O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON TUMAN 2-SON KASB-HUNAR
MAKTABI
TASDIQLAYMAN
Kollej direktori: N Umarov. O’IBDO’: Z Nishonov.
«Mahsus fanlar » kafedrasi
« AVTOMOBILLAR TUZILISHI, TXK VA TA`MIRLASH» fanidan tayyorlangan
Dars №1 Mavzu:Kirish, Avtomobillarning umumiy tuzilishi.
Vaqti 2 soat.
|
Talabalar soni ____nafar.
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Nazariy mashg‘ulot
|
O‘quv mashg‘ulot rejasi:Nazariy
|
1.Kirish.
2. Avtomobillar haqida umumiy ma`lumot
3.Fanning rivojlanish bosqichlari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
|
O‘quvchilarni haqidagi tushunchalarini shakllantirish
|
Pedagogik vazifalari:Ped texnologiyalar haqida tushunchalar berish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha tushuntirish va taxlil qilish.
Trak va avto fani haqida tushunchalar bilan shakllantirish;
Trak va avto tuzilish fani vazifasini tushuntirib berish;
Trak va avto haqidagi mavzuni mazmunini ochib berish;
|
O‘quv faoliyati natijalari: Avtomobillar tuzilishi fani haqida
-tushunchalarni ta’riflaydilar;
-tasniflab beradilar;
-tushuntirib beradilar;
-mazmunini ochib beradi;
|
Ta’lim usullari
|
Ma’ruza aqliy xujum
|
Ta’lim shakllari
|
Ommaviy ishlash
|
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruzalar matni, kitob, slaydlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona
|
Manitoring va baxolash
|
Og‘zaki nazorat,savol javob va o‘quv topshirig‘i.
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar.
|
1- bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish 10 daq.
|
Oquvchilar bilan salomlashish.
Ularni davomati nazorat qilinadi.
O’tilgan mavzu bo’yicha takrorlanadi.
Yangi mavzu yozuv taxtasiga yozib beriladi.
|
Tinglaydilar.
YOzib oladilar.
Belgilab oladilar.
|
2-bosqich. Asosiy qism 60 daq.
|
Avtomobillarning umumiy tuzilishi
Avtomobil haqida umumiy ma’lumotlar
beriladi va quyidagi reja boiycha mavzu
yoritib beriladi.
1.Kirish.
2.Avtomobillar haqida
3.Fanning rivojlanish bosqichlari.
|
Tinglaydilar.
YOzib oladilar.
Belgilab oladilar
|
3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.
|
1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.
|
Tinglaydilar.
O‘quvchilar baxolanadi.
Topshiriqlarni belgilab oladilar.
|
Avtomobillarning umumiy tuzilishi .
Avtomobil – o’zi xarakatlanuvchi (avto – grekcha o’zi, mobil – lotincha xarakatlanuvchi) degan mahnoni bildiradi.
Avtomobil – kuruklikda xarakatlanuvchi transport vositasi bo’lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo’lgan dvigatel bilan jixozlangan hamda katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo’lgan holda relg’ssiz yo’llarda yuk va yo’lovchilarni tashishga yoki o’ziga o’rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan g’ildirakli mashinadir. Avtomobillar vazifasiga ko’ra transport, maxsus va poyga avtomobillariga bo’linadi
Hozirgi zamon avtomobillari quyidagi asosiy belgilari bo’yicha sinflanadi:
1. Transport avtomobillari, bu avtomobillar yo’lovchilarni yoki yuklarni tashishga hamda pritseplarni shatakka olishga mo’ljallangan bo’ladi.
Bu avtomobillar o’z navbatida 3 turga bo’linadi:
-Engil avtomobillar, sakkiztagacha yo’lovchilarni tashishga xizmat qiladi.
-Avtobuslar, ko’pchilik (sakkiztadan ortiq) yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan.
-YUk avtomobillari, har xil yuklarni tashish uchun xizmat qiladi.
Avtobuslarning o’rindiqlar soni bilan belgilanadigan sig’diruvchanligi ularning xarakterlovchi asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. YUk avtomobillari esa nominal yuk ko’taruvchanligi bilan xarakterlanadi. SHunga mos holda juda kam (1 t.gacha), kam (1 t.dan 3 t.gacha), o’rtacha (3 t.dan 5 t.gacha) va ko’p (5 t.dan ortiq ) yuk ko’taruvchi avtomobillarga bo’linadi.
2. Maxsus avtomobillar, bu avtomobillar biror turdagi avtomobil bazasida, ma’lum turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan va tegishli moslama hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo’ladi. Bu turdagi avtomobillarga o’t o’chiruvchi, avtokranlar, avtovishkalar, tez yordam va boshqa avtomobillar kiradi. Ular odatda, transport avtomobillarining ko’rinishi o’zgartirilgan modellaridan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |