Shunday qilib, amaliy mashg’ulotlarda bajarish mumkin bo‘lgan tajribalar huddi kimyo laboratoriya mashg‘ulotlari xonasida bajargandek bajarishni taminlaydi. Mashg‘ulotlarni bajarish ketma-ketligi qat’iy qonun qoidalar asosida ketma-ketlikda bajarishni va nazariy bilimlarni mustahkamlash vazifasini bajaradi. Amaliy mashg’ulotda tajribalarni bir qancha bajarib ko‘rish bilan birga har bir takroriy bajarish davrida mashg‘ulotning mohiyatini yanada chuqurroq anglashga undaydi. Bundan tashqari mashg‘ulot uchun zarur moddalarni tejaladi. Amaliy mashg’ulot va virtual labarotoriya maksimal ko’rgazmalilikka, tajribani bajarish uchun real qurilmalarning aynan mos kelishini ta’minlaydi. Bu o’quvchilarning ishlarini yengillashtiradi, vaqtni tejaydi, o’rganilgan mavzuning o’zlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari jarayonning virtual modeli o’qituvchiga o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga qarab, o’rganilayotgan mavzu yuzasidan qo’shimcha savollar shakllantirishga (ayni mavzu yuzasidan) yordam beradi.
Tadqiqot yuqorida aytib o’tilgan masalalarning ijobiy yechimi ustida tegishli izlanishlar olib borish va ularning natijalari bilan bevosita bog’langan.