Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nafas olish. Bolada ko‘krak qafasi tuzilishidagi mavjud 
yosh xususiyatlari asorati (qovurg‘aning biroz og‘ishi yuqorida 
turuv-  chi  diafragma)  tufayli  nafas  olish  chuqur  bo‘lmaydi. 
Jismoniy mashqlar ko‘krak qafasi harakatchanligining 
kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o‘pkaning 
hayotiy ko‘lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan 
to‘yinishiga yordam beradi. Ular yurak-qon tomir tizimi 
faoliyatini takomillashtiradi, organizmning energiya bilan 
ta’minlanishini kuchaytiradi va shu asnoda uning ish qobiliyatini 
oshiradi. Shuning uchun bolaning to‘g‘ri nafas olishi barcha 
mashqlarni bajarishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarni harakat 
fazasini nafas olish fazasi bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borish 
va shu asnoda nafas olish apparati ishini takomillashtirishga 
o‘rgatish lozim.
Bolalar bog‘chasi tarbiyachisi turli mashqlardagi to‘g‘ri 
nafas olish va nafas chiqarish paytlarini aniq tasavvur qilishi 
shart. Yelka kamari muskullarini rivojlantirish mashqlaridagi 
nafas olish qo‘llarini yon tomonga, orqaga uzatgan, yelkadan 
kengroq qilib yuqoriga ko‘targan chog‘dagi ko‘krak qafasining 
kengayishiga to‘g‘ri keladi; nafas chiqarish esa ko‘krak 
qafasining qo‘llarni pastga tushirgan, oldinga o‘tkazib chapak 
chalgan holdagi qisqarishi bilan bog‘liqdar.
Oyoq va qorin muskullarini mustahkamlovchi mashqlarda 
nafas olish – oyoqlarni rostlash, nafas chiqarish esa ularni 
tizzadan bukish, cho‘qqayish paytida kechadi.
Gavdaga mo‘ljallangan, orqa muskullarini va umurtqa 
egiluvchanligini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish 
oldinga engashib, rostlangan choqqa to‘g‘ri keladi, nafas 
chiqarish esa gavdani oldinga-pastga engashtirishga to‘g‘ri 
keladi; yon tomonlarga engashishlarda nafas olish bir tomonga, 
masalan,  o‘ngga  engashganda,  boshqa  tomonga  (chapga) 


106
engashganda nafas chiqarishga to‘g‘ri keladi yoki bir tomonga 
engashganda nafas chiqariladi, rostlanganda nafas olinadi.
Gavdani to‘la burganda bir tomonga burilish chog‘ida 
nafas olinadi, ikkinchi tomonga burilib, nafas chiqariladi 
(navbati bilan har tomonga). Yarim burilishlarda nafas olish bir 
tomonga burilgan paytga to‘g‘ri keladi, nafas chiqarish esa tik 
to‘g‘ri turgan holatga to‘g‘ri keladi, xuddi shuning o‘zi boshqa 
tomonga burilganda amalga oshiriladi.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarni burundan nafas 
olishga o‘rgatish lozim. Bu o‘pkaga havoning bir tekis kirib turi- 
shini ta’minlaydi, bundan tashqari havo burundan o‘tayotganda 
iliydi va tozalanadi.
Jismoniy mashqlarni muntazam qo‘llash zarur shartli reflek- 
torli aloqalarning hosil qilinishiga yordam beradi va bolalarda 
asta-sekin ritmik nafas olish stereotipi tarkib topadi.
Bolalarga qo‘yiladigan talablarni murakkablashtirish. Ikki 
yoshli bolalarni harakatlarga o‘rgatishda murakkab bo‘lmagan 
mashqlardan foydalaniladi.
Bunda kichkintoylarda harakat koordinatsiyasining 
yetarlicha rivojlanmaganligi va ularning harakat aktini bo‘la 
olmasliklari hisobga olinadi. O‘yin usullari, emotsional-obrazli 
mashqlarni qo‘llash, bolalarning “Qushcha”, “Shaqildoq” va 
shu tipdagi harakatlarni tarbiyachi bilan bir vaqtda bajarishlari 
juda samarali bo‘ladi.

yoshli bolalar bir qadar harakat tajribasiga ega bo‘ladilar, 
tushuntirishlarni tinglay oladilar, harakatlarni kuzata oladilar, 
ularni yetarlicha to‘g‘ri idrok qila oladilar. Bu esa mashqlar 
hajmini oshirishga, ularni xilma-xilligiga, mashqlarni aniq ba- 
jarishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga imkon beradi.

yoshli bola yetarli barqaror diqqatga ega bo‘ladi, 
harakatlarni bajarishga oid talablarni tushunadi, mustaqillikka 
intiladi, o‘z harakatlarining natijalari bilan qiziqadi. Ana shu 
o‘zgarishlarni hisobga olib, mashqlarni murakkablashtirish, 
yuklamani oshirish, qaddi-qomatni tutishga katta talablar 
qo‘yish, ta’limning ko‘rgazmali va og‘zaki usullaridan 
foydalanish to‘la mustaqil harakat qilishga imkon berish 
mumkin.


107

yoshli bolalarda aniqlik, koordinatsiya, harakatlarda 
ishonchlilik hosil qilingan bo‘ladi. O‘quv vazifalarini tushunish, 
harakatlarni yaxshi sifat bilan bajarishga intilish qaddi-
qomatga aniqlik, harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga, 
mustaqillikka qo‘yiladigan talablarni oshirish imkonini beradi.

yoshli bolalar yaxshi qaddiqomatga, harakat ko‘nik- 
malarining katta zaxirasiga, o‘z-o‘zini nazorat qilish va 
harakat sifatini baholash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular 
og‘zaki ko‘rsatmaga to‘g‘ri amal qiladilar, harakatlarni aniq, 
ishonch bilan bajaradilar, bajarish jarayonini fazo atamalaridan 
foydalangan holda tushuntiradilar (“Bayroqchalarni yuqoriga 
ko‘tarish, shundan so‘ng ularni o‘ngga, pastga uzatish, yana 
yuqoriga ko‘tarish va chapga, pastga uzatish kerak”). Bolalar 
ijodiy topshiriqlarni emotsional idrok etadilar: harakatlarni 
o‘zgartiradilar, turlicha kombinatsiyalaydilar, yangilarini 
o‘ylab topadilar.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar nihoyatda xilma-xil. Ular 
bolalar tomonidan buyumlar yordamida va buyumlarsiz ham ba 
jariladi. Bunday mashqlar faqat poldagina emas, balki maxsus 
gimnastik asboblarda ham bajariladi (masalan, yerdagi va devor 
narvonchalarida, taxtalar ustida).

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish