3-§. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan
umumrivojlantiruvchi mashqlar
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda jismoniy
buyumlar bilan bajariladigan mashqlar keng qo‘llaniladi. Jis-
moniy inventarlar orasida turli kattalikdagi koptoklar, cham-
baraklar, arg‘amchilar, tayoqchalar, bayroqchalar, kubiklar
va boshqa shu singari anjomlar ko‘proq ishlatiladi. Chiroyli
rang berib tayyorlangan inventarlardan foydalanish bolalarni
gimnastika mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi,
ularning emotsional tarbiyasiga ham yaxshi ta’sir qiladi.
Mashqlarni jismoniy buyumlar bilan bajarish ularning
ijrosini qulaylashtiradi, mashqlarni aniqlashtiradi va ularni
bajarishga qo‘yiladigan talablarni ancha ko‘rgazmali bo‘lishini
ta’minlaydi, bolalar inventarlar bilan mashq bajayotganlarida
110
tarbiyachi harakatlarini to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi ham
oson bo‘ladi.
Bolalar buyumlar bilan mashq bajarganda o‘z harakatlarini
o‘zlari nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Inventarlar yordamida shunday mashqlar bajaradilarki, bu
inventarlarsiz umuman ularni bajarib bo‘lmaydi: tayoqchadan,
narvonchadan sakrab o‘tish, chambarak ichidan va boshqalar
shular jumlasidandir.
Inventarlarda uning holati va yuqoriga (yuqoriga, pastga,
oldinga, va boshqa tomonlarga) yo‘nalishi inventarsiz bajaril-
gan umumiy rivojlanish mashqlaridagi ana shunday holatlar va
harakatlarga to‘la muvofiq keladi.
Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar umumrivojlan-
tiruvchi mashqlar ichida eng oddiylari hisoblanadi. Bay-
roqchalar yordamida bajariladigan barcha mashqlar inventar-
larsiz bajariladigan eng oddiy umumrivojlantiruvchi mashqlarda
bajariladigan harakatlarga asoslangan. Bayroqcha mavjudligi
harakat xususiyatini o‘zgartirmaydi, vazifani oshirmaydi, faqat
mashqlarni rang-barang qilib, harakatlarini ancha aniqlashtiradi,
ularga emotsional ruh bag‘ishlaydi. Shiqildoqlar, kubiklar bilan
bajariladigan mashqlar ham xuddi shunga o‘xshagan bo‘ladi.
Bular bilan quyi guruhlarda mashqlar o‘tkazish ko‘proq
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Koptok bilan turli mashqlar, jumladan; yumalatish, uloqti-
rish, ilib olish mashqlaridan tashqari yana umumrivojlantiruvchi
turkumdagi mashqlarni bajarish mumkin. Masalan; engashish,
burilish, cho‘qqayib o‘tirish va boshqa ana shunday mashqlar
hisoblanadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun turli kattaliklagi kop
toklardan foydalaniladi. Bunda oddiy koptoklardan tashqari
yana og‘irligi 1 kg dan ortiq bo‘lmagan ichi to‘ldirilgan kop-
toklar ham foydalanish uchun qulay bo‘ladi. Ichi to‘ldirilgan
koptoklarda xuddi oddiy koptoklar bilan o‘tkaziladigan
umumrivojlantiruvchi mashqlarga o‘xshagan mashqlar
o‘tkaziladi. Bunday og‘irlikdagi mashq o‘tkazilgan vaqtda
fiziologik vazifa ancha ortadi, muvofiqlashtirish, chaqqonlik va
kuch-quvvat rivojlanadi.
111
Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l va yelka mus-
kullari faoliyatini kuchaytirish, engashish, burilish va qadam
tashlash vaqtida harakat miqyosini ko‘paytrish uchun xizmat
qiladi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l harakat-
lari yo‘nalishi (yuqoriga, oldinga va boshqa tomonlarga bo‘lgan
yo‘nalish)ni aniq egallab olishga yordam beradi, qo‘lni harakat-
lari hamda gavdaga va polga nisbatan oldinga uzatilganda polga
bo‘lishini, yelkaga nisbatan gavda bo‘ylab uzatilishini va hoka-
zolarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.
Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar, inventarlar bilan
bajariladigan mashqlar ichida eng murakkablari hisoblanadi.
Bu shu bilan izohlanadiki, tayoqchalar bilan bajariladigan
mashqlarda oyoq va qo‘llarning muayyan va aniq holatini
egallab turishi, muvozanat saqlay olishi tayoqchalarning esa
tarbiyachi ko‘rsatganidek to‘g‘ri yo‘nalish va holatda ishlata
bilish talab qilinadi. Buning uchun esa bolalardan anchagina
muskul harakatlarini namoyish etish, o‘z diqqat- e’tiborlarini bir
nuqtaga qaratish talab qilinadi. Tayoqchalar bilan bajariladigan
mashqlar eng oddiy harakatlar negiziga kiradi.
Individual tartibda qisqa tayoqchalar bilan o‘tkaziladigan
mashqlardan yana juft-juft bo‘lib bajariladigan ayrim mashqlar
ham mavjud. Uzun tayoqlar bilan guruh bo‘lib bajariladigan
mashqlar uyushtiriladi. Tayoqchalar yordamida guruh bo‘lib
bajariladigan mashqlar singari bolalarni jamoada ahillik
bilan birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar
bolalarga juda qiziqarli va foydali bo‘lib mashg‘ulotlarning
mazmunli o‘tilishiga yordam beradi, bolalarning faolligini
ancha oshirishni ta’minlaydi.
Chambarak yordami bilan bajaradigan mashqlar juda xil-
maxil harakatlarni amalga oshirish hamda ular bilan g‘oyat
qiziqarli o‘yinlar uyushtirish mumkin. Chambarakni yuma-
latish, mo‘ljalga tashlash, g‘ildiratish va boshqa mashqlar
bolalarda harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va mustaqil-
likni rivojlantirish uchun juda foydalidir. Ko‘pgina umumiy
rivojlantiruvchi mashqlar yelka va qo‘l harakatlari faoliyatini
oshirishga, burilish, engashish va boshqa mashqlarni bajarish
112
vaqtida harakat miqyosini ko‘paytirishga yordam beradi. Bu ji-
hozni doira shaklida ekanligi ba’zi bir o‘ziga xos harakatlarni,
masalan, ko‘proq barmoqdagi mayda muskullarni va yelkadagi
muskul guruhlarini rivojlantirish va mustahkamlash (chamba-
rakni qo‘lda turlicha aylantirish, uni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga
hamda polga qo‘yib aylantirish va hokazo) harakatlarni amalga
oshirish imkonini beradi.
Avval chambarakni eng oddiy holatlari va harakat
yo‘nalishlari (oldinga, yuqoriga, ko‘krakka va shu kabilar)
o‘rganiladi, keyin oddiy harakatlarni, gavdani turli harakatlarini
uncha murakkab bo‘lmagan kombinatsiyalar bilan bog‘liq olib
boriladi. Katta chambarak (diametri 1-1,5) bilan bir yo‘la 4
yoki besh bola jamoa bo‘lib mashq bajarishi mumkin.
Uzun arg‘amchi (15-20 m) bilan bajariladigan mashqlar
butun guruhda bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda engashish, tik
turish va boshqa mashqlarni, qo‘llarini bukish, yozish singari
harakatlarni, cho‘kkayib o‘tirish, qadamlab oshib o‘tish, sakrab
o‘tish va shunga o‘xshash mashqlarni tik turilgan, o‘tirilgan
va chalqancha yotilgan dastlabki holatdan boshlab bajarish
mumkin.
Uzun arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlarni tuzishda
inventarsiz bajariladigan hamda tayoqcha va chambaraklar
bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashqlarga
tayanish mumkin.
Qisqa (70-80 sm) arg‘amchi bilan barcha mashqlarni, shu
jumladan gimnastika tayoqchasi bilan bajarish tavsiya etilgan
mashqlarni ham bajarish mumkin.
Kalta arg‘amchi bilan bajariladigan bir qator maxsus
mashqlar mavjud. Ularning ba’zilari barmoq, tovon, to‘piq,
muskullarini rivojlantirish uchun juda foydalidir. Masalan, tik
turgan yoki o‘tirgan holda arg‘amchini ikki qavat, to‘rt qavat
qilish va yana asli holiga keltirish, arg‘amchini yumaloq yoki
uzunchoq qilib o‘rash va boshqalar. Polga tashlab qo‘yilgan
arg‘amchini oyoq barmoqlari bilan yig‘ishtirib olish, uni bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va yana oyoq yordamida uni
polga tekislab qo‘yish.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |