Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; Kimyoni o'qitishda interfaol usullardan va kompyuter texnik vositalardan foydalanish talabalarni bu fanga qiziqishlarini oshirishda, bilim berish va bilimlarni mustahkamlashga zamin yaratadi. O'tilayotgan har bir mavzu bo'yicha o'qitish vositalaridan rejali asosda foydalanish samarali hisoblanadi. Bir xil tartibdagi va takrorlanuvchi usullari uzluksiz qo'llash ta'lim sifatining barqarorligini yo'qotadi. O'tilayotgan dars usullari va ko'rgazmali materiallaming rang barangligi pedagog-talaha munosabatlarini barqarorlashtiradi. Bundan tashqari kimyoning turli sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanuvchilarga kimyoviy moddalarni aralashtirish va reaksiyalar jarayonini aniq modellashtirish, moddaning spektrini taxmin qilish, molekulalar va orbitallarning volumetrik modellarini tasavvur qilish, shu jumladan hisoblash kimyosi, kvant kimyosi va molekulyar modellashtirishning turli xil usullarini, kimyoviy tuzilmalarning grafik konstruksiyasini ishlab chiqish, molekulalarning geometrik va elektron tuzilishi xususiyatlarini qulay va ko'rgazmali molekulyar modellashtirish va vizualizatsiya qilish, kimyoviy tuzilmalari chizish, nashrga oid sifatli grafikalarni tayyorlash va simulyatsiya va molekulalar va reaksiyalarning elektron tavsifini hamda organik kimyo va biokimyoviy ulkan va noqulay formulalarui namoyish qilish uchun hamda ularning sikini chizish, moddalarda ko'p marotaba bog'lanishni chizish imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin bo'ladi. Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertasiya ishi kirish , 3 ta bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan .
I-BOB.
KIMYONI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O'RNI
1.1. Kimyo o'qitishning metodlari va uslublari haqida toshuncha Kimyo o'qitishning metodlari, shakllari, manbalari o'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o'qitish nazariyasining eng muhim omili sanaladi. O qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta' lim jarayonida ta lim mazmunini harakatlantirish shakli bo'lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo'lib hisoblansa, o'qitish metodlari o’rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo'lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni o'rganish metodlari va o'qitish metodlari mavjud. [4.5.6] O'qituvchining asosiy vazifasi talabalarga ta'lim, tarbiya beruvchi ulami rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat. O'qitish metodi - o'qituvchi rahnamoligida talabalarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo'lib hisoblanadi. Kimyo o'qitish metodikasining o'ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular, 1. Kimyo o'qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan. 2. Talabalarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o'stirishga qaratilgan bo'lib, moddaning aniq xossasi o'zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga talabalarni o'ylashga olib keladi. Har bir metod ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa o' sha yerda o'sha jarayonda qo' llanilishi maqsadga muvofiq. Metodlar o'zining qo'llanilishi bilan ham talabalarni tarbiyalaydi. Shu sababli o'qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e tibor berishi kerak. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e tibor berish kerak. 1) O'qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. 2) O'qitishning maqsad va vazifalari. 3) Shu fan mazmunining hamda o'rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. 10
O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi. –T.:”Uzbekiston” -1992 Vazirlar mahkamasi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- texnologiyalarinijoriyetishchoratadbirlari to‘g‘risida” gi qaror 30.05.2002. // “O‘zbekiston Respublikasi qonunlar to‘plami” 2002 yil, N 10,77b
Kimyoviy eksperiment moboynida formula asosida hisoblashlarni elektron dastur yordamida bajarish vaqtni tejashga hamda aniq natijalar olishga imkon beradi. Shu munosabat bilan Respublikamizning ta’lim muassasalarining texnik bazasini takomillashtirish, shuningdek kompyuter texnikalarini internet tarmoqlariga ulanishi natijasida elektron aloqalar bilan ta’minlanishi ortib borildi. Buning natijasida Respublika ta’lim muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o‘quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan turib o‘qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o‘tkazish, elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv - tarbiya jarayonida qo‘llashga qaratilgan tadbirlarga e’tibor kuchaydi. Ushbu maqsadli tadbirlar turli fanlar singari kimyo fanini o‘qitishga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |