227
- SNK (suv neft kontakti, gaznetfkontakti va gazsuvkontakti) oralig‗idagi
masofalar;
- perforatsiya oralig‗idagi qatlamning bosimi va
harorati;
- perforatsiya oralig‗idagi mustahkamlash tizmasining soni, mustahkamlash
quvurlarining minimal ichki diametri;
- quduqni tiklikdan maksimal og‗ish burchagi;
- mustahkamlash tizmasining va uning sementli qobig‗ining holati;
- mahsuldor qatlamni birlamchi ochishda qo‗llanilgan suyuqlikning xossasi va
tarkibi.
Neft qazib olinuvchi quduqlarda perforatsiya oralig‗idagi tog‗ jinslarining
qatlam flyuidlari bilan to‗yinganligiga qarab aniqlanadi va burg‗ilash ishlarini
yetakchisi hamda geologik xizmat idorasi tomonidan qatlamlarni ochishda mahsuldor
ob‘ekt butun qalinligi bo‗yicha ochiladi.
Gaz shapkali va tub suvli qatlamlarda faqat neftli qismi perforatsiya qilinadi.
Eng pastki teshikdan SNK – gacha bo‗lgan masofada va eng yuqoridagi GNK –
gacha bo‗lgan masofada har bir uyum uchun oraliqlarda o‗tkazmaydigan
qatlamchalarning mavjudligi
yoki mavjud emasligi, noyaxlitligi tajriba yo‗li bilan
o‗rnatiladi.
Otuvchi perforatorlar bilan mahsuldor qatlamlarni repressiyada (quduq
tubining bosimi qatlam bosimidan kichik) ochish amalga oshiriladi.
Repressiyada mahsuldor qatlamni ochish perforatsiya qilish oralig‗ini ochish
qatlam bosimining normal va yuqori anomal qiymatg ega ekanligiga, shu bilan
birgalikda kontakt zonalariga (SNK,GNK) va neftdagi yemiruvchi komponentlarning
(H
2
S, CO
2
) mavjudligiga bog‗liq bo‗ladi.
Mahsuldor qatlamlarni repressiyada ochishda perforatsiyani xavfsiz olib borish
va quduqdan qatlamga katta hajmdagi suyuqliklarni kirib borishiga yo‗l qo‗yilmasligi
kerak.
Quduqni to‗ldiruvchi suyuqlik ustunining gidrostatik
bosimi chuqurlikka
bog‗liq holda qatlam bosimidan yuqori bo‗ladi:
229
Qatlamga repressiyada mahsuldor qatlamning quduq
tubi zonasida quduqning
devorini kolmatatsiya qilib (5 mm. dan – 1,5 mm. qalinlikda) bekitilgan zona hosil
qilinadi va infiltratsiya zonasining radiusi 300 mm. dan – 1000 mm. gacha bo‗ladi.
Qatlamga repressiya qanchalik katta bo‗lsa (hamda burg‗ilash eritmasining suv
beruvchanligi va uning mahsuldor qatlam kontaktlashish vaqti), qatlamni ochishda
qalin bekituvchi zona shakllanadi.
Qatlamlarni ikkilamchi ochishda otuvchi yoki, ―Suv-qum-oqimli‖ perforatorlar
qo‗llaniladi. Harakatlanish tartibi bo‗yicha otuvchi perforatorlar o‗qli, torpedali va
kumulyativ turlarga bo‗linadi. So‗nggi yillarda tik – egri chiziq stvolli perforatorlar
paydo bo‗lgan bo‗lib, eng yuqori teshuvchi samaraga egadir.
Bu turdagi
perforatorlarni ba‘zi bir geologik–texnik sharoitlarga muvofiq qo‗llash
chegralangandir.
Suv-qum-oqimli perforatsiya ba‘zi bir mualliflarning fikrlariga oqimni
jadallashtirish vositalariga, kon tajriba ma‘lumotlariga muvofiq kumulyativ
perforatsiyaga nisbatan amaliy yutuqlarga ega emas deb ko‗rsatiladi. Shu sabablarga
muvofiq hamda katta qiyinchiliklar tufayli ―suv-qum-oqimli‖ perforatsiya keng
qo‗llanilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda tik-qiya stvolli hamlali (zarbali) ta‘sir qiluvchi
PVN90, PVN90 T, PVT73, PVK70 (ko‗ndalang gabaritlari 90,73 va 70 mm) o‗qli
perforatorlar qo‗llaniladi, diametri 117,5 va 98 mm – li mustahkamlash tizmalariga
tushiriladi.
PVN turdagi perforatorlarda ikkita o‗zaro perpendikulyar tekisliklarda to‗rtta
stvol juft qilib joylashtirilgan bo‗ladi, o‗zaro muvozanatlashgan
kuchlarni berish
uchun juftli stvollar umumiy poroxli kameraga bir-biriga uchrashishga boradi va
umumiy ta‘sir etish kuchlari qo‗shiladi.
PVT 73 perforator konstruksiyasining ikki stvolligi bilan boshqalaridan farq
qiladi, bunda o‗qlar ikkita kanal bo‗yicha ikkita qarma – qarshi yo‗nalishda otiladi.
Bir kanalli ko‗p seksiyali PVK 70 perforatorda stvol perforator o‗qi bo‗yicha
o‗tadi, bunda o‗qlardan kuchaytirilgan diametrlardan va massasidan foydalaniladi.
O‗rtacha mustahkamlikka ega bo‗lgan tog‗ jinslarining yorib kirish chuqurligi
qo‗yida ko‗rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: