III. BOB. PEDAGOGIK EKSPERIMENT VA UNING NATIJALARI.................................................................................................82
3.1 Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ularni o’tkazish….........82
3.2 Pedagogik eksperimentning natijalari va ularning tahlili….......................92
3-bob yuzasidan xulosalar……........................................................................82
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR…..........................................93
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………................................95
ILOVALAR
KIRISH
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo'l avvalo ta'lim - tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota - onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo'lgan yana bir buyuk zot - o'qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o'rnimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o'zimizga yaxshi tasavvur .
"Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz " - deb prezidentimiz alohida qayd .
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida’’ gi qonuni O'zbekiston o'rta ta'lim konsepsiyasi, umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitish yo'riqnomasida ko'rsatilgan istiqlol munosbati bilan respublikamizning umumiy o'rta ta'lim maktablarida hamda oliy o'quv yurtlari oldiga qo'yilgan asosiy maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda tayyorlandi .
O'zbekiston Respublikasi yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur D.I. Mendelyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Masalan: 105 ta neft, gaz, 155 ta istiqbolli kon, rangli nodir va radiqktiv metallar bo’yicha oltin, mis,
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch -T.; Ma'naviyat, 2008y
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017y
O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O'zbekiston Toshken. 1997y
uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kalionlar va boshqa mahsulotlar.
Kimyo o'qitish metodikasi to'g'ri metod bilan olib borilishi kerak. Bu metod ishning g'oyaviy siyosiy yo'nalishiga, uni bajaruvchining malakasiga bog'liqdir.
O'qitishni umumiy maqsadlariga muvofiq kimyo o'qitish uslubiyoti oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
1. Kimyo o'qitishning aniq maqsadlari va o'quv predmetining mazmunini aniqlash;
2. Qo'yilgan maqsadlarga yetishishga qaratilgan ko'proq ma'qul uslublar va o'qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish,
3. Kimyo o'qitishning zarur vositalarini ko'rib chiqish va kimyo o'qituvchisi ish amaliyotida ularni qo'llash bo'yicha yo'riqnomani ishlab chiqish;
Oliy ta'limda kimyo kurslari mazmunini tanlashga ma'lum qarama qarshilikda turgan asosiy ikki guruh omillari ta'sir ko'rsatadi: ilmiylik va qulaylik, yengillik va umumta'limga xoslik. Bir tomondan kimyoning maktab kursi zamonaviy, hayotning hamma qiyin talablariga javob bera oladigan, boshqa tomondan oddiy bo'lishi kerak. Bu ikki talabni birlashtirish oson vazifa emas. O'qituvchilar, o'quvchi va o'quvchilar jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni beqiyos.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida ko'plab pedagogik texnologiyalar qo'llanilmoqda ular ichida loyihalash ta'lim texnologiyasi alohida o'rin tutadi. Loyihalash ta'lim texnologiyasi o'qishga bo'lgan qiziqishni oshishiga olib keladi, ular da ijodiy izlanish, mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |