ketgan. Lekin xozirgi kunda bunday usul ko‗pgina xolatlarda qo‗llanilmokda, lekin
iqtisodiy samaradorligi past.
Ikkinchi bosqichda qatlamni ikkilamchi ochishda
teshish muhiti sifatida
maxsus qattiq eritmalardan foydalaniladi. Bunday eritmalar sifatida tuz-suvli
eritmalar, polimer-tuzli eritmalar, uglevodorod asosli eritmalar va boshqalardan
foydalanilgan.
Qatlamni ikkilamchi ochish jarayonida maxsus eritmalardan
foydalanilganda
loyli eritma muhitida teshishga nisbatan yaxshi natijalar olingan. Bunday usul
qo‗llanilganda uni tayyorlashda, teshishda va quduqqa haydashda muallaq
zarrachalar qo‗shilib qatlam kanallarida tiqilib qolishdan xoli emas.
Maxsus eritmalarni quduqqa haydashdagi asosiy
ifloslantirish manbalaridan
biri, manifoldagi qulfakdagi va sirkulyasiya tizimlaridagi qoldiq burg‗ilash eritmalari
hisoblanadi. Erimaydigan qattiq fazalarning asosiy miqdori suv va tuzning tarkibida
bo‗lib, maxsus eritmalarni tayyorlashda ishlatiladi.
Maxsus eritmalar tarkibida quduqlarni to‗ldirgan qattiq zarrachalarni mikdori
1000-2000 mg/l gacha etadi va bunda ijobiy samaraga erishish qiyin bo‗ladi.
Ikkilamchi
ochishda
qo‗llaniladigan maxsus eritmalarning tarkibini
takomillashtirish va muallaq zarrachalardan tozalash talab qilinadi.
Bu qatlamni
ikkilamchi ochishda uchinchi rivojlantirish bosqichidir.
Quduqdagi burg‗ilash eritmasini maxsus eritmalarga almashtirish quyidagi bir
qancha bosqichlarda olib boriladi:
-ishlatish tizmasidagi burg‗ilash eritmalarini suv bilan almashtirish;
-quduq stvolida yopishib kolgan burg‗ilash eritmalari qoldiqlarini suvga spirt
va SFM ni qo‗shib yopiq siklda sirkulyasiya yo‗li bilan yuvish, sig‗im idishi nasos
filtrlarini yuvishdan chiqqan qattiq zarrachalarni yuvish uchun quduq sig‗im
idishidan foydalanish;
-suvni filtrlangan teshish suyuqliklari
bilan aralashtirish; yuvilgan suvdagi
qattiq zarrachalarni va maxsus eritmalarni tozalash uchun har xil konstruksiyali
filtrlardan foydalanish;
257
-turli plastik shakldagi filtrlovchi elementlardan foydalanish,
kvars qumlari
bilan to‗ldirish va h.k.
Quduqni maxsus eritmalardan tozalash filtrlanadigan suyuqlikni hajmiga va
filtrlarning o‗tkazish qobiliyatiga bog‗liq holda 10 kun davomida amalga oshiriladi.
Respublikamiz sharoitida neft va gaz quduqlarini burg‗ilashda bunday talablar
amalga oshirilmaydi.
Maxsus eritmalar to‗rini tanlashda aniq tog‗-texnik sharoitlardan kelib
chiqiladi. Bosimlar farqi hisobiga quduqdan qatlamga teshish muhitida filtratsiya
sodir bo‗ladi, ikkilamchi ochishda jinslar o‗tkazuvchanligi
maxsus eritmalarning
g‗ovakliklar va yoriqlarga kirib qolishi hisobiga o‗zgaradi.
Quduqlarni teshish jarayonida maxsus eritmalar bilan to‗ldirishda birlamchi
ochish bosqichida qo‗llaniladigan burg‗ilash eritmalarining talablariga rioya qilinadi.
Birlamchi ochishda qatlamga o‗tirib qolgan filtrlarning xossalari va xususiyatlarini
bilish kerak bo‗ladi.
MHD da neft va gaz quduqlarini burg‗ilashda ko‗pchilik konlarda suvli asosli
eritmalardan, bunda teshish muhiti sifatida aso-san
2
CaCl
eritmasidan
foydalaniladi. O‗tkazuvchanlikning
tiklanish koeffitsienti
58
,
0
ga teng, shu
vaqtda inert emulyasiyali eritma (IEE) qo‗llanilganda
34
,
0
ga teng bo‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: