Nazorat uchun savollar
1.
Muvozanatni saqlash qanday harakatlar turiga kiradi?
2.
Maktabgacha ta’lim muassasasida muvozanatni saqlash
bo‘yicha qanday turlardan foydalanish tavsiya etiladi?
6-§. Tirmashish va emaklash mashqlarini
o‘tkazish metodlari
Tirmashish ko‘p martalab takrorlashlar jarayonida hosil
qilinadigan murakkab shartli refleksdir. U muskullarning
katta qismini ishga jalb qiladi va shu asnoda bolaning butun
organizmi funksional faoliyatini kuchaytirishda, shuningdek,
to‘g‘ri qaddiqomatning shakllanishiga yordam beradi.
Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat
qisqarishi va bo‘shashishi bilan xarakterlanadi. Bu harakat
davomida sarflangan quvvatni tiklashga va jismoniy kuchni
uzoqroq muddat namoyon qilishga imkon beradi. Tirmashish
mashqlari harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, nafas
olish va qon aylanish funksiyasini takomillashtiradi, modda
almashinuvini oshiradi.
Tirmashish siklli harakatlar tipiga mansubdir. Tirmashib chi-
qish va tushish yugurishdagiga o‘xshash harakat elementlarining
qisqa muddatli takroriga egadir: narvon zinapoyasiga har bir
oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa tayanib turishda qo‘l
va oyoq navbatma-navbat harakatlantiriladi. Tirmashishda
sikllarning to‘xtovsiz takrorlanib turishi gimnastika devorining
balandligi bilan belgilanadi: 1–1,5–2 metr.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tirmashib chiqishning quyi-
dagi turlarini egallaydilar: emaklab o‘tish, oshib o‘tish, oradan
suqilib o‘tish, gorizontal va qiya tekislikda (polda, gimnastika
skameykasida) to‘rt oyoqlab emaklash, tik devor (gimnastika
devori), narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho‘pga tir-
mashib chiqish.
Bola 8–9 oyligida egallaydigan to‘rt oyoqlab emaklashda
tirmashishda bo‘lgani kabi orqa, qorin devori, oyoq va qo‘llar
95
muskullari mustahkamlanadi. Bundan tashqari emaklashda
oyoq, qo‘lga tayanish tufayli umurtqaga tushadigan og‘irlik
kamayadi, bu bolaning o‘sish davri uchun juda muhimdir.
Bunday mashqlar to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga
yordam beradi.
Bolalar dastlab qorin bilan, so‘ng to‘rt oyoqlab, kaft va tiz-
zalariga tayanib emaklaydilar. Tarbiyachi mashqlarni tobora
murakkablashtirib boradi – gorizontal va qiya holatdagi taxta-
da, so‘ng skameykada, xodada emaklashni taklif etadi. Bundan
tashqari darvozachalardan o‘tish, shnur, darvoza tagidan o‘tish,
xoda, skameykadan oshib o‘tishni mashq qiladilar. Bu mashqlar-
dan so‘ng umurtqani to‘g‘rilash (rostlash) maqsadida bolalarga
to‘pni otish va ilib olish, bayroqchani baland ko‘tarish va hoka-
zolar taklif etiladi.
Bola mustaqil harakat qila oladigan bo‘la olganda unga zich
va tik holatdagi balandligi 1 metrli narvonga tirmashib chiqish
topshiriladi.
Tirmashish bola hayotining ikkinchi yilida shakllanadi.
Tirmashish harakatlari tobora sikllilik kasb etadi, qo‘l va oyoq
harakatlarining amplitudasi va harakati aniqlanadi. Dastlab bu
ko‘rish anaS izatori, keyinchalik kinestetik analizatorlar bilan
idora qilinadi. Yonma-yon qadam qo‘yish avval aralash, so‘ng
esa navbatma-navbat tashlanadigan qadam bilan almashinadi.
Hatto qiya narvonga tirmashishga o‘rgatishda almashinadigan
qadamni ikki yoshli bolalarning faqat 20 %ida, 3 yoshlilarning
40 %ida shakllantirishga erishilgan, xolos. (M.Yu. Kistyakova
va Z.S. Uvarova).
Besh yoshda almashinuvchi qadam o‘z-o‘zidan o‘rgaSishsiz
paydo bo‘ladi. Bu turdagi qadamdan 6–6,5 yoshdagi bolalarning
ko‘pchiligi foydalanishi kuzatilgan. Biroq, 7,5 yoshli o‘g‘il
bolalarning 40 % va qiz bolalarning 47 % narvonga chiqish-
da va ayniqsa tushishda asosan qo‘shimcha qadamdan ko‘proq
foydalangan holda aralash qadamni qo‘llaydilar. Bunda oyoq
va qo‘llarning kesishma koordinatsiyasi yuzaga kelmaydi. Tir-
mashib chiqishda tezlikning juda o‘sishi 5–5,5 yoshda kuza-
tiladi, chunonchi, o‘g‘il bolalar tezroq tirmashib chiqa oladilar
96
va bu sifat ularda 7–7,5 yoshlarda yuqori darajaga yetadi. (A.D.
Udalov).
Maktabgacha yoshdagi kichik va katta bolalar uchun
emaklash va tirmashishni mashq qilish, bolalarda harakatlar
koordinatsiyasini tarbiyalaydi. Emaklash mashqlari qo‘llar
kuchini, yelkani va gavdani rivojlantirishda ancha qulaydir.
Bolalar bajonudil emaklaydilar va polda, skameykada, narvonda
va boshqa jihozlarda bajariladigan harakatlarni o‘zlashtirib
oladilar. Emaklash va emaklab o‘tish mashqlari ko‘pincha
boshqa harakatlar bilan birgalikda bajariladi. Masalan, bolalarga
parallel holda qo‘yilgan skameykadan emaklab o‘tish, tik turish,
aylanish va skameykalardan hatlab o‘tish, orqaga qaytish yoki
ikki yog‘och tortib qo‘yilgan arqon tagidan emaklab o‘tish,
tik turish, yugurib kelib xuddi shu arqon ustidan sakrab o‘tish
taklif qilinadi. Gimnastika skameykasi bo‘ylab emaklaganda
bolalar skameyka chetini ushlab harakat qiladilar. Qiya qilib
qo‘yilgan taxta ustidan harakat qilganda bolalar unga faqat
emaklab chiqish bilan kifoyalanib qolmasdan, undan yana
emaklab qaytib tushishlari ham kerak.
Katta va tayyorlov guruh bolalari tizimli ravishda o‘rgatib
borilganda, tirmashib chiqish mashqlarini tez bajara oladilar.
Masalan: bu yoshdagi bolalar bilan arqonga tirmashish mashqla-
rini o‘tkazganda, bola arqonga yaqin turib, ko‘tarilgan qo‘llari
bilan arqonni ushlaydi, so‘ngra qo‘llariga osilib, tizzalaridan
bukilgan oyoql arini yuqoriga tortadi va oyoq kaftlari bilan ar-
qonga tayanadi. Oyoqlarini rostlab, gavda yuqoriga ko‘tariladi,
tirsaklar bukiladi. Faqat shundan keyingina qo‘llarni navbati
bilan bosh uzra harakatlantirilgan arqondan yuqoriga ko‘tariladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga uzoq muddat osilib turish
tafsiya etilmaydi: bu muskullarning uzoq vaqt zo‘riqishiga,
bo‘g‘im va bo‘g‘imlarning juda erta cho‘zilishiga olib keladi,
asab tizimini toliqtiradi. Shunday bo‘lsa-da, 3 yoshdan boshlab
turli balandlikdagi turnik, gimnastika devorida 1–1,5 sekund
osilishdan foydalanish mumkin.
Tirmashib chiqish jarayonida topqirlik, botirlik, chaqqonlik
kabi irodaviy sifatlar tarbiyalanadi.
97
Tayyorlov guruhida gimnastika devorchasining yuqori
qismigacha chiqib, uning narigi tomoniga oshib o‘tishni ham
o‘rganadilar. Emaklash va tirmashib chiqish malakasi harakatli
o‘yinl arda takomillashtiriladi. Har kungi tirmashib chiqish
mashqlari bolada zarur hayotiy ko‘nikma hosil qiladi va hara-
katlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |