Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet25/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Motiv va motivatsiya

Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muay- yan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muay- yan ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odam­da o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq baja- rishga intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.

Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olis- roq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu singari eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa, uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa odamning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur prinsipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motiv- largagina amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda o‘z oldilaliga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu toifa odamlar katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan bo‘ladi. Olisni ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga o‘z faoliyatining bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bos- qich, pog‘ona sifatida qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlar- ni ishdan voz kechishga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsiz- liklar bunday kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.

Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tus- huntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushun-


67





chalari ishlatiladi. Motivatsiya — inson xulq-atvori, ularning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixo­logik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Motiv aniq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-at- vorga nisbatan turli moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni ba- jarish uchun moyillikni aniqlashda psixolog Kurt Levin ish olib borgan. Inson kayfiyatiga qarab har qanday harakat mo- tivlarini turlicha talqin qilish mumkin.


Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikki turi mavjud:

  • muvaffaqiyatga erishish motivi;

  • muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.

Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi mo- tivga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa eri­shish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay tulib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladi- lar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlaridan — tanish-bilishlar, mablag‘lar kabi omillardan ham foydalanadilar.

Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan shaxslarda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shu- ning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqi- yatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ish- ni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunla- gandan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlik- ka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar mu­vaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan


68





talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillari- ning talablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishona- di, ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish