Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Inson ongining rivojlanishi



Download 2,28 Mb.
bet23/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Inson ongining rivojlanishi

Ong tushunchasi. Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, de- yarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong — psixikaning yuksak shakli, insonning yakka va hamkorlik faoliyatida, muloqo- ti jarayonida shakllanadigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mah- sulidir. Ong shaxsning tevarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va o‘tmish davrini yaxshi bilishi, o‘zlikni anglash, qaror qabul qilish, vaziyatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish qobili- yati bilan namoyon bo‘ladi.

Odam psixikasi hayvon psixikasidan farq qiladi. Inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat ayirmasi:


  1. Inson o‘z mohiyati jihatidan azaldan boshlab ijtimoiy mavjudotdir.

  2. Inson psixikasining eng oliy formasi uning ongga egali- gidir. Inson ongli mavjudot.

  3. Insonning hayvondan eng muhim sifat ayirmasi birinchi signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar siste- masining mavjudligi, ya’ni voqelikni so‘zlar orqali aks ettirishi hamda nutq va tafakkurga egaligidir.

Odam o‘z hayotidagi ko‘p narsalarni so‘z orqali aks ettiradi, hayvonning esa butun psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi asosida vujudga keladi. Ikkinchi signallar sistemasining signallari talaffuz etilgan, eshitilgan so‘zlardan iborat. Agar so‘z ma’nosi tushunarli bo‘lsa odamning xatti-harakatlarini boshqaradi, teva- rak-atrofdagi muhitga muvofiqlashuviga yordam beradi. Agar


55





so‘z ma’nosi odamga tushunarsiz bo‘lsa u faqat birinchi signal- lar tarzida ta’sir qiladi yoki odam uchun ahamiyatsiz narsa bo‘lib qolaveradi.

Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning individual va intellektual shakllaridan batamom boshqa hodisadir. Inson ongi evolutsion harakatning eng so‘nggi bosqichi bo‘lib, inson taraqqiyoti bosqichida ijtimoiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson ongi yer yuzidagi barcha mavjudotlarning eng oliysi va gultojidir. Har bir ijtimoiy davrning o‘ziga xos kuchlari va ijti­moiy munosabatlariga mos keladigan ongi bo‘lgan. Masalan, quldorlik davrida xususiy mulkchilik munosabatlari kelib chi- qib, sinflar paydo bo‘lgach odam ongi ham sinfiy xarakterga ega bo‘la borgan. Har bir tarixiy davrda yuzaga kelgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida odamning ongi ham o‘zgarib borgan. Tarixiy tarakkurning ma’lum bosqichida ilmiy tafakkur va ong tarkib topgan. Tevatak-atrofdagi voqelik ana shu ilmiy tafak­kur yordamida to‘laroq va chuqurroq aks ettirilgan. Natija- da odam hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlar- ni, qonunlarni ong va tafakkur yordamida bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda odamning ongi bilan idora qilinadigan faoliyati faqat oddiy ish qurollari, kiyim-kechak, turar joyini- gina yaratib qolmay, balki fan-texnikani ham yaratdi va yuqori darajada rivojlantirdi. Ming yillar davomida to‘xtovsiz davom etgan amaliy mehnat odamning qo‘llarini rivojlantirib bordi. Mehnat inson qo‘lini kamolotining shunday yuksak bosqichiga aylantirdiki, bu bosqichda qo‘l sehri va kuchi bilan Leonardo da Vinchi, Rafael, Rembrandt, Repin, Surikov va boshqa ras- somlarning asarlari yaratildi. Ong kishining mehnat faoliyati- da, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shaklla- nadi, ong ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar natijasi hisoblanadi.

Ongning tuzilishi va ta’riflari. Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’riflari qanday?

Ongning birinchi ta’rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong — anglash demakdir. Kishining ongi tevarak-atrofni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tashkil topadi. Ongning tuzilishiga muhim bilish jarayonlari kiradi-ki, ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu




56





jarayonlar qatoriga sezgi, idrok va xotirani, xayol va tafakkur- ni qo‘shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida sezgiga ta’sir etadigan hodisalarni bevosita aks ettirish natijasida inson on- gida ayni chog‘da qanday aks etib turgan bo‘lsa, tashqi olam- ning xuddi shunday hissiy tasviri hosil bo‘ladi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qanday gavdalantirsa, xayol ehtiyoj obyek- ti bo‘lgan amm
o hozirgi paytda yo‘q narsaning obrazini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanishni yoki masalani hal etishni ta’minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik jarayon- lardan birortasining buzilishi yoki izdan chiqishi ongning bar- bod bo‘lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi aniq farqlanishda o‘z aksini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegish- li ekanligini bilib boradi. Subyekt faqat o‘zimning fikrimdir, «men emas» degan tushuncha bilan atrofdagilarning obyekt ekanligini anglaydi. Odam o‘ziga, xulq-atvoriga, harakatlariga ongli ravishda baho beradi. «Men»ning «men emas»dan ajra- tilishi har bir kishining bolaligida boshidan kechirgan yo‘li bo‘lib, o‘zini-o‘zi anglash jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatidir. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasi- ga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chama- lab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni ba- jarishning qanday borishi hisobga olinadi, tegishli tuzatishlar kiritiladi. Kishi tabiat tomonidan berilgan narsaning formasini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi balki o‘zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o‘z iro- dasini ana shu maqsadga bo‘ysundiradi. Kasallik oqibatida yuz bergan har qanday buzilishga ongning buzilganligi deb qaraladi.

Ongning to‘rtinchi ta’rifi uning tarkibiga muayyan muno- sabatlarning kirganligidir. Rang-barang his-tuyg‘ular olami odam ongining tarkibiga kiradi. Unda murakkab obyektiv va odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z ak­sini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab




57





olishga yordam beradi. Turli xususiyatli munosabatlar ong na- zoratida amalga oshir ilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar sodir bo‘lmaydi. Ongning zaiflashuvi esa shaxsning his- tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi, masalan, quvonch qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o‘rin almashib turishi kuzatiladi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalin- ganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosa- batlardagi buzilish bilan belgilanadi, bemor bunga qadar be- had sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Demak, shaxslara- ro munosabatlar natijasida vujudga keluvchi emotsional baho- lar inson ongida o‘z ifodasini topadi.

Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik odam ongiga borib yetmaydigan psixik jarayonlar, xususiyatlar va holatlardir. Bunday hodisalarga ong osti holatlari deyiladi. Shaxsdagi ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan hol­da qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Jumladan tush ko‘rish, shirin xayol, orzu kabilar kishining ixtiyorsiz xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.

Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy et- gan sari rivojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori dara- jali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bi­lan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli davrlarida, o‘smirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong tur- li ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek bilimsiz ong bo‘lmaydi, le­kin ong va bilim bir xil ibora emas. Bilimlar har doim xoti- rada to‘plansada, lekin hamma vaqt ham ongda aks etaver- maydi. Bu yerda quyidagi qiyosni keltiramiz. Kishida xotira izlari, ya’ni o‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar ekan, ularni ko‘p sonli elektr chiroqlariga o‘xshatish mumkin. «Ularning bir qismi yoqilganda tegishli obyektlar va kechin- malar ong nuri bilan yoritiladi». Biz bilamizki bilimlar yaxshi va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikr- lash kabi odamning boshqa fazilatlariga baho berishda ong-




58





ning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Shunday ekan, ongga o‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan ong odatda bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalangan bo‘ladi.





Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es- hushi joyida bo‘lgan odam hamm
a vaqt qayerdaligini anglaydi, soat nechaligini hech bo‘lmaganda taxminan ayta oladi. O‘z


59





tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tanasi faqat tashqi olamdan (ko‘ruv, eshituv, hid bilish)dan emas, bal- ki tanasining ichki a’zolaridan ham ta’sirot yetkazuvchi retsep- torlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular ongda aks etmay- di. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doimo ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam o‘z his-tuyg‘ulari, sezgilari, xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam vaziyatlari bilan taqqoslaydi. Bu ongning eng muhim funksiya- sidir. Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiya- si deb ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning rivojlanishi hamda saqlanib qolishi uchun hal etuvchi o‘rin tutadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga hisobot berishni ta’minlasa, ong faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan po‘stloqning tetiklik holati retikular formatsiya- ning faoliyati bilan uzluksiz bog‘langandir.

Ongsizlik holatlarini atroflicha tushuntirib berishda psixoanalizdan foydalaniladi. Z. Freyd yaratgan psixoanaliz to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslay- diki, go‘yo uning ustki, oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi — ong ostidagi jarayon- lardir, ya’ni ongsizlikdir. Z. Freyd «yashirinib» yotgan psi- xologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb ataydi. Rus psixo- loglari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: ongsizlik (бессознательное), ongostlilik (подсознательное), ong osti (подсознание). Ba’zi o‘zbek psixologlari «ongostlilik» degan atamani ma’qul ko‘rishadi. Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lib kelayotgan va mohiyati to‘laligicha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayon- larning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Bu atamalar- ning ma’nosini o‘zgartirmagan holda biz «ongsizlik» va «ong ostidagi ong» degan atamalardan foydalanamiz.

Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amal- ga oshiradi. Ongsizlik holatida voqealikning fakti va o‘rnini mo‘ljal qilish yaxlitligi yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yor­damida boshqarilishi buziladi, kishi o‘z harakatlarini nazorat


60





qila olmaydi, natijasini ham baholay olmaydi. Ongsizlikka quyi- dagi psixik hodisalarni kiritish mumkun: uyqu holatidagi psixik hodisalar (tush ko‘rish), sezilmaydigan, ilgari ongli bo‘lib, keyin takrorlanaverishi natijasida avtomatlashib ketgan, anglanilmay- digan harakatlar, faoliyatga undovchi, ammo maqsad anglan- maydigan mayllar, kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ayrim patalogik holatlar (shaytonlash, alahsirash, ko‘zga yo‘q narsalarning ko‘rinishi).

Ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hay- vonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ridir, ongsizlik kishi ha- yotining shart-sharoitlari bilan bog‘liqdir. Ongsizlik kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan qismlar aksi tarzi- da, inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq hol- da paydo bo‘lgandir.

Nazorat savollari:


  1. Ong nima?

  2. Ong tuzilishiga qaysi bilish jarayonlari kiradi?

  3. Ongning qanday ta’riflari bor?

  4. Ongsizlik nima?


61

II bob. SHAXS VA FAOLIYAT




  1. Shaxs psixologiyasi

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson psixologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi shaxsning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allo- malari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlari- ni ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan.

Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovi- da yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi. Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabat- larga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odam- lardan alohida yashay olmaydi.

Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv siste- masining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosi- da ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yosh- dagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qa- chonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijti- moiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana bosh- laydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret in- sondir. Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odam- lar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligi- ni vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib




62





topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birik- masidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlari- da, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayon- lariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolar- da namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.


«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individual- lik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga ku- laverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryo- dan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olma- gunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqt- ga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individu- allik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bi­lan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashi- ni taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turi- shi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.


63





Shaxsning tuzilishi. Psixologiyada ikkita omil — biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik struk- tura borligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik va ekzopsixik» tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik ho- latdir. Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari ka- bi psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifodalaydi. Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xu- susiyatlari, irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchan- lik kabi boshqa xislatlarni o‘z ichiga oladi.


Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bi­lan belgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini va uning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallar- ini, ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi shaxsining tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo‘ladi.

Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. Odam shaxs sifati­da doim qandaydir faoliyatda bo‘ladi va ana shu turli-tu- man faoliyatlarda shaxsning faolligi namoyon bo‘ladi. Shaxs- ning faolligi deganda biz odamning tevarak-atrofidagi tashqi muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunamiz. Tashqi muhit bi­lan faqat odamlargina emas, balki hayvonlar ham o‘zaro mu- nosabatda bo‘ladilar. Lekin bu munosabatlar o‘rtasida keskin farq mavjud. Hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga pas- siv ravishda moslashib yashaydilar. Ular o‘z hayot faoliyatlari- da tabiatdagi, ya’ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foy- dalanadilar. Odam esa, tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta’sir qilib, uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.

Odam shaxsining faolligi uning turli-tuman ehtiyojlari- da, qiziqishlarida, yo‘nalishida, dunyoqarash va ishonch- e’tiqodlarida namoyon bo‘ladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish