Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Qiziqishlarning psixologik mohiyati



Download 2,28 Mb.
bet26/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Qiziqishlarning psixologik mohiyati

Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum daraja- da belgilab beradi.

Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet va hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydir faoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishi­ning emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qizi­qish yoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsi- yalar uyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qizi- qishning mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiyada qiziqish quyidagi tiplarga ajratiladi:

  1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.

  2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.

  3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.

  4. Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror.

Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi

bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyati- ga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni tutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini bildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivoj- lanishi va aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga qiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qizi­qishlar hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga


69





keladi. Bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish hamda maxsus treninglarda amalga oshirish muhimdir.






Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularning qizi- qishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator so- halarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlar- ning kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan darak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday de­gan edi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va oz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qizi- qishga ega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlari- ga, obyektlariga, hodisalarga o‘z maylini o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. Qiziqishlarning ba’zan beqarorligi katta yoshda­gi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ularda qiziqishlar ko‘pincha g‘oyat ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqt- ning o‘zida ular matematika, tarix, falsafa, logikaga qiziqish­lari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib, masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilan qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib turadigan qiziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqa- rishini ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga hamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi.


E’tiqod — shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda ya- shashga imkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi


70





mumkin: Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy nor- malarga, oilaga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qizi­qishlar har biri kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyo- qarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayot- gan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash, ya’ni tafakkur aynan musta- qillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod hamdir.


Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat his- siga bog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallar bo‘lib, ular shaxsni kelajakni bashorat qi­lish, ertangi kunini tasavvur qilish, uzoq va yaqinga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad- siz va rejasiz inson ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxsning real imkoniyat- lariga bog‘liqligi bilan xarakterlanib, ularning shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham muhim rol o‘ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegara- sidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongida mavjud bo‘lsada, lekin ular har doim ham amalga oshmaydi. Chunki, ularning paydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘lib, o‘sha ideal- lar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘smirning ideali otasi, u otasidek mash­hur va el suygan san’atkor bo‘lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajak- da erishib bo‘lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yen- gishga irodani safarbar qilishga yordam berishi tabiiy.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish