Neftga boy bo‗lgan qatlamlarda neftni qazib olishning
boshlanishida neft
konlarini muhim bosqichlarida tayyorlash hisoblanadi. U qanchalik sifatli
tugallangan bo‗lsa, neft va neftmahsulotlarining sifati va bahosi shunga bog‗liq
bo‗ladi. Neftning tarkibi qanchalik iflos bo‗lganda mexanik qo‗shimchalar ko‗p
bo‗ladi, qimmat narxdagi reagentlar bilan tozalashga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun
qazib olishda neft qatlamidagi sifatni oshirish uchun hamma qo‗yilgan imkoniyatlar
hisobga olinadi. Eng ko‗p uchraydigan muammolardan biri har xil turdagi korroziya
hisoblanadi, qaysiki, neft kon jihozlariga va mahsulotning o‗ziga ham salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Ohaktoshlar, dolomitli tog‗ jinslari hamda
karbonat yotqiziqlari bilan
ifloslangan tog‗ jinsi holatini yaxshilash uchun ingibirlangan tuz kislotasi
qo‗llaniladi. U quduq va qatlam aloqasini yaxshilaydi, tog‗ jinsi yotqiziqlaridagi
yoriqlarni va g‗ovakliklarni, mikroorganizmlarni
tozalaydi va kengaytiradi
Quduqlarga kislotali ishlov berish – quduqlarni burg‗ilash, mustahkamlash
kolonnalarini sementlash yoki quduqlarni ekspluatatsiya qilish davrida quduq tubi
zonasiga tushgan yoki paydo bo‗lgan ifloslangan mahsulotlarni qatlamning
mahsuldor qismidan tozalashda samarali usul hisoblanadi.
Quduqning debiti ko‗p holatlarda mahsuldor qatlamning o‗tkazuvchanligiga
bog‗liq bo‗ladi (quduq tubi zonasini) ya‘ni, quduqlarni tugallashda va ekspluatatsiya
qilish jarayonida o‗zgarib turadi. Qatlamning kollektorlik xossasi loylarni bo‗kishi,
qatlam
suvlaridan tushgan tuzlar, mustahkam emulsiyalarning shakllanishi, smola
yotqiziqlari, parafinlar va stvolning filtrli qismidagi korroziya mahsulotlari, tog‗
jinsining
gidratatsiyasi, sulfat tiklovchi bakteriyalarning ko‗payishi evaziga
yomonlashadi.
Neft qazib olish tarmog‗idan tashqari ingibirlangan tuz kislotasi qora va rangli
metallarni zanglagan va oksidlangan qatlamlarini hamda qaynaydigan qozonlarni
yoki apparatlarni noorganik yotqiziqlardan kimyoviy tozalashda qo‗llaniladi.
Ingibirlangan tuz kislotasining afzalligi butun ishlatish muddati davomida
korroziyaga qarshi barqarorlikni saqlab qoladi. Shu bilan
birgalikda u sisternaning
qoplamasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi hamda neftning sifatiga va neftni qayta ishlash
jarayonida ta‘sir qilmaydi.
255
―NAPOR‖ OAJ ingibirlangan tuz kislotasi ―NAPOR – HCl‖ ni kislotali ishlov
berishda va neft quduqlarining quduq tubi zonasiga qatlam va quduq oralig‗ini
tutashishini yaxshilash hamda g‗ovaklik va yoriqlarni tozalash va kengaytirish
maqsadida sulfat tiklovchi bakteriyalarni (STB) bostirishda qo‗llash uchun tavsiya
qilinadi. Bundan tashqari ―NAPOR – HCl‖ ingibirlangan
tuz kislotasi karbonat
yotqiziqli tog‗ jinslari (dolomit va ohaktoshlar) yoki karbonat yotqiziqlari bilan
ifloslangan
kollektorlardagi
filtratsiya
qarshiliklarini
olishda
qo‗llaniladi.
Igibirlangan tuz kislotasi ―yuqori xavfli moddalar‖ sinfiga mansub, neft sanoati
tomonidan qo‗llanilishga ruxsat berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: