Ish sikllar, 4 taktlidvigatellar, 2 taktli dvigatellar haqida umumiy ma’lumotlar
beriladi va quyidagi reja boiycha mavzu
yoritib beriladi.
Dvigatellarning ish sikli.
3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.
1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.
Tinglaydilar.
O‘quvchilar baxolanadi.
Topshiriqlarni belgilab oladilar.
Ish jarayonlari va sikllar. To’rt taktli korbyuratorli dvigatelning ish sikli. Zamonaviy avtomobillarga o’rnatiladigan karbyuratorli dvigatellar asosan to’rt taktli tsikl bo’yicha ishlaydi. Porshenli ichki yonuv to’rt taktli dvigatellarda ish sikli porshenning to’rtta yurishida, yahni tirsakli val ikki marta aylanganda sodir bo’ladi va tsikl qaytadan takrorlanadi. Silindrda sodir bo’layotgan jarayonga ko’ra to’rt taktning har biri quyidagicha nomlanadi; 1) kiritish takti; 2) siqish takti; 3) kengayish takti (ish yo’li) ; 4) chiqarish takti.
SHu jarayonlarni to’rt taktli tsikl bo’yicha ishlaydigan bir Silindrli dvigatel misolida ko’rib chiqamiz.
Birinchi takt – kiritish. Bu takt Silindrni yonuvchi aralashma bilan to’ldirish uchun zarur. Yonilg’i aralashmasi Silindrga kiritish klapani 1 (2-rasm) ochilgan paytda, porsheng’ 4 yuqorigi chekka nuqta(yu.ch.n) dan pastki chekka nuqta(p.ch.n)ga tomon xarakatlanishida porsheng’ yuqorisida xosil bo’lgan bo’shlikka kiradi. Porsheng’ yu.ch.n.dan p.ch.n.ga yetganda Silindr 5 yonilg’i aralashmasi bilan to’ladi, kiritish klapani 1 yopiladi. Xosil bo’lgan aralashma ish aralashmasi deyiladi. Kiritish taktining oxirida bosim 70…90 kPa (0,7…0,9 kgk/sm ), ish aralashmasining xarorati 340…380 K (70…110 S).
Ikkinchi takt – siqish ish aralashmasining ichki energiyasini ko’paytirib, uni yonishga tayyorlaydi. Ish aralashmasi porsheng’ p. ch. n. dan yu.ch. n ga tomon siljigan paytda siqiladi. Bu holda kiritish hamda chiqarish klapanlari 1 va 3 yopiq bo’ladi. Siqish takti oxirida aralashmaning bosimi 1200…1700 kPa (12…17 kgk/sm), xarorati esa 570…670 K (300…400 S).
Siqish taktining oxirida elektr svecha 2 elektrodlari orasida elektr uchquni paydo bo’ladi, uning tahsirida Silindrda siqilgan ish aralashmasi alangalanadi.
Uchinchi takt – ish yo’li yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ish aralashmasining yonishdan xosil bo’lgan issiqlik energiyasi foydali mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunda ikkala klapan ham yopiq holatda bo’ladi. Takt boshlanishida Silindr ichidagi alangalangan gazlar yonib ko’p mikdorda issiqlik chiqaradi. SHu daqiqada yongan gazlarning bosimi 3500-5000 kPa (35…50 kgk/sm ). Xarorati esa 2270… 2670 K (2000…2400 S) gacha ko’tariladi. SHu bosim tahsirida porsheng’ yu.ch.n. dan p.ch. n. ga tomon xarakatlanadi, yahni ish yo’li takti bajariladi. Bu taktning oxirida Silindrdagi gaz bosimi 400…500 kPa (4,0…5,0 kgk/sm ) gacha, xarorati esa 1300…1500 K (1030…1830 S) gacha kamayadi.
Turtinchi takt – chiqarish. Silindrni ishlatilgan gazlardan tozalash takti. CHiqarish klapani 3 ochilganda porsheng’ 4 yuqoriga xarakatlanib, yongan maxsulotlar atmosferaga siqib chiqariladi. Bu taktning oxirida Silindr ichida qolgan gazlarning bosimi 110…120 kPa (1,1…1,2 kgk/sm ), xarorati 770…1100 K (500…830 S).
Keyinchalik esa Silindrdagi taktlar yuqorida bayon etilgan tartibda takrorlanadi.