Nazorat uchun savollar
1.
Sakrash harakati qanday turdagi harakat va bola
organizmiga qanday ta’sir qiladi?
2.
Sakrash turlari nechta?
3.
Sakrash nechta bosqichni o‘z ichiga oladi?
4.
Necha yoshdan boshlab bolalar arg‘amchidan sakray
boshlaydi?
92
5-§. Muvozanatni saqlash mashqlarining tavsifi
Muvozanat saqlash hissi har qanday harakat va har qanday
holatni saqlab turishning zarur doimiy komponentidir. Muvo-
zanat saqlash hissining rivojlanishi kishi bosh miya po‘stlog‘i
funksiyasining takomillashuvi bilan aloqadorlikda, qo‘zg‘alish
va tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashuvida,
vestibulyar apparatning holati va o‘rin almashinuvidagi barcha
o‘zgarishlarni baholashga yordam beruvchi muskul hissi bilan
bog‘liqlikda asta- sekin kechadi.
Maktabgacha yosh davomida muvozanatni saqlash
funksiyalarini rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini
(o‘tirgan, tik tur- gan, emaklash, keyinchalik yurishda ham)
saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda gavdani
barqaror tuta olishga- cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Muvozanat saqlash funksiyalarini rivojlantirishda mashq
qilish, jumladan jismoniy tarbiyaning xilma-xil vositalaridan
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha
bo‘lgan bolalardagi statik va dinamik muvozanat yuzasidan olib
borilgan tadqiqotlar (T.I. Osokina) yosh o‘sgan sari muvozanat
saqlash funksiyalarini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning
yaxshilanib borishini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda eng faol rivojlanish
yoshda kechishi qayd etilgan.
Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vosi
tasi sifatida diqqatning to‘g‘ri rejalanganligini, harakatlar koor-
dinatsiyasini, muayyan sharoitlarda mo‘ljal olishni, ularga tez,
to‘g‘ri javob qila olishni, botirli va o‘z-o‘zini tuta bilishni talab
qiladi. Shuning uchun muvozanat saqlash mashqlari tez juda
harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash va hokazo
harakatlardan oldin o‘tkaziladi.
Muvozanat saqlash hissi kichraytirilgan tayanch
maydonidagi mashqlar jarayonida hosil qilinadi va tekshiriladi.
Bunda galdagi yiqilishdan saqlash, nojo‘ya harakatdan masalan,
ensiz taxtacha, reyka ustidan yurish, oyoq uchida yurish, bir
oyoqda turish, yugurishdan so‘ng to‘xtash va hokazolarda
o‘zini tiyish talab etiladi.
93
Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan joriy etiladi.
Ilk yoshdagi boladan parallel qo‘yilgan ikkita ip orasidagi
cheklangan fazo (20-25 sm masofa) dan o‘tishda diqqat,
muayyan harakat koordinatsiyasi, iroda kuchi, yo‘nalishga rioya
qilish talab etiladi. Keyinchalik mashqlar murakkablashtiriladi:
bolalarga poldan 15-20 sm ko‘tarilgan taxta ustidan, qiya qilib
qo‘yilgan taxtadan yurish, skameykaga qo‘yilgan predmetlardan
hatlab o‘tish, skameyka bo‘ylab qarshidan kelayotgan bola
bilan uchrashib, qaytish va hokazolar taklif etiladi (1-rasm).
Bu mashqlarning barchasi zarur muvozanat saqlash hissi,
o‘z gavdasini idora qila olish, harakatlar koordinatsiyasini,
chaqqonlik, vaziyatlarda mo‘ljal olish, o‘z vaqtida to‘g‘ri
reaksiya ko‘rsatish sifatlarini hosil qiladi. Ijobiy natijalarga
erishilgach, mashqlar yana ham murakkablashtiriladi: bolaga
turli predmetlarni (savatcha, to‘p, xaltachani) boshda ko‘tarib
yurish tavsiya etiladi: bola yurayotgan yuza tebratiladi (muayyan
balandlikdagi tebranadigan yog‘och); bola, shnur, narvon
yog‘ochlarda yuradi; to‘satdan to‘xtab, cho‘qqayib, gavdani har
xil holatda tutib yuradi va hokazo. Bu mashqlarning barchasi
o‘yinlar va mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi, shuningdek, kundalik
turmushda foydalaniladi (bolalarning mustaqil faoliyatida).
Muvozanat saqlash hissi sport mashqlarida ham tako-
millashtiriladi (muz yo‘lakda sirg‘alish, chang‘ida yurish,
konkida uchish, ikki g‘ildirakli velosipedda, g‘ildirakli konkida
yurish va boshqalar).
94
Do'stlaringiz bilan baham: |