O‘quvchilarni traktor va avtomobillarning dvigatel haqidagi tushunchalarini shakllantirish
Pedagogik vazifalari:Ped texnologiyalar haqida tushunchalar berish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha tushuntirish va taxlil qilish. Trak va avto dvigateli haqida tushunchalar bilan shakllantirish; Dvigatel G.T.m tuzilishini tushuntirib berish; G.T.M haqidagi mavzuni mazmunini ochib berish;
O‘quv faoliyati natijalari: Dvigatellarning G.T.M manba’lari to’g’risida
-tushunchalarni ta’riflaydilar; -tasniflab beradilar; -tushuntirib beradilar; -mazmunini ochib beradi;
3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.
1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.
Tinglaydilar.
O‘quvchilar baxolanadi.
Topshiriqlarni belgilab oladilar.
Mavzu:Dvigatellarning (G.T.M.) gaz taqsimlash mexanizmi. Umumiy malumotlar. Reja:
G.T.M ning vazifasi, turlari va ishlash tamoyili.
2.G.T.Mi detallarining vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
3.G.T.Mning mumkin bolgan buzuqlik
Gaz taqsimlash mexanizmi To’rt taktli dvigitellarda kalpanli gaz taqsimlash mexanizmlaridan (3.1-rasm) foydalaniladi, u tsilindrlarga o’z vaqtida havoni (dizel dvigatellarida) yoki yonuvchi aralashmani (karbyuratorli dvigatellarda) kiritish xamda tsilindrlardan ishlatilgan gazni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Klapanlar xuddi shu maqsadda tsilindrlar kallagi teshiklarini muayyan vaqtda ochadi va yopadi. Bu teshiklar dvigatel tsilindrlarini kiritish va chiqarish turbalari bilan tutashtiradi.
Klapanli gaz taqsimlash mexanizmlari ikki xil klapanlari yuqoriga va yonga joylashgan turlarga bo’linadi. O’rganiladigan avtotraktor dvigatellarida tsilindrlar kallagiga o’rnatilgan, klapanlar yuqoriga joylashgan taqsimlash mexanizmlaridan foydalaniladi.
Gaz taqsimlash mexanizmlariga purjinalar, kiritish va chiqarish klapanlari taqsimlash validan klapanlariga xarakat uzatish detallari, taqsimlash vali va shesternyalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmi quyidagicha ishlaydi. Tirsakli val taqsimlash vali 14 ni shesternyalari yordamida aylantiradi. Taqsimlash valining kulachogi turtkich 13 ga o’tib uni shtanga 12 bilan birga ko’taradi. SHtanga koromislo 7 ning bir uchini ko’taradi, ikkinchi uchi esa pastga xarakatlanib, klapan 3 ni bosadi, ayni vaqtda uni pastga tushiradi va klapan pujinasi 6 ni siqadi. Taqsimlash valining kulachogi turtkichdan tushganda shtanga va turtkich pastga tushadi, klapan esa purjina ta’sirida egarga o’tirib kanal teshigini zich berkitadi.