8-rasm. Maymunlarning intellektual harakatlari.
Ana shu tajriba ikkinchi marta takrorlanganda, maymunning o‘zi bakdan bankaga suv olib, olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan. Bundan keyingi tajriba birmuncha murakkablashtirilgan. Endi bak bilan banka qo‘yilgan solga olov yoqilgan apparat qo‘yilmay, balki apparat boshqa solga qo‘yilgan. Sollarning bir-biridan uzoqligi 3—4 metrlar chamasida bo‘lgan. Bak qo‘yilgan solga bitta uzun bam- buk yog‘och tashlab qo‘yilgan. Maymun odatdagidek kelib, bak-
52
dan bankaga suv quyib olgan, ammo olov narigi solda ancha uzoq- da yonib turganini ko‘rgan. Qo‘lida suv quyilgan bankani ushlab, bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Bankani qo‘lidan oyog‘iga, oyog‘idan qo‘liga olib, bir amallab bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ygan. Undan so‘ng bambukdan dar- boz bo‘lib, ikkinchi solga o‘ta boshlagan. Bambuk qimirlab ketib, qo‘lidagi suv to‘kilib ketgan. U bak qo‘yilgan solga qaytib kelib, bakdan bankaga suv olib, yana bambukdan ikkinchi solga o‘tib, bir amallab olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan.
Bu tajribada shu narsa xarakterliki, maymun bakdan banka- ga suv olib, soldan solga o‘tib (suv to‘kilib ketib) qiynalib olgan. Ammo soldagi olovni ko‘ldan qo‘li bilan suv olib o‘chirishi ham mumkinligiga uning «aqli» yetmagan. Demak, odamsi- mon shimpanze maymunlarida ham odamdagiga o‘xshagan ong, aql yo‘q. Shimpanze maymunining soldan solga bambuk- ni ko‘prik qilib o‘tishga «aqli» yetdi, lekin hamma suv ham bir xil xususiyatga ega ekanligiga aqli yetmadi.
G.Z. Roginskiy shimpanze maymuni ustida shunday tajriba o‘tkazgan: maymun oldiga turli tomonga qaratib bir necha uzun arqonlar tashlab qo‘yilgan. Ana shu bir xildagi arqon- lardan ba’zilarining uchiga apelsin yoki banan bog‘lab qo‘yilgan. Maymun o‘z oldiga tashlab qo‘yilgan bir xildagi arqonlarni ushlab ko‘rgandan so‘ng, hech bir yanglishmay uchiga apelsin yoki banan bog‘lab qo‘yilgan arqonlarni ajratib tortib olgan.
N.N. Ladigina-Kotsning tekshirishlari shimpanzeda boshlang‘ich abstraksiya qobiliyatlari borligini ko‘rsatadi. May- mun o‘zi idrok qiladigan narsaning rangi, shakli va hajmidan ajrata oladi, unda murakkab tanlash qobiliyati bor. Tajribalar- da shimpanze maymuni geometrik shakllarni rangi va turiga qarab ajrata olgani isbotlangan.
Nemis fiziologi M. Tideman delfin miyasining faoliyatiga odam va orangutandan keyingi o‘rinni beradi. Delfinning miya og‘irligi 1700 gramm, miyaning po‘stloq qismi esa odam miyasi po‘stlog‘iga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Olimlarning kuzatishlari shuni ko‘rsatdi-ki, delfin katta tezlikda idrok qi-
53
lish va fikrlash qobiliyatiga ega. Delfin miyasi faoliyatini kiber- netik tekshirishlar orqaligina o‘rganish mumkin. Shveysariya- lik professor A. Portmannin tadqiqotlarida odam va hayvonlar intellekt darajasini o‘rganadi va bunda odam 215 ball, delfin 190 ball, fil va maymun keyingi o‘rinlarni egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |