Dizel va karbyuratorli dvigatellarni taqqoslash, afzallik va kamchiligi. haqida umumiy ma’lumotlar
beriladi va quyidagi reja boiycha mavzu
yoritib beriladi.
1.Dizel dvigatellarning afzalligi.
2.Dizel dvigatellarni kamchiligi.
3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.
1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.
Tinglaydilar.
O‘quvchilar baxolanadi.
Topshiriqlarni belgilab oladilar.
Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish sikli.
Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo’ladi. Bu yerda ham xuddi to’rt taktli dvigatellar kabi, ish aralashmasini Silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. SHunga qarab shu tsikl bo’yicha ishlovchi dvigatellar karbyuratorli yoki Dizel bo’lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga xaydash va Silindrni tozalash uchun yonilgi aralashmasi (karbyuratorli dvigatelda), yoki xavo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Ikki taktli dvigatellarni tug’ri oqimli (pryamotochnaya) va ko’ndalang oqimli tozalash usullari keng tarqalgan 3-rasmda ikki taktli dvigatellarning ishlash sxemasi tasvirlangan. Keltirilgan sxemada Silindr 2 ning ikki tomonida kiritish 3 va chiqarish 7 darchalari bor. Silindr golovkasida yondirish svechasi 10 (karbyuratorli dvigatelda) yoki forsunka (dizelda) o’rnatilgan. Silindr ichida porsheng’ 9 xarakatlanadi va o’zining devorlari yordamida kiritish va chiqarish darchalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos 4 Silindrga siqilgan yonilg’i aralashmasi yoki xavo (dvigatellarining tipiga qarab) yuborish uchun xizmat kiladi.
Porsheng’ p.ch.n. dan yu.ch.n. ga xarakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish 3 va chiqarish 7 darchalari ochiq. Nasos 4 yordamida kiritish darchasi 3 orqali Silindrga yonilg’i aralashmasi yoki xavo kiritiladi, ular Silindr ichida kolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porsheng’ tepasidagi bo’shliqni to’ldiradi; yuqoriga xarakatlanayotgan porsheng’ o’z devorlari bilan kiritish va so’ngra chiqarish darchalarini to’sadi. SHu vaqtdan boshlab siqish jarayoni boshlanadi va porsheng’ yu. ch. n. ga yetay deganda siqish kamerasiga elektr uchquni (karbyuratorli dvigatelda) yoki yoqilg’ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zaryad alangalanadi. SHunday qilib, porsheng’ p. ch. n. dan yu. ch. n. ga xarakatlanish jarayonida Silindr oldingi tsikldan qolgan gazlardan tozalanadi va yangi zaryad bilan to’ldiriladi, keyinchalik darchalar yopiladi va siqish jarayoni boshlanadi.
Ikkinchi taktda porsheng’ yu. ch. n. dan p. ch. n. ga xarakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada Silindrda ko’p miqdorda issiqlik miqdori ajraladi va gazlar bosimi tahsirida porsheng’ p. ch. n. ga qarab xarakatlanadi. Bu vaqtda Silindrda kengayish jarayoni ketadi. Porshenning xarakatlanish vaqtida porsheng’ o’z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanok katta bosimga ega bo’lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So’ngra kiritish darchalari ochilib, Silindrga nasos yordamida yangi zaryad (yonilgi aralashmasi yoki xavo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi tsiklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi. Ikki taktli tsiklda ishlovchi karbyuratorli dvigatel asosan mototsikllarga o’rnatiladi.