Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Inson ehtiyojlarining qondirilishi



Download 2,28 Mb.
bet24/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Inson ehtiyojlarining qondirilishi

Jonli mavjudot hayot kechirishning yaqqol shart-sharoitlari- ga qaramligini ifoda etuvchi va mazkur sharoitlarga nisbatan


64





faolligini namoyon qiluvchi holat ehtiyoj deb ataladi. Odam­ning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakl- lanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma, malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Odam boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqi­yot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zarurat talabiga binoan qayta o‘zgartirishga, takomil- lashtirishga qodir ongli zotdir. Shu bois odamning o‘z ehtiyoj- larini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bi­lan o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslan- gan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.


Ehtiyojlar ijtimoiy va shaxsiy xarakterga ega:

  1. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy mehnat mah- sulidan foydalaniladi (mas. non yeyish uchun mehnat qilish kerak).

  2. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy muhitda tarkib topgan vosita va usullardan foydalaniladi (mas. ovqat pishirish uchun qozon, gaz va hokazolar kerak).

  3. Shaxsiy ehtiyojlar o‘ziga mansub guruhning ehtiyojlari- dan kelib chiqadi (mas. ma’ruzachi guruhga kerak ma’ruzani tayyorlab keladi).

Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Biologik ehtiyojlar. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayoti- ni saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoit- larga tortilganlik, tobelik aks etadi. Shuningdek, tabiiy ehtiyoj- lar tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish ham kiradi. Tabi- iy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, oqibatda in­son halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyati- ni xavf ostida qoldiradi.

  2. Ijtimoiy ehtiyojlar bu madaniy, moddiy, ma’naviy, mehnat qilish, bilish, estetik ehtiyojlardir. Ehtiyojlar ikki gu-


65





ruhga bo‘linishiga qaramasdan shaxsdagi har qanday ehtiyoj­lar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo mu­nosabatlar xalakteriga bog‘liq bo‘ladi (kundalik ovqatlanish, to‘ydagi ovqatlanish).


Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuri- tilganda, uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlab- ki manbalari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Shu bois madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarni qondiruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishi- lar bilan bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usul- lari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy tur- mush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi.

Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z xususiyatiga ko‘ra mod­diy va ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruv- chi mexanizmlar manbai ham turlicha ekanligi e’tirof eti- ladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondi­rish bilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishi moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy ada- biyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va teatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yu- zaga keltiradi.

Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni- ni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar tur- mush tajribasining ortishi, bilim saviyasining kengayishi, max-


66





sus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabatining o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora kamolga yet- gan sayin uning oldida yangicha talablar ko‘ndalang qo‘yiladi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mo- hiyat jihatidan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarini vujud- ga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega vositalar- ni taqozo etadi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish