4-§. Kichik va o‘rta guruh bolalariga
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish
Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumiy rivojlantiruvchi
mashqlarini o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy hara-
katlar mayda buyum va o‘yinchoqlardan foydalanish katta aha-
miyatga ega bo‘ladi. Kichik guruhlar bilan o‘tkazilgan mash-
g‘ulotlardan foydalanadigan buyumlar soni shug‘ullanayotgan
bolalarning soniga barobar bo‘lishi kerak, aks holda, biror
bolaga bayroqcha yoki koptokcha yetmay qolsa, bola qattiq
xafa bo‘ladi va mashg‘ulotga qiziqmay qo‘yadi, yoki jahli
chiqib predmetni o‘rtog‘ini qo‘lidan tortib olishga urinadi.
Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng soddasi
bayroqchalar yordamida bajariladigan mashqlardir. Xilma-
xil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar
bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi.
Kichkintoylar bilan mashq o‘tkazish uchun sariq, yashil va ko‘k
singari asosiy rangdagi bayroqchalardan foydalanish tavsiya
etiladi.
Bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bayroqchalardan
tashqari shiqildoqlar, kichkina chambaraklar, kubiklar, o‘yin-
choqlar, tayoqchalar bilan ham bajaradilar.
Bu yoshdagi bolalarning o‘rtacha hajmdagi (18–20 sm) kop-
tok bilan harakat qilishlari qulay bo‘ladi. Koptok bilan bajarila-
digan mashg‘ulotlarning boshlanish qismida o‘tkazilgan bo‘lsa,
u holda bu mashqlardan keyin koptokni irg‘itish, ilib olish,
yumalatish, nishonga tushurish mashqini tashkil etish qulay
bo‘ladi va hokazo. Bunday hollarda mashg‘ulotning yakuniy
qismida koptok bilan bajariladigan harakatli o‘yin o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir. Bir mashg‘ulotda birnecha mashqni
qo‘shib o‘tkazilishi bolalar harakatini boyitadi, mashg‘ulotni
o‘tkazish va tashkil etishni yengillashtiradi, uning zichligini
oshiradi.
Bu yosh guruhda qo‘l, oyoq, gavda muskullarini mus-
tahkamlovchi, buyumsiz bajariladigan mashqlar hajmi biroz
ko‘paytiriladi.
114
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarganda bolalar erkin
va chuqur nafas olishlari, mashq harakatlarini to‘g‘ri nafas ol-
ish bilan qo‘shib olib borishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga qay
vaqtda nafas olib, qachon nafas chiqarish qulay ekanligini aytib
turadi. Masalan, oldinga engashish va undan keyin rostla- nish
harakati bo‘lsa, u holda nafas chiqarish engashish vaqtida, nafas
olish esa rostlanish, ya’ni bolaning ko‘krak qafasi ken- gaygan
vaqtida amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir. Bolalarga
qachon to‘g‘ri nafas olib, qachon to‘g‘ri nafas chiqarish
kerakligini yana bir marta mashg‘ulot jarayonida aniqlab olish
uchun bolalarga ayrim tovushlarni va tovush turkumini talaffuz
qilishni yoki “uf”, “uh”, “pastga” singari so‘zlarni aytish taklif
qilinishi mumkin.
Mashg‘ulotlarda ko‘pincha umumiy rivojlanish xususiyatiga
ega bo‘lgan mashqlar o‘tkaziladi. Bu mashqlarning har biri 4-6
martadan takrorlanadi.
O‘rta guruhda 5-6 umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega
mashqlar tanlanadi, ularning har biri 4-6 martadan takrorlanadi.
O‘rta guruhda inventarsiz bajariladigan umumrivoj-
lantiruvchi mashqlar hajmi ortib boradi. Lekin, baribir bu
mashqlarning kattagina qismi inventarlar bilan bajariladigan
harakatlarga asoslangan bo‘ladi. Ilgari, sanab o‘tilgan
jihozlardan tashqari, bunday mashqlarni bajarishda ko‘pgina
kichkina koptoklar, arqonchalar, tayoqchalar, chambaraklar va
ichi to‘ldirilgan to‘plar qo‘llaniladi.
O‘rta guruhdagi bolalar zarur jihozlarni mutlaqo mustaqil ra-
vishda olib keladilar. Har bir bola davradan chiqib shoshilmas-
dan chambarakni, koptokni va boshqa shunga o‘xshagan zarur
narsalarni oladida, yana o‘z joyiga borib turadi. Bunday vaqt-
larda jihozlarni bir kichik jamoa bolalari, keyin esa ikkinchi
kichik jamoa bolalari olishi qulaydir.
Ikkinchi yarim yillikda jihozlarni tarqatish ishiga kichik
jamoa boshliqlari ham jalb qilinadi. Mashqlarni bajarib
bo‘lgandan keyin, bolalar kolonna bo‘lib saflanib turadilarda
va buyumlar ni joyjoyiga qo‘yib o‘tadilar.
115
Tayoqlar va chambaraklar bilan bajariladigan mashqlar
o‘rta guruhda asosan ikkinchi yarim yillikda, bolalar mustaqil
saflanishni ancha bilib olganlaridan, hamda qo‘llarining asosiy
holati va harakatini yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin
uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘tkaziladi. Tayoq bilan
bajariladigan mashqlar ichida eng ahamiyatlilari qo‘loyoqni
yozish uchun uzatib, kerib qilinadigan harakatlar hisoblanadi.
O‘rta guruhda polda yotgan tayoqlardan hatlab o‘tish va aylanib
o‘tish mashqlaridan foydalanmaslik kerak.
Yurish vaqtida bolalar chambarakni o‘ng yoki chap qo‘llarida
osiltirib yoki yelkalariga osib ko‘taradilar. Chambarakni,
shuningdek, bir qo‘llab yuqoriga ko‘targan holda olib yurish
ham mumkin. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalardan chambarak
va tayoqning holatlari hamda harakat yo‘nalishlarida yuksak
darajadagi aniqlikka erishishni talab qilmaydi.
O‘rta guruhda uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar
keng tarqalgan. Uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar-
ni o‘rgatish vaqtida tarbiyachi ko‘pincha og‘zaki izohlash va
ko‘rsatma berib turish usulidan foydalanadi.
Oddiy koptoklardan tashqari og‘irligi 1 kgdan ortiq
bo‘lmagan to‘ldirma to‘plardan foydalanish ham mumkin.
Bunday mashqlar turli muskul guruhlarini qamrab oladigan
bo‘lishi lozim. O‘rta guruhda to‘ldirma to‘plarni bir joydan
ikkinchi joyga olib borish, yumalatish tashish, gavdani turli
tomonga engashtirish va burish tavsiya etiladi. To‘ldirma
to‘plarni bir-biriga irg‘itish, o‘ynash o‘rta guruhda
qo‘llanilmaydi.
Tarbiyachi bolalarning nafas olishini kuzatib boradi, nafasni
to‘la chiqarish zarurligini eslatib, buni qay vaqtda amalga oshi-
rilishini aytib turadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni reja-konspektini tuzish-
da quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1.
Mashqlarni tanlashda bolalar yoshini, ruhiy xususiyatla-
rini hisobga olish kerak.
2.
Mashqlarni tanlashda ko‘proq bolalarni qaddi-qomatini
to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan mashqlar bo‘lishi kerak.
116
3.
Kichik va o‘rta guruh bolalariga mashqlar tanlashda ular
taqlidiy xarakterga ega bo‘lishi lozim.
4.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar tanlashda bolalar gavda-
sining hamma qismlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
kerak: qo‘l va yelka-o‘mrov, oyoq va gavda muskullarini
mustah- kamlovchi mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |