7-rasm. Gidro meduza, chuvalchang va asalarining nerv sistemasi.
47
Ana shu bosqichlardan so‘ng psixik taraqqiyotning eng yuk- sak formasi bo‘lgan inson ongi maydonga keldi.
Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar
Harakatning instinktiv shakli ana shunday muhitga mos- lashuvining alohida shakllaridandir. Biz ayrim organizmlar- ning hasharotlarning, qushlarning xatti-harakatlarini, qiliqla- rini kuzatadigan bo‘lsak, ularning harakatlari go‘yoki ongli harakatdek bo‘lib ko‘rinadi. Masalan: oddiy cho‘l chumolila- rining yoki termit deb ataluvchi chumolilarning «jamoa» bo‘lib yashashlari, qishga ovqat g‘amlashlari, asalarilarning kollek- tiv bo‘lib yashashlari, asal to‘plashlarini Karl Fon Frish tad- qiqotlarida ko‘rish mumkin. K. Frish asalarilarda bir-birlariga informatsiya, ya’ni ma’lumot berish qobiliyati borligini aniq- lagan.
Ma’lum bo‘lishicha, asalarilar qayerda ko‘proq shira (asal) borligi haqida bir-birlariga ma’lumot berar ekanlar, bunday ma’lumotlar qandaydir bir uslubda raqsga tushish orqa- li beriladi. Asalarilarning instinktlari nihoyatda murakkab bo‘lishidan qat’i nazar bunday harakatlarda ong yo‘qligi juda osonlik bilan isbot qilingan. Ishchi asalarilarning asosiy vazifasi gullardan shira yig‘ib, mumdan yasalgan indagi ka- taklarga solib to‘ldirishdan iborat. Asal bilan to‘ldirilgan ka- taklar yupqa qobiq bilan suvab berkitib qo‘yiladi. Agar asalarilar inining (kataklarning) tagi qirqib teshib qo‘yilsa, buni ular mutlaqo sezmaydi va bir necha oylar mobaynida tagi te- shik katakka shira olib kelib to‘kaveradi. Bunda nima sabab- dan katakning shiraga to‘lmayotganligini tekshirib ko‘rish na ishchi arining va na ona arining «xayoliga» kelmaydi. Mana shundan ko‘rinib turibdiki, asalarilarning tashqaridan go‘yo onglidek bo‘lib ko‘ringan murakkab instinktiv harakatlarida mutlaqo ong bo‘lmaydi.
Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A. Vagner (1849-1934) hasharotlar va qushlarning instinktiv harakatlarini o‘rganib, bunday harakatlarda tabiiy maqsadga muvofiqlik borligi- ni, lekin biron maqsadga qaratilgan ongning yo‘qligini eks- perimental faktlar asosida ko‘rsatib bergan. Masalan, oddiy
48
o‘rgimchaklar isdan to‘qilgan to‘rga o‘xshagan in yasab, is- ga pashsha yoki biron boshqa hasharot ilinishini bir chek- kada poylab o‘tiradilar. Isga pashsha qo‘ngach, is tebra- nadi. Shu ondayoq o‘rgimchak yugurib kelib, isga qo‘ngan pashshani is bilan o‘rab, qocha olmaydigan holatga keltira- di. V.A. Vagner bunday instinktiv harakatda mutlaqo ong yo‘qligini ko‘rsatish uchun shunday tajriba o‘tkazgan. Isdan to‘rsimon in qurib, pashshaning qo‘nishini poylab turgan o‘rgimchakning oldiga isni tebratmay, pashsha qo‘yib qo‘yilsa, o‘rgimchak bu tayyor pashshaga hech qanday reaksiya qil- magan. O‘rgimchakning instinktiv harakati uchun isning teb- ranishi (vibratsiyasi) zarur bo‘lgan. V.A. Vagner qushlar ustida ham juda ajoyib tajriba o‘tkazgan. Shimoliy muz okeanidagi orollarda millionlab qushlar bahor paytida in qurib, tuxumdan bola ochadilar. Gagarka qushining inidan tuxumini olib, sal naiiroqqa (xuddi tumshug‘ining tagiga) surib qo‘yib, tuxum- ning o‘rniga xuddi tuxumga o‘xshash oq tosh qo‘yib qo‘ygan. Gagarka qushi o‘zining tuxumiga (tumshug‘i ostidagi) qarab, toshni bosib yotavergan. Boshqa qo‘shni indagi qushlarning bolasi tuxumdan ochilib, katta bo‘lib qolgan. Ammo gagarka qushi hamon toshni bosib yotavergan.
Go‘yo ongli harakatlardek bo‘lib ko‘rinadigan bunday harakatlar ongli bo‘lmay, balki instinktiv harakatlardir. Instinktiv harakat deganda biz hayvonlarga tug‘ma yo‘l bilan (shartsiz reflekslar) va ularning tashqi olamga muvofiqlashu- vini ta’minlaydigan harakatlar shaklini tushunamiz. Instinkt tushunchasi psixologiyaga birinchi marta Ch. Darvin tomonidan kiritilgan bo‘lib, bizga hayvonlarning juda ko‘p murak- kab harakatlari va qiliqlarini ilmiy tarzda tushunish imkoni- ni beradi. Instinkt tushunchasining psixologik va fiziologik mexanizmlari mashhur rus fiziologi akademik I.P. Pavlov to- monidan tushuntirib berildi. Demak, hayvonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |