‘llaniladi. Nemis olimi V. Shtern, fransuz olimi R. Zazzo, rus olimlari N.A. Menchinskaya, A.N. Gvozdev, N.S. Leytis, V.S. Muxina va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuza- tish «Ona kundaligi» singari nomda ham atalishi mumkin.


23





Psixologik tadqiqotlar ilmiyligini oshirishda bir necha fan- lar hamkorligiga suyanib kompleks metodlar qo‘llaniladi. Hozir muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, kosmik psixologi- ya, tibbiyot psixologiyasidagi ko‘pgina kashfiyotlar shu usullar bilan ochilmoqda.

Ikkinchi guruh — empirik metodlarga kuzatish, eksperiment, test, so‘rov, sotsiometriya, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tadqiq qilish, tarjimayi hol kabilar kiradi va ular sinash, tek- shirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini bajaradi.

Uchinchi guruh metodlari natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdoriy) va psixologik (sifat) tahlili turlariga bo‘linadi. To‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlab chiqishda matematik formulalardan foydalaniladi.

Tadqiqot metodlarining to‘rtinchi guruhi — genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi. Uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi.

Quyida psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tadqiqot me­todlarining empirik metodlar guruhini tahliliy ko‘rib chiqamiz:

Kuzatish metodi. Psixologiyada keng qo‘llaniladigan bu me- todning mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa odamning xatti-harakatlarini, xulq-atvorini, psixikasining tashqi ko‘rinishlarini kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy ku- zatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzatadigan obyektlarni ni- hoyatda diqqat bilan aniq o‘rganishi, pala-partishliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Psixik holatning tashqi alomatlariga is- hongan holda ish ko‘rish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odamning xatti-harakatlarini to‘g‘ri talqin qilish ayniqsa muhimdir. Ba’zida o‘quvchi juda diqqat bilan tinglayotgandek ko‘rinsa ham, tamomila boshqa narsa haqida o‘ylab o‘tirgan bo‘ladi. Binobarin, bolalar holatini bilmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz ko‘z yugurtirib turishning o‘zi kifoya qilmaydi, bal- ki ularning qanchalik qunt bilan ishlayotganliklarini aniqlash maqsadida boshqa usullardan (mas. savollar tashlash) ham foy- dalanish mumkin. Uy va turli turmush sharoitlarida bolani ku- zatish uning o‘qishga, o‘z-o‘ziga, o‘rtoqlariga, katta kishilarga




24





munosabatini o‘rganishga va shaxsiy fazilatlari haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bunda kuzatish metodining subyek- tiv (o‘z-o‘zini kuzatish), obyektiv (tashqaridan kuzatish) usul- laridan keng foydalaniladi. Subyektiv kuzatish, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatish metodidan keng foydalanib kelingan bo‘lishiga qara- may, bu metodni ilmiy metod deb bo‘lmaydi. O‘z-o‘zini ku- zatish metodining bir qator salbiy tomonlari bor. Birinchidan, o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanilganda har bir odam o‘z manfaati yuzasidan subyektiv xulosa chiqaradi. Ikkinchi- dan, subyektiv kuzatish metodidan foydalanilganda odam o‘z shaxsiga xos bo‘lgan ayrim salbiy (ya’ni irodasizlik, nomusta- qillik, qo‘rqoqlik, qobiliyatsizl ik kabi) xususiyatlarni boshqa odamlarda ham xuddi shunday bo‘ladi, deb o‘ylashi mumkin. Buning natijasida odam o‘z subyektiv kuzatishlaridan noto‘g‘ri xulosa chiqaradi. Bu metoddan ayrim hollarda ehtiyotkorlik bilan tanqidiy tarzda foydalanish mumkin. Bolalar psixologi- yasida subyektiv, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi.

Psixologiya fanida obyektiv kuzatish, ya’ni tashqi kuzatish metodidan ham keng foydalaniladi. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari (sezgilari, idroklari, xotira va tafakkurlari) hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari (qobili- yatlari, layoqatlari, temperamenti, xarakteri) o‘rganiladi. Tash- qi kuzatish hamma vaqt ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lib aniq bir reja bilan kuzatishni taqozo etadi. Reja bilan kuzatil- ganda u yoki bu psixik jarayon atroflicha chuqur o‘rganiladi. Lekin shunga qaramay tashqi, ya’ni obyektiv kuzatish metodi- ning salbiy tomonlari ham bordir. Obyektiv kuzatish metodi bi­lan tekshirishning asos iy xususiyati shundan iboratki, bunda biron-bir psixik jarayon tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, xud- di shundayligicha olib tekshiriladi. Bu ma’lum noqulayliklar tug‘diradi, chunki ayni shu psixik jarayonning biron tomonida chuqurroq tabiiy sharoit yuzaga kelishini poylashga to‘g‘ri kela- di. Bu esa juda ko‘p vaqt talab qiladi. Obyektiv kuzatish metodi orqali to‘plangan ma’lumotlar maxsus kundaliklarda qayd qilib boriladi va yarim yoki bir yil o‘tgach, to‘plangan ma’lumotlar atroflicha analiz qilinib, ma’lum xulosalarga kelinadi.




25





Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tek- shiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakat- larini ularning turli-tuman faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak:

  1. Kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish.

  2. Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni ana- litik-sintetik nuqtayi nazardan kuzatish.

  3. Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish.

  4. Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganini mutlaqo bilmasliklari kerak.

  5. Kuzatishlardan yaxshi natijalar olish uchun, ularni tur- li sharoitlarda, shaxs xislatlarining turli xil namoyon bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, kun sayin o‘rganish kerak.

Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xil- ma-xil psixik jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.

Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish meto­di bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xat- ti-harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqti-vaqti bilan tan- lab kuzatilganda bolaning barcha psixikasi emas, balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.

Bolalar psixologiyasida kuzatish metodi bolalar taraqqiyoti- ning sermazmun qirralarini o‘rganish va undan olingan dalil- larni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch. Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng N.N. Ladigina-Kots, N.A. Menchinskaya, V.S. Muxina va


26





boshqalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan izchil ravishda yozib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.

Eksperiment metodi psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bun- da sinaluvchi shaxsda o‘rganish lozim bo‘lgan psixik jara- yon oldindan maqsad qilib olinadi. Masalan, matnni tushu- nish va o‘zlashtirish uchun uni qanday tezlikda o‘qish samarali bo‘lishi aniqlangan. Eksperiment metodida bizni qiziqtiruv- chi jarayon qachon paydo bo‘lishi kutib o‘tirilmaydi. Bundan tashqari eksperimentda psixik jarayonning sodir bo‘lish sha- roitlarini o‘zgartirib turish va shu yo‘l bilan mazkur jarayon haqida ko‘proq kerakli ma’lumotlar to‘plash mumkin. Max­sus apparatlardan foydalangan holda o‘tkaziladigan eksperi­ment laboratoriya eksperimenti deb ataladi. Laboratoriya eks- perimentida sinaluvchi shaxs bilan g‘ayritabiiy sharoitda ish ko‘riladi. Bu hol eksperimentning nuqsoni hisoblanadi. Odat- da, turmush sharoitida natija birmuncha boshqacharoq chi- qishi mumkin. Tabiiy eksperimentda bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashg‘ulot paytida bola o‘zini erkin his etadi, uni tekshirishayotganini (yashirin kamera, magnitofon orqali) sez- maydi. Pedagogik-psixologik eksperiment (shakllantiruvchi — tarkib toptiruvchi eksperiment deb ham yuritiladi) ham ta’lim- tarbiya sharoitida o‘tkaziladi. Unda faqat o‘rganibgina qolmay, aktiv ta’sir ko‘rsatiladi. Maxsus usulda o‘qitiladi, tarbiyalanadi. Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan pedagogik-psixologik eksperi­ment natijasida ta’limning eng ma’qul usullari ishlab chiqilgan.

Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiya- sida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperi- mentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlar- ning farqiga bormaydilar.

Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, bal- ki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar payti­da keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperi­ment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hay-




27





vonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab gu- ruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlari- ni o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi.

Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment meto- didan ham foydalaniladi.

Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshi- dagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmay- dilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarga bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar — doira, kvadrat, kublardan foydalaniladi).

Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodi- ning effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga o‘rgatilsa, peda­gogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining afzalligi aniqlanadi. Masalan, biron tadqiqotchi bolalarga ta’limiy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llashni tavliya qilsa, uni pedagogik ekspe­riment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib, bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogik texnologiya metodi bilan elementar matematik tasavvurlar- ni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kontrol guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi an’anaviy metod bilan davom et- tiriladi. Bir-ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalar­ning o‘zlashtirishi taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimen- tal guruh bolalarining yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari




28





sinov guruhidagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagi- na samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma mak­tabgacha ta’lim muassasalariga ham tarqatiladi. Agar nati­ja kontrol guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishidan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.

Kuzatish va eksperiment metodlari bolalar psixologiyasining asosiy metodlari hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator yordamchi metodlar ham mavjud.

So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida bir- lamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisob- lanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savol- larga javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud. Og‘zaki so‘roq yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional mahorati yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasli- gi mumkin. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa) yoki erkin o‘z fikrini ba- yon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga mo- nand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materi- allar to‘planadi. So‘roqning ham erkin va standartlashtiril- gan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan ni malar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hat- toki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlar- da bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yosh­dagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yax- shi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qayta- raveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi.




29





Bu metodni 5—6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mum- kin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar berila- di va ulardan og‘zaki suhbatning mavzusi va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olina- di. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javob- larni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyi- dagilarga rioya qilish talab etiladi:

  1. suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak;

  2. savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak;

  3. suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish kerak;

  4. suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak;

  5. suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan mu- nosabatlarini o‘rganish mumkin.

Testlar hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv me- todlaridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifat- lari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi. Testlar, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mum- kinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yo­ki iste’dodli emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilar- ni saralashda keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrdagi mashhur psixologlardan biri E.I. Rogov o‘zining «Настольная книга практического психолога» kitobida (Москва ВЛАДОС nashriyoti, 1999-yil. 1-tom) «Shaxs tipologik xususiyatlari­ni aniqlash», «O‘qituvchi o‘quvchi munosabatlari darajasini aniqlash», «Pedagogik tajovuzkorlikni (so‘zini o‘tkaza olish- ni) baholash» singari test namunalari berilgan.

1905-yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning sho- girdi A. Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalari- ni o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodining bir necha xillari qo‘llana bosh- langan edi.

Psixologlar K.M. Gurevich, V.A. Krutestkiy, E.I. Rogov va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tu-


30





zilgan. Ular testlar tafakkur ko‘rsatkichi bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga ham erishdilar. Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniq- lashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixo- loglar Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin
.

Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-so‘rov, test- topshiriq, proyektiv testlar, intellektual testlar.

Test-so‘rov — eng ko‘p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiag- nostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi. Testlarning «Yetishmagan so‘z yoki raqamlarni topib, o‘rniga qo‘ying» sin- gari shakllaridan qobiliyatni, kuzatuvchanlikni, xotirani tek- shirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Testlar yordami- da ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning bor yoki yo‘qligini aniqlashga yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini va hokazolarni bilishga harakat qilinadi.

Test-topshiriq o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda qo‘llanilib, o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bi- lishlarini aniqlashga qaratilgandir. Unda savol va 3—4 ta javob beriladi, shulardan javobning eng to‘g‘risini topish talab qilina- di. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin.

Proyektiv testlarda testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi top- shiriqni bajarayotib nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «Siyoh dog‘lari» testi, tugal- lanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. 1921-yilda kashf etilgan «Siyoh dog‘lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlarga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va natijalarni mohiro- na tahlil qilishi talab qilinadi.


31





Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektu- al testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlarda bola- larning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bola­lar bunday vazifalarni bajon-u dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qism- larini yig‘ib murakkab va chiroyli animatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan to‘g‘ri yo‘lni topa bilish vazifalari- ni bajarishda foydalanish mumkin. Masalan: test metodida bolalarga topshiriladigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Har bir bajarilgan vazifaga ball sistemasida baho qo‘yib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va to‘plangan baliga qa­rab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi aniqlanadi.

Sotsiometriya metodi. Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni qayd qilish texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniq- lash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashi- shi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jad- val shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyor- lanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqti- rasan?», «Partada kim bilan yonma-yon o‘tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim.

Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar


32





esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘gri keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktiril- ganda o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning li- deri, eng yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniq- lanadi. Qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh ko‘rsatkichlari xususiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar, ularning o‘ziga xosligi, psixo- logik mexanizmlar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan bir- ga nazariy ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.






Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish