Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Asosiy harakatlar, deb nimaga aytiladi?
2. 
Asosiy harakatlarning ahamiyati nimada?
3. 
Asosiy harakatlar qanday turlarga bo‘linadi?
2-§. Yurish mashqlarining turlari va ularni  
o‘tkazish metodlari
Yurish kishining siklik harakatiga mansub tabiiy siljish me- 
todlaridan biridir.
Aniq teri-muskul sezgilari, birinchi signal qo‘zqatuvchilari 
harakatning bevosita regulatori hisoblanadi. Har bir qadam 
tashlash paytida, ya’ni ikkala oyoq polga tekkanda muayyan 
vaziyat mavjud, bu oyoqni poldan uzib ikkinchisini qo‘yishga 
signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ikkala oyoq harakatini vaqt va 
fazoda to‘g‘ri almashtirib turishni boshqaruvchi signaldir.
To‘g‘ri yurish ko‘nikmasini shakllantiruvchi mashqlar-
ning vazifasi bolada to‘g‘ri qomat, olg‘a qadam tashlash, gavda 
muvozanitini saqlashga, tovon gumbazining shakllanishiga yor- 
dam beruvchi qo‘l va oyoq harakatlari uyg‘unligini tarbiyalash- 
dan iboratdir.
Oddiy olg‘a yurishda yerga oyoq tovoni bilan qo‘yiladi, 
so‘ng esa, gavda og‘irlik markazi oldinga ko‘chirilsa, og‘irlik 
tovondan asta-sekin oyoq uchiga o‘tadi. Bola yurganda 


81
ko‘krak holatini kuzatib borish zarur: u oldinga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi lozim; shuningdek, uning pastki qismidagi nafas olish 
harakatlariga xalaqit beruvchi to‘siqlarni bartaraf etmoq lozim. 
Bosh bunda oldinda turishi kerak, chunki bu holat to‘g‘ri 
nafas olishga yordam beradi. Yurishdagi jismoniy yuklama 
uning sur’ati va bunda sarf bo‘ladigan kuchga bog‘liq bo‘ladi. 
Yurishning odatdagi o‘rtacha, tetik sur’ati katta miqdordagi 
muskullarni faoliyatga jalb etadi va yurak-qon tomir hamda 
nafas olish tizimi faoliyatini kuchaytiradi, shu asosida 
modda almashinishining oshishiga yordam beradi. Yurish 
muskullarning faol ishlashiga qaramasdan muayyan miqdorlash 
sharoitida bolani toliqtirmaydi. Bu yurishning ritmikligi 
va avtomatizmi, muskullar ishida qisqarish va bo‘shashish 
vaziyatlarining almashinib turishi, asab tizimining optimal ishi 
bilan izohlanadi: bu vaqtda o‘ng oyoq ishlaydi va gavdaning 
butun og‘irligini ko‘tarib turadi, chap oyoq esa yerdan uzilib, 
mayatnik taxlit harakat qiladi va uning ishidagi ishtiroki kam 
bo‘ladi.
Sekinlashtirilgan sur’atda yuzaga keladigan osoyishta 
yurish faol harakatlar – yugurish, sakrash va hokazolardan 
keyin jismoniy yuklamaning asta-sekin pasayishiga yordam 
beradi, tezlashgan pulsni normal holatga keltiradi.
Bola o‘z hayotining birinchi yili oxirida yurishga o‘rgana 
boshlaydi. Bu yoshda va ikkinchi yoshda undagi harakatlar 
avtomatizmi va koordinatsiyasi hali yaxshi rivojlanmagan 
bo‘ladi. Dastlab bola oyoqlarini keng yozgan holda yuradi: 
qo‘llarini yon tomonlarga, yuqoriga va oldinga uzatgan holda 
o‘z muvozanatini saqlaydi. Bu harakatlar muvozanatni saqlash 
bilan bog‘liqdir: tik turganda bola gavdasining og‘irlik markazi 
kattalarnikiga nisbatan yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi, 
shuning uchun ham u osongina yiqiladi. Bola qadam tashlar 
ekan oyoqlarini to‘liq rostlay olmaydi (ular biroz tizzalardan va 
chanoqson bo‘g‘imlaridan bukilgan bo‘ladi). Oyoqlarni parallel 
yoki uchini ichkariga qaratib qo‘yadi. Bola yurayotib qadamini 
tovondan oyoq uchiga o‘tkazmasdan qo‘yadi, boshqacha 
aytganda, oyog‘ini yerdan to‘la uzadi. Ko‘pchilik bolalar 


82
yurganda yon tomonlarga tebranadilar, qo‘llarini gavdalariga 
yopishtiradilar yoki faqat bir qo‘l bilan harakatlanadilar, 
oyoqlarini poldan to‘liq uza olmaydilar (sudraydilar).
Bolalarda harakatlar sur’atining notekisligini ko‘ramiz: ular 
gohida tez yurib, deyarli chopib ketadilar, gohida qadamlarini 
sekinlatadilar. Bola ikki yoshga qadam qo‘yganida o‘zi uchun 
qulay bo‘lgan sur’atda yuradi. Uch yoshga qadam qo‘yganda 
barcha bolalarda oyoq va qo‘l harakatlarining uyg‘unligini 
ko‘ramiz; bolalar yurganda yo‘nalishga rioya qiladilar, 
yurishdan yugurishga o‘tadilar. To‘rt yoshga qadam qo‘ygan 
bolada yurishni shakllantirishning asosiy sharti maqsadga 
yo‘nalgan ta’limdir. Bu bolalar tomonidan yaxlit mashqlar 
metodi bilan to‘g‘ri yurish usullarini o‘rganish orqali o‘ziga 
xos o‘yin formasida amalga oshiriladi.
Bola besh yoshga qadam qo‘yganda (ayniqsa ikkinchi 
yarmida)  ta’lim  jarayonida  asta-sekin  to‘g‘ri  qomat,  qo‘l  va 
oyoqlarni bemalol idora qilish, fazoni, yo‘nalish o‘zgarishini 
erkin mo‘ljalga olish ko‘nikmasini egallay boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda harakatlar sifatiga juda katta talablar qo‘yadi. Odatdagi 
to‘g‘ri yurish quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: gavda tik 
holatda tutiladi, yelkalar kerilgan, qorin chiqarilmaydi, bosh 
biroz ko‘tarilgan (yo‘lni ko‘rish nazorati oyoq ostidan 2–3 
metr) bo‘ladi. Nafas ritmik holda burun yoki og‘iz orqali bir 
tekis olinadi. Barcha qadamlar bir xil, muayyan yo‘nalish va 
ritmda tashlanadi, qo‘l va oyoq harakatlari koordinatsiyasi 
to‘g‘ri bo‘ladi.
Avvalgi yosh guruhlarida egallangan yurish ko‘nikmalari 
mustahkamlanadi va takomillashtiriladi; tovonda yurishni oyoq 
uchida yurish bilan oyoqni yon tomonlari bilan yurishni ichki 
tomonlarida yurish bilan almashinib turadi va hokazo. Barcha 
bolalar endi boshlovchi bo‘la oladilar va fazoda tarbiyachi 
topshirig‘iga binoan va mustaqil mo‘ljal ola biladilar.
Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalarning yurishi birmuncha 
barqarorligi va sur’atining sekinligi, qadamining kattaligi bilan 
xarakterlanadi.


83
Tarbiyachi har bir bolaning qomatini tutishiga, oyoq 
va  qo‘l koordinatsiyasiga, nafas olishni idora etishga rioya 
qilayotganligiga (3 qadamda chuqur nafas olinadi; 4 qadam 
yurib  uzoq  nafas  chiqariladi),  dadil,  bir  tekis  yurish  odatiga, 
uni o‘zgartirish malakasiga (tizzalarni bukmasligi, cho‘qqayib 
tizzalarni baland ko‘tarib, katta qadam tashlab tovonlarda 
yurish va hokazo) e’tibor berib boradi.
Yurishni takomillashtirish, shuningdek, yassitovonlikning 
oldini olish maqsadida qator maxsus mashqlardan foydalaniladi. 
Oyoq uchida yurish kichraytirilgan tayanch maydonchasida 
bajariladi va boldir hamda oyoq yuzasi muskullarining 
zo‘riqishini talab etadi va shu asnoda tovon gumbazini 
mustahkamlaydi. Bunday mashq kichik qadam tashlab 
qo‘llarini kamroq siltab yurishni taqozo etadi va umurtqa 
pog‘onasini to‘g‘irlashga yordam beradi. Oyoqning tashqi 
tomoni  bilan  yurish  (“Maymoqoyoq  ayiq”).  Yarim  bukilgan 
oyoqlarda munkayib yurish. Qovurg‘asimon narvonchaga oyoq 
barmoqlari bilan uning qirralarini ushlab oyoqyalang yurish. 
Tovondan oyoq uchida yurishga o‘tib harakat qilish.
Katta yoshda orqa, qorin va oyoq muskullarini mustahkam- 
laydigan, qo‘llarini kuchli siltashni talab qiladigan va yelka ka- 
marining rivojlanishiga, bog‘lovchi va bo‘g‘im apparatlarini 
mustahkamlashga yordam beradigan sonlarni baland ko‘tarib 
yurish qo‘llaniladi; epchillikni rivojlantiruvchi oyoqlarni 
chalishtirib yurish; oyoqlarni yonma-yon qo‘yib yurish 
qo‘llaniladi.
Bolalarga fazoda mo‘ljal olish, sur’atni, yo‘nalishni o‘zgar- 
tirish, predmetlararo turli saflanishga oid signallar bo‘yicha turli 
topshiriqli yurish; kichraytirilgan tayanch maydonida asta-sekin 
yuqoriga ko‘tarilib, shuningdek, turli balandlikda (ko‘prikcha, 
taxta, xoda) yurish. Bu muvozanat saqlash hissi, chidamlilik, 
ixchamlik, chaqqonlik harakatini tejash kabi xislatlarni tarbiya- 
laydi. Oyoq uchida bajariladigan, qo‘lni erkin siltab yuriladigan 
gimnastika yurishi ham qo‘llaniladi. Bunday yurish yelka 
kamari, qorin, oyoqlar, tovon muskullarini mustahkamlaydi.


84
Yetti yoshli bolalarga oqilona rahbarlik qilinganda yaxshi 
va erkin shug‘ullanadilar, to‘g‘ri qomatga, harakatlar koordina- 
tsiyasiga ega bo‘ladilar, turli sharoitlarga kirishib ketadilar va 
shuning uchun ham yurishning turli metodlaridan foydalana ola- 
dilar, uning texnikasini o‘zlashtirib oladilar. Yurishni takomil- 
lashtirish maqsadida ularga birmuncha murakkab mashqlar 
beriladi: cho‘qqayib yurish – oyoqlar tizzalardan bukilgan 
bo‘ladi, qadam tashlaganda oyoq uchidan tovonga o‘tiladi, 
so‘ng oyoq uchiga o‘tilib, yuzaga tiralib itariladi. Hamla qilib 
yurish – tizzadan bukilgan oyoq oldinga uzatiladi, yerga to‘la 
bosiladi va qadam tashlanganda rostlanadi; ikkinchi – orqada 
oyoq uchida turgan o‘ng oyoq bilan siltalanadi, qo‘llar erkin 
tutiladi. Bundan tashqari yetti yoshli bolalar ko‘zlarini yumib 
(qisqa qadam tashlab), orqa bilan oldinga (bu mashqlar paytida 
bola  xavfsizligini  ta’minlash  zarur)  yurishni  mashq  qiladilar. 
Yurishni mashq qilish dinamik streotipning hosil bo‘lishiga 
yordam beradi. Bu esa yurish vaqtida qomatni va qadam 
tashlashni belgilaydi.
Yurishni takomillashtirish maktabgacha bo‘lgan butun bo- 
lalik davri mobaynida davom ettiriladi. Yoshi ortib borishi bilan 
yurish ko‘nikmasini o‘zlashtirishning faqat sifat ko‘rsatkichi 
emas, balki miqdor ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi: 4 yoshli 
bolalarda qadam uzunligi 39–40 sm dan 7 yoshga yetguncha 51 
– 53 sm gacha uzayadi, shunga muvofiq qadamlar soni minutiga 
170–180 tadan 150 tagacha kamayadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish