Sakrashning har xil turlari mavjud
1.
Turgan joyida sakrash.
2.
Yurib turib sakrash.
3.
Turgan joydan oldinga sakrash.
4.
Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash.
5.
Tepadan pastga qarab yoki chuqurlikka sakrash va bosh-
qalar.
Sakrash turlaridan biri hisoblangan arqoncha bilan o‘ynab
sakrash keng tarqalgan.
Sakrash to‘rt bosqichdan iborat
1.
Tayyorlov bosqichi – dastlabki holatda turish yoki yu-
gurib kelish.
2.
Asosiy bosqich – depsinish.
3.
Parvoz etish.
4.
Oxirgi bosqich – yerga tushish.
Turgan joydan sakrashdagi tayyorgarlik bosqichi
quyidagicha bo‘ladi: cho‘qqayib, gavda umumiy og‘irlik
markazi pasaytiriladi, qo‘llar juda kuchli siltash maqsadida
orqaga uzatiladi, oyoq muskullari keyingi bosqichda yaxshi
qisqarishi uchun cho‘ziladi.
Yugurib kelib sakrashda – tezlanuvchan yugurish, bir oyoq
bilan tiralib itarilish metodi qo‘llaniladi.
Asosiy bosqich itarilish va parvozdir. Itarilish parvozning
dastlabki tezligi va to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlaydigan yozuvchi
muskullarning kuchli qisqarishi bilan bog‘liqdir; parvoz
89
ko‘tarilish va yerga tushishga tayyorlanishda gavdaga kerakli
holat baxsh etadi.
Yakunlovchi bosqich – yerga tushish parvozning
keskin chayqalmasdan va zarbsiz tugallanishidadir. Bunda
muvozanatni saqlash uchun barcha harakatlar koordinatsiyasi
zarur.
Turgan joyidan (100 sm dan kam emas) va yugurib kelib
(180–190 sm dan kam emas), uzunlikka sakrashda ikkala
oyoqda, oyoq uchidan butun kaftga o‘tib yerga tushiladi.
Turgan joyidan (ip, uncha katta bo‘lmagan kubik ustidan)
va yugurib kelib (50 sm dan kam bo‘lmagan) balandlikka
sakrashda avval oyoq uchida qo‘nilib so‘ng oyoq kafti to‘liq
bosiladi, bu oyoq kaftining amortizatsiya rolini o‘ynashiga
imkon beradi.
Chuqurlikka sakrashda (sakrab tushishda) avval oyoq
uchida tushiladi, so‘ng oyoq to‘la bosiladi.
Yarim bukilgan oyoqlarda yumshoq tushish itarilish kuchi
harakatini bo‘g‘indan bo‘g‘inga asta-sekin o‘tishini ta’minlaydi,
ichki organlar va bosh miyani chayqalishdan, shuningdek, oyoq
tagini qotib qolishdan saqlaydi. Tizimli mashqlar jarayonida
bo- lalarda asta-sekin zarur harakat koordinatsiyasi shakllana
boradi. Bunda propritseptiv sezish, vestibular apparat, ko‘rish
bilan bog‘liq shartli reflektorli harakat reaksiyalari muhim rol
o‘ynaydi. Sakrashlar bosh miya po‘stlog‘i rivojlanganligining
muayyan darajasini oyoq va qo‘l suyaklarining mustahkamligini,
qayishqoqligi va ko‘z mo‘ljalini talab qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan
barcha sifatlarning rivojlanishi mashqlar jarayonida kechadi:
ular miya po‘stlog‘ining harakat markazlarini chiniqtiradi,
ular funksiyasini va shu asnoda harakatlarni idora qilish
qobiliyatini yaxshilaydi.
Sakrash ko‘nikmasining rivojlanishi u to‘la shakllanmas-
dan oldin boshlanadi: bolalar bir yoshda kattalar ko‘magida ikki
oyoqda yerdan ajralmasdan ritmik tarzda cho‘qqaya boshlaydi-
lar, so‘ngra ritmik sakray boshlaydilar. 2 yoshga yetganda
bolalar turgan joylarida mustaqil cho‘qqayib o‘tirish, prujinasi-
mon harakatlar qilish, yerdan oyog‘ini biroz uzib yengil sakrash
90
malakalarini egallaydi. Bolalar chuqurlikka sakrash (sakrab tu
shish) va turgan joyidan uzunlikka sakrash (polda yotgan ikki
ip yoki ikki chiziq osha sakrash) ni balandlikka sakrashdan
ko‘ra osonroq bajaradilar.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kamdan kam to‘g‘ri sakraydi-
lar. Buning uchun ularda hali zarur koordinatsiya, muvozanat-
ni saqlash, tayanch-harakat apparatlarining tayyorgarligi (suy
ak-muskul tizimi va paylar yaxshi rivojlanmagan, tovon gum-
bazi to‘la shakllanmagan bo‘ladi) bo‘lmaydi va shuning uchun
prujinasimon xususiyatlar yetishmaydi.
Tizimli mashg‘ulotlar natijasida 2,5 yoshli bolalarning uch-
dan bir qismi turgan joyida oyoq uchida birmuncha aniq sakray
oladigan va 20 sm balandlikdan sakrab tusha oladigan bo‘ladi.
3 yoshga yetganda bu malakani bolalarning 90 % egallaydi,
biroq balandlikdan sakrashganda ularning barchasi oyoq kaftini
to‘la bosib tushadilar.
3
yoshga qadam qo‘ygan bolalar joyida turib uzunlikka
sakrash malakasini egallay olmaydilar. Agar bu harakatga
maxsus o‘rgatilsa, bolalar uni juda tez o‘zlashtiradilar. 2,5
yoshda bolalar turgan joyidan 10 sm dan 25 sm gacha, 3 yoshda
esa 25–40 sm uzunlikka sakraydilar.
Sakrashga o‘rganishda asosiy e’tibor yerga yumshoq tu-
shishga qaratiladi. Bolalarni kelajakda sakrash texnikasini egal
lashga tayyorlaydigan oddiy mashqlar asta-sekin joriy qilina
boshlanadi (dastlabki holatlarda oyoqlarni parallel qo‘yish,
oyoqni tizzadan bukish, “prujinasimon”, qo‘llarning erkin
harakati). Sakrash masofasi ham uzayadi (70 sm dan kam
bo‘lmaydi).
Keyinchalik bolalar olti yoshga qadam qo‘yganlarida turgan
joyidan va yugurib kelib uzunlikka (100 sm dan kam emas)
va balandlikka (30–40 sm) sakrash texnikasi elementlarini
o‘zlashtirib oladilar, qo‘l va oyoqlarini birmuncha muvofiq
harakatlantiradilar. Biroq itarilish vaziyati yetarli darajada
faol va keskin bo‘lmaydi. Sakrashga o‘rganishda yugurib
kelishga (u qadamlarning tezlashishi bilan toq sanoqda: 3–5–
7–9 da tugaydi), o‘z vaqtida va kuch bilan itarilishga, turgan
91
joyidan balandlikka sakrashdagi kabi yumshoq tushishga
e’tibor beriladi. Uzun, qisqa va aylanadigan arg‘amchilar bilan
bajariladigan mashqlar kiritiladi.
Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalar xilma-xil sakrash
texnikasini yetarli darajada egallagan bo‘ladilar. Ularda qo‘l
va oyoqlar harakatining yengilligi, ritmliligi, muvofiqligi
birmuncha kuchli itarilish, parvoz uzoqligining ortishi, yerga
tushishining yumshoqligi kuzatiladi.
Sakrashni takomillashtirish uchun qisqa, uzun va aylan-
tiriladigan arg‘amchilar bilan bajariladigan mashqlar, bir oyoqda
navbati bilan sakrashlar, oyoqlarni to‘g‘ri va chalishtirilgan
holda yengil sakrashlar, polga qator qilib predmetlardan sakrab
o‘tish mashqlari; burilib va qo‘llarni turlicha harakatlantirib
bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga yon tomonlarga siljib
sakrash va boshqalar tavsiya etiladi.
Arg‘amchi bilan sakrash mashqlarini bajarish vaqtida
bolalarda harakatlarni moslashtirish qobiliyati takomillashadi,
chunki arg‘amchi bilan sakrash vaqtida qo‘l va oyoq harakatlarini
aniq muvofiqlashtirib borish, bir maromda sakrash, aylanib
turgan arg‘amchining yo‘nalishi hamda tezligi, sur’atiga
muvofiq ravishda harakat qilish talab qilinadi. Arg‘amchi bilan
sakrash mashqlari xilma-xil bo‘lib hayajon bilan bajariladi.
Arg‘amchida sakrashni oldinga qarab sakrashdan boshlab
o‘rgatiladi. Sakrashni turgan joyda, oldinga qarab yurish va
yugurishdan keyin esa orqaga qarab sakrash, yonga qarab
sakrash, diagonal yo‘nalishda sakrashlar. Arg‘amchi bilan
sakrashlar bayramlarda bolalarni gimnastik chiqishlari vaqtida
bunday mashqlardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |