Tadqiqot metodlari. Ob’ektni tadqiq etishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
- mavzu bo’yicha ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlarni o’rganish va tanqidiy tahlil qilish;
- kimyo laboratoriyasining mavjud holati va amaldagi tatbiqini aniqlash bo’yicha izlanish;
- kimyo o’qitish virtual laboratoriya bilan bog’liq ko’rgazmali tamoyilini kuchaytirish;
- o’quvchilar bilimidagi o’zgarishlarni aniqlash maqsadida suhbat, yozma va og’zaki so’rovlar hamda test topshiriqlaridan foydalanish;
- pedagogik eksperiment.
Tadqiqotning ilmiy farazlari:
- oily ta’lim tizimida kimyo kursining eksperimental qismini amaliy mashg’ulot va virtual laboratoriya yordamida kuchaytirish ta’lim va tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshiradi;
- kamyob va qimmatli reaktivlarni tejash,amaliy mashg’ulot va virtual laboratoriyaning bilish jarayonidagi o’rganish ob’ekti, tekshirish metodi, yangi bilimlar manbai va vositasi tarzidagi mavqeini kuchaytiradi;
- mukammal va maqsadga muvofiq tashkil etiladigan amaliy mashg’ulot va virtual laboratoriyalar fan asoslarini, amaliy muammolarning ijtimoiy muhitda kun tartibiga qo’yilishi va ularning o’z yechimini topishini hamda kimyoning hozirgi davr hayotidagi ahamiyatini to’liq anglab yetish uchun xizmat qiladi;
- ilmiy dunyoqarash va mehnatsevarlik xususiyatini shakllantirish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish kabi vazifalarni bajaradi;
-ilmiy, o’quv va amaliy ko’nikmalarni egallash hamda ularni takomillashtirishga yordam beradi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida:
-O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qarori (1999 yil 16 avgust);
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi to’g’risida»gi Farmoni (2004 yil 21 may) va ta’lim-tarbiya sohasidagi boshqa me’yoriy hujjatlar;
-dunyoning mashhur kimyogar olimlari ilmiy merosidan hamda kimyoviy eksperiment texnikasi va metodikasini takomillashtirishga salmoqli hissa qo’shgan metodist-olimlar (V.N. Verxovskiy, L.M. Smorgonskiy, K.Ya. Parmenov, S.G. SHapovalenko, D.M. Kiryushkin, L.A. TSvetkov, V.S. Polosin, P.A. Gloriozov, A.A. Grabetskiy, T.S. Nazarova, A.D. Smirnov, I.N. CHertkov va boshqalar) yaratgan ilmiy-amaliy hamda ilmiy-metodik maktablarning jamg’armasidan ijodiy tarzda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |