TSilindrlar kallagi shakli murakkab detal bo’lib, tsilindrlar (D-21A1 dvigatellari), gruppasi (A-01M, D-160, GAZ-53 va ZIL-130 dvigatellarining) yoki blok karter (A-41 va D-240 dvigatellari)ni ust tamonidan yopib turadi.
TSilindrlar kallagi cho’yandan yoki alyuminiy qotishmasidan quyib ishlanadi. Alyuminiy qotishmasidan quyilgan tsilindrlar kallagidan yengil va issiqlikni yaxshi olib ketadi. Bu esa karbyuratorli dvigatellarda siqish darajasini oshiradi.
Avtomobil dvigatellarida tsilindrlar kallagi alyuminiy qotishmasidan yasaladi.Porshen guruhi detallarining vazifasi va tuzilishi
Porshen - tsilindrlarga uncha katta bo’lmagan zazor bilan o’rnatiladi. Porshen kengayayotganda gazlaring bosimini o’ziga qabul qilib, uning porshen barmog’i hamda shatun orqali tirsakli valga uzatadi. Porshen materialining ishlash sharoitga bog’liq xolda mexanikaviy sifatini yuqori yeyilishga chidamli, yengil, issiklikni yaxshi olib ketadigan bo’lishi lozim. AK-4, AL-25, AL-30 va boshqa alyuminiy qotishmalari bu talablarga javob bera oladi.
Porshen tagi 1, zichlovchi qism (kallak) 3 va yo’naltiruvchi qism (yubka) 4 larda iborat.
Porshen tagi tekis (yassi) yoki murakkab shakldor qilib yasaladi. Dizel dvigatellarda porshen tagi odatda shakldor bulib, u aralashma xosil bo’lish usuli, klapan va forsunkalarning joylashishiga bog’liq bo’ladi. Porshen ichki yon devorida ikkita bobishka deb ataladigan ariqchasi 8 bo’ladi, uning teshigiga porshen barmog’i 10 o’rnatiladi.
Tayanch iboralar: Silindrlar bloki, Silindrlar blokining kallagi, blok karteri, krivoship, porsheng’, gilg’za, Silindr, porsheng’ xalqasi, porsheng’ barmog’i, shatun, tirsakli val, o’zak bo’yin, shatun bo’yin, vkladish, porsheng’ yubkasi, maxovik, kompression xalqa, moysidirgich, qo’sh tavr, radial, elastik, legirli (legirovannqy).
Nazorat savollari
Porsheng’ qiziganda Silindrda qadalishni oldini olish uchun qanday konstruktsiya qo’llanilgan?
2. Krivoship – shatun mexanizmining asosiy detallari qanday materiallardan tayyorlangan?
Topshiriqlar
1. Krivoship – shatun mexanizmining turlarini o’rganish.
2. Krivoship – shatun mexanizmining asosiy detallarini o’rganish.
3. Krivoship – shatun mexanizmining asosiy detallarininig vazifalarini o’rganish.
Adabiyotlar
1. Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash.(Kasb hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma)
Toshkent – Talqin – 2005. 20–29 betlar.
2. N.Vishnyakov i dr. Avtomobil. Osnovq konstruktsii. Moskva. Mashinostroenie. 1986. 23-30, 30-36 betlar.
3. X.Mamatov, Yu.T.Turdiev, SH.SH.SHomaxmudov, M.O.Kodirxonov Avtomobillar. Konstruktsiya va nazariya asoslari. Toshkent . «O’qituvchi», 1982, 30-44, 44-52 betlar.
4.DAEWOO TICO. Rukovodstvo po remontu i texnicheskomu obslujivaniyu. Bishkek. «Turkiston», 2000 y. 22-29, 29-35 betlar.
5.DAEWOO DAMAS. Rukovodstvo po remontu i texnicheskomu obslujivaniyu. . «Turkiston», 2000 y. 36-37 betlar.
6.DAEWOO NEXIA. Rukovodstvo po remontu i texnicheskomu obslujivaniyu. «Turkiston», 2000 y. 84-98, 85-88 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |