Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Qatlamni depressiyada ochish texnologiyasi



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
6.7.Qatlamni depressiyada ochish texnologiyasi 
Qatlamlarni ochish jarayonini taksamaralashtirish muammosidv muhim joyni 
gidrostatik bosimdan past bosim bilan qatlamlarni sifatli ochish masalasi egallaydi. 
Mahsuldor gorizontlarni yuqori qatlam bosimi bilan ochishda burg‗ilash 
eritmasining salbiy ta‘sir qilish holati qatlamlarni sinashda qatlamga depressiya hosil 
qilinib tushirilganda ―qatlam - quduq‖ tizimida katta bosimlar farqi ta‘minlanganda, 
past qatlam bosimida quduq tubi zonasiga yetkazilgan zararlarni qiyinchilik bilan 


239
bartaraf qilinishi mumkin. Past o‗tkazuvchan qatlamlarni sinashda qiyinchiliklar 
paydo bo‗ladi, qatlam va quduq oralig‗idagi bosimlar farqi katta bo‗lganda ham 
quduq tubi zonasidan suyuqlik oqimini chaqirib bo‗lmaydi. Shuning uchun past 
bosimli va past o‗tkazuvchan mahsuldor qatlamlarni sifatli ochish masalasi muhim 
ahamiyatga egadir. 
Bunday masalalarni yechish uchun maxsus suyuqliklarni va yuvuvchi 
agentlarni ishlash talab qilinadi hamda quduq tubi zonasini ortiqcha bosimida 
qatlamlarni ochish usullarining asosiy belgilari quduq tubidagi bosimni aniq 
chegaragacha boshqarish imkoniyati hisoblanadi va u bosim qatlam bosimidan oshib 
ketmaydi. 
Quduqning tubidagi gidrostatik bosimni boshqarish burg‗ilash eritmasini 
zichligini o‗zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda burg‗ilash eritmasining zichligi 
aniq chegaragacha o‗zgartirilishi mumkin. Shuning qator holatlarda mahsuldor 
qatlamni ochish uchun burg‗ilash usuli qo‗llaniladi va quduq tubidagi bosimni 
saqlash ta‘minlanadi yoki undan ham kichik qiymat (quduqni muvozanatlashgan 
bosimda va qatlamni depressiyada burg‗ilash) ta‘minlanadi. 
Past o‗tkazuvchan yuqori bosimli qatlamlarni ochish jarayonida xorijiy 
davlatlarda ham quduqni past bosim ostida burg‗ilash usuli qo‗llaniladi. Bu usulning 
mohiyati quduq tubini yuvishda ham xuddi shunday zichlikdagi eritma qo‗llaniladi 
ya‘ni, quduq tubiga beriladigan umumiy bosim qatlam bosimidan kichik bo‗ladi. 
Bunday holatlarda mahsuldor qatlamni ochish qatlam suyuqliklarining oqimini 
quduqqa kirib kelishi bilan kuzatiladi. Bunday sharoitda qatlamlarni ochishda quduq 
ustiga ishonchli jihozlar o‗rnatiladi hamda ochishni amalga oshirishda mahsuldor 
qatlamni burg‗ilashda quduq usti va yer yuzasi (barqaror va aylanuvchi preventorlar ) 
germetiklanadi.
Xorijiy davlatlarning tajribasi ushbu usul qo‗llanilganda ijobiy natijalarni olish 
imkoniyati mavjudligini ko‗rsatgan. Suyuqlikning gidrostatik bosimdan past bo‗lgan 
qatlamlarda mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishda quduq suyuqlikka to‗ldiriladi 
va burg‗ilash eritmasining qisman yutilishi kuzatilgan hamda kuchli drenajli 
qatlamlarda burg‗ilash eritmasi to‗liq yutilishi mumkin. 


Bunday holatlarda oddiy burg‗ilash usuli qo‗llanilganda qatlamning 
o‗tkazuvchanligini katta qiymatga pasaytirishga olib kelgan ya‘ni, qatlamlarni ochish 
quduq va quduq tubi zonasi oralig‗ida katta bosimlar farqida sodir bo‗lgan. 
Past bosimli qatlamlarda mahsuldor qatlamlarni ochishning eng tejamkor usuli 
ortiqcha bosimsiz burg‗ilash hisoblanadi. 
Mahsuldor qatlamga qarshi bosimning (repressiyada) an‘anaviy texnologiyasi 
bo‗yicha burg‗ilash yuqorida ko‗rsatilgani kabi burg‗ilash eritmasining qisman 
murakkabligi va burg‗ilash asboblarini qisilib qolishi bilan kuzatiladi. Mahsuldor 
qatlamlarni repressiyada birlamchi va ikkilamchi ochishda asosiy salbiy ta‘sir 
qiluvchi holatlari mahsuldor qatlamning boshlang‗ich kollektorlik xossalarini 
yomonlashishi hisoblanadi hamda amalda debitni potensial kamayishidir; quduqlarni 
o‗zlashtirishda vaqt xarajatlarining davom etishi; qatlamlarni neftberaoluvchanlik 
koeffitsiyentining pastligi. 
Konlardagi qatlam bosimining pastligi quduqlarni repressiyada tugallash 
siklida mahsuldor qatlamni ochishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi ayniqsa, bu holat 
sunuvchi konlarda, past o‗tkazuvchan kollektorlarda, neftni qazib olish qiyin 
konlarda ko‗proq sodir bo‗ladi. 
Quduqlarni qurishning jahon tajribasi mahsuldor qatlamlarni ochishda 
maksimal yutuqlarga erishish yo‗nalishini – bu mahsuldor qatlamni depressiyada 
ochish hisoblanadi ya‘ni, qatlam bosimidan kichik bosimda. Neftgaz sanoati 
rivojlangan xorijiy davlatlarda bu texnologiya keng tadqiqotlangan bo‗lib, bu 
usulning istiqbolligi va oldingi texnologiyalar oldida amaliy afzalliklari bir qator qilib 
belgilangan: 
-neftli qatlamlarni mahsulligi katta qiymatga oshadi 
-quduqlarni o‗zlashtirishga ketadigan xarajatning va vaqtning qisqarishi;
-qatlam mahsulotlarning qazib olish koeffitsiyentining oshishi;
-jins parchalovchi asboblarning resursini va qazish tezligini oshirish; 
-burg‗ilash eritmasini yutilishshining oldini oldish;
-burg‗ilash asboblarining qisilib qolish ehtimolligini pasaytirish.


241
Quduqlarni depressiyada burg‗ilash texnologiyasi LUKoyl komponiyasi 
tomonidan Rossiya davlatida shu jumladan respublikamiz konlarida quduqlarni 
burg‗ilashda qo‗llanilmoqda. Mahsuldor qatlamda depressiyani hosil qilish (basimni 
pasaytirish) quduqni yuvishda gazlangan neft bilan burg‗ilash jarayonida amalga 
oshiriladi ya‘ni, eng yengillashtirilgan suyuqlikdan foydalaniladi va u mahsuldor 
qatlamni shikastlantirmaydi. 
Suv asosli burg‗ilash eritmalari bilan yuvishdan farqi g‗ovaklik muhitiga 
filtratlar katta miqdorda kirib bormaydi. 
Depressiyada burg‗ilash texnologiyasining mazmun mohiyati mahsuldor 
gorizontning stvoli uchastkasini burg‗ilashning butun davomidagi jarayonda 
quduqdagi bosim kattaligi qatlamdagi bosimdan kichik qiymatda ushlab turiladi. 
Shuning uchun tog‗ jinslarining zarrachalarini qatlamni ifloslantirilishining oldi 
olinadi. Qatlamga hech qanday yuvuvchi suyuqlikning suyuq fazasi kirib bormaydi 
ya‘ni, quduqqa qatlam flyuidlarining oqimi kirib keladi. Bu texnologiyaning evaziga 
mahsuldor gorizontning kollektorlik xossalari maksimal darajada saqlanish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Gazlangan neft maxsus jihozlangan qurilma yordamida kompressor orqali 
amalga oshiriladi va gazli aralashmada kislorod tarkibi pasaytiriladi. Gazli 
aralashmada kislorodning miqdorining kamaytirilishi neftning uglevodorod bug‗lari 
bilan portlash aralashmasini shakllanishining oldini oladi. Haydaladigan azotning 
hajmi gazga to‗yingan neftning kerakli zichligini ushlab turish maqsadida qo‗shiladi 
va yuvuvchi suyuqlik sifatida qo‗llaniladi. Ishning yakuniy rejimi chuqurlik 
manometrining ko‗rsatgichlari bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatgichlar bo‗yicha 
aeratsiyaning (gazlantirishning) optimal rejimi tanlanadi hamda azot fazasining 
gazlangan neft fazasiga nisbatlari mahsuldor qatlamni ochishda qulay depressiya 
rejimini ta‘minlaydi. 
Bu texnologiya asosida quduqning mahsuldor gorizontini burg‗ilashning butun 
davri bo‗yicha kerakli depressiyani ta‘minlaydi. Yuqorida ko‗rsatilgani kabi 
ochiladigan mahsuldor qatlamdan qatlam suyuqligi oqimining kirib kelishini 
boshqarish ta‘minlanadi. Bunda quduq ustiga o‗rnatilgan jihozlar burg‗ilash 


jarayonida sodir bo‗ladigan neftgazpaydo bo‗lishini doimiy ravishda nazoratga olishi, 
boshqarib bo‗lmaydigan bosimning ko‗tarilishini nazoratini va quduqning 
favvoralanishiga yo‗l qo‗ymasligi kerak. Depressiyada burg‗ilash uchun tizim klassik 
sirkulyatsiyadan farqli ravishda mutloq germetik bo‗ladi. Quduqning usti quvur orqa 
halqasi to‗liq izolyatsiyalanishi uchun preventorlar va Shaffer firmasining 
germetiklash qurilmalari bilan ta‘minlanadi. Gorizontal quduqlarni burg‗ilashda 
yuqori uzatmadan foydalaniladi ya‘ni, quduqning gorizontal uchastkasini depressiya 
bosimida xavfsiz o‗tishni ta‘minlaydi. 
Eng sodda usullardan biri zarbali burg‗ilash hisoblanadi. Zarbali burg‗ilashda 
burg‗ilash eritmasining bosim farqi bo‗lmaganligi uchun quduq tubi zonasining tog‗ 
jinslariga salbiy ta‘sir qilishi bartaraf qilinadi. 
Bularning evaziga aylantirib burg‗ilash usuli bilan taqqoslanganda afzalligi 
tufayli (narxining arzonligi va yengil jihozlarning qo‗llanilishi) AQSH davlatida neft 
konlarida chuqur bo‗lmagan bir qator quduqlarni ochishda qo‗llanilgan. AQShda 
uzoq davr davomida past bosimli qatlamlarni burg‗ilashda kombinatsiyalangan 
usullar qo‗llanilgan, quduqning stvoli to mahsuldor qatlamgacha rotorli burg‗ilash 
usulida olib borilgan, faqat mahsuldor qatlam zarbali usulda burg‗ilangan. 
Past bosimli mahsuldor qatlamlarni ochilish sifatini oshirish quduq tubi 
zonasini havo yoki gaz damlash usulini qo‗llash orqali erishiladi. Bunda quduq tubini 
tozalashda yuvuvchi suyuqlikning o‗rniga gazsimon agent qo‗llaniladi, u mahsuldor 
qatlamga qarshi bosim ko‗rsatmaydi qaysiki, qatlamni ochish quduqqa qatlamdan 
suyuqlik yoki gaz oqimini kirib kelishi bilan kuzatiladi. Bundan tashqari bu usul 
burg‗ilash tezligini oshirishni ta‘minlaydi va mahsuldor qatlamni ochish jarayonini 
davom etishi kamayadi.
Tajriba ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, gazsimon agentlar qo‗llanilganda 
gaz konlarida mahsuldor qatlamlarni ochish eng tejamkor hisoblanadi. Quduq 
tubidagi burg‗ilangan tog‗ jinslarini tozalashda qo‗shni quduqdagi gazdan 
foydalaniladi. Bu yerda kirib keladigan qatlam suyuqliklarining miqdori katta 
bo‗lganda gazning sarfi 2 – 3 marta oshiriladi yoki maxsus ko‗piksimon agentlarni 


243
qo‗llash talab etiladi. Bunday holatlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda quduq tubi 
aeratsiyali suyuqlik yoki ko‗pikli (ikki fazali yoki uchfazali) suyuqlik bilan yuviladi. 
Quduqqa beriladigan siqilgan gaz va burg‗ilash eritmasining miqdoriy 
nisbatlariga bog‗liq holda quduq tubida aniq bosim o‗rnatiladi. 
Gazsimon agentlar, aeratsiyali suyuqliklar va ko‗piklar yetarlicha AQSH 
davlatida neft konlarida quduqlarni burg‗ilashda qo‗llanilgan. Respublikamizda esa 
past bosimli qatlamlarni yoki past o‗tkazuvchan tog‗ jinslarini burg‗ilashda va 
qatlamlarni ochish burg‗ilash eritmalarining qo‗llanilishi bo‗yicha yetarlicha tajriba 
to‗plangan. 
Respublikamizdagi konlarda qatlamlarni ochishda yuvuvchi suyuqliklarning 
mahalliy sirkulyatsiya oqimidan keng foydalaniladi ya‘ni, mahsuldor qatlamlarni 
―quduq - qatlam‖ tizimida tenglashtirilgan bosim ostida ochish imkoniyatini beradi. 
Keyingi o‗n yillikda ishlanadigan konlarda gorizontal - yon stvollardan – 
tarmoqlangan quduqlarni burg‗ilash yo‗lga qo‗yilgan. 
Qatlamlarning ochishni tejamkor usuli shunday holatlarda tanlanadi va 
qo‗llaniladiki, agar u qo‗llanganda uning samaradorligiga haqiqiy baho berilganda.
Shuning uchun burg‗ilash eritmasining ta‘sir etish darajasi burg‗ilab tugatilgan 
quduqning boshlang‗ich debiti bo‗yicha emas, balki qatlam quduq tubi zonasining 
o‗tkazuvchanligining o‗zgarish va unga mos holda quduqning mahsulligini 
boshlang‗ich koeffitsiyentiga qarab aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu 
parametrlar hamda mahsuldor qatlamning boshqa parametrlari quduqlarni burg‗ilash 
jarayonida aniqlangan bo‗lishi ya‘ni, qatlamni ochish va sinash hech qanday oraliq 
texnologik operatsiyalarni olib bormasdan aniqlanadi. Shuning uchun oxirgi o‗n 
yillikda 
qatlamlarni 
sinash 
uslublarini 
taksamaralashtirish 
burg‗ilanadigan 
quduqlarda mustahkamlash kolonnasini tushirguncha quduqlarni sinash jarayonini 
obektni ochilishiga maksimal yoqinlashtirish yo‗li bo‗yicha olib boriladi.
Oldingi amaldagi usullar bo‗yicha qatlamlarni sinash ―pastdan – yuqoriga‖ 
sxemasi bo‗yicha quduqni burg‗ilash va mustahkamlash kolonnasi tugallangandan 
keyin ko‗rish olib borilgan. 


Bu ko‗rsatilgan usul quduq sinashdan uni sinov ishlatishgacha kiritguncha va 
sinalgan obekt bo‗yicha kerakli ma‘lumotlarni olguncha uzoq muddat turib qolishi 
ta‘minlagan. Mustahkamalash kolonnasi tushirilgandan keyin qatlamlarni sinash 
qatlamga burg‗ilash eritmasi uzoq muddat ta‘sir qilgandan keyin olib borilgan va bu 
esa qatlamning tabiiy parametrlarini pasayishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan; qatlamga 
quduqlarni mustahkamlashda sement aralashmasi aniq ta‘sir ko‗rsatadi; perforatsiya 
qilingan metall kolonnasining mavjudligi ham qatlam ma‘lumotlarini haqiqiylikdan 
siljishga olib keladi. Shunday qilib, bir obektdan yuqorida joylashgan obektga o‗tash 
ko‗p vaqtni va material vositalarining sarflanishiga olib keladi. Shuni ham aytish 
mumkinki, bu ko‗rsatilgan usul bo‗yicha mahsuldorsiz qatlamlar sinalganda 
mustahkamlash quvurlarini, sementni va quduqni mustahkamlash uchun vaqtni 
keraksiz sarflanganligini ko‗rsatadi. 
Shuning uchun bu usuldan ishlatish quduqlarida qatlamlarni sinashda 
foydalaniladi ya‘ni, geologik qirqimi ma‘lum va mahsuldor qatlamlarni sinash, undan 
keyin murakkab geologik sharoitda burg‗ilanadigan qidiruv quduqlarida qatlamlarni 
sinash hamda quduqni ishlatishga topshirish quduqlarni o‗zlashtirishning qismi 
hisoblanadi. 
Oxirgi yillarda aksariyat neft va gaz quduqlarini burg‗ilash amaliyoti bilan 
shug‗ullanayotgan davlatlarda ―yuqoridan - pastga‖ sxemasi bo‗yicha quduqlarni 
burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash usullari amaliyotda keng tarqalgan bo‗lib, 
qaysiki, qatlamalarni sinash ochiq stvolda quduqlarni chuqurlashtirib borish bo‗yicha 
mustahkamlash kolonnasini tushirguncha maxsus quduq tubi asboblarida – 
―qatlamlarni sinagich‖ yordamida olib boriladi. Qatlamlarni sinagich asboblari 
quduqqa quvurlarda quduq tubiga tirkalgan asboblar yordamida tushiriladi.
Qatlamlarni ―yuqoridan - pastga‖ sxemasi bo‗yicha sinash usullari bir qator 
afzalliklarga ega ya‘ni, ochish va qatlamni ochish oralig‗ida hech qanday texnologik 
jarayon yo‗q, shuning uchun ular oralig‗idagi vaqt qisqaradi va obektni sinaguncha 
quduq tubi zonasiga burg‗ilash eritmasining salbiy ta‘sir qilishi kamayadi. 
Quduqlarni burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash kam vaqt sarflanishiga va 
material vositalarining tejashga olib keladi. Burg‗ilash jarayonida qatlam to‗g‗risida 


245
kerakli malumotlarni olish natijasida shu quduq bo‗yicha hal qilinadigan masalalarni 
aniqlashtirish 
mumkin bo‗ladi. Mahsuldor obekt mavjud bo‗lmaganda 
mustahkamalash kolonnasini tushirguncha quduq tugatiladi va mustahkamlash 
quvurlari tejaladi. 
Bu yerda ko‗rsatilgan usul universal usul deb tan olinmagan bo‗lsada, hamma 
sharoitlarda quduqlarni burg‗ilashda samarali darajada qo‗llaniladi. 
Shunday qilib, ochiladigan qatlamlar ikki yoki undan ko‗p hamda sinaladigan 
qatlamning qirqimida har xil o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan bir nechta qatlamchalar 
topilganda qatlamning alohida uchastkasini quduq tubiga tirkaltirib qatlam 
sinagichlar yordamida sinab ma‘lumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari 
qatlamning qaysi qismidan qatlam suyuqligi oqimining kirib kelayotganligini 
aniqlashning imkoniyati yo‗q. 
Quduq tubidan katta balandlikda joylashgan qatlamlarni sinash ishlari ancha 
murakkabdir. Quduqlarni chuqurlashtirib borish jarayonida sifatli sinash uchun 
ishlarni tezda to‗xtatish va qatlam sinash ishlarini olib borish kerak. 
Qatlamlarni sinashda amaliyotda quduq tubiga ikkita pakerlar bilan tirkalgan 
qatlamlarni sinash jamlanmalaridan foydalaniladi. Bunda oraliqlararo sinashni 
qo‗llash sinaladigan obekt quduq tubidan katta bo‗lmagan balandlikda joylashganda 
qo‗llaniladi. 
Shuning uchun hozirgacha quduqlarni burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash 
usullarni taksamaralashtirish sohasida davom ettirish dolzarb muammolardan biri 
bo‗lib, qatlamlarni ochishni mahsuldor qatlamlarni sinash jarayoniga maksimal 
yaqinlashtirish intilish bo‗lib qolmoqda hamda hamma ishlar majmuasini (kern 
namunasini olish, geofezik tadqiqot va qatlamlarni sinash) to‗g‗ridan – to‗g‗ri 
quduqlarni burg‗ilash jarayonida olib borish va qatlamlarni sinashni ―pastdan - 
yuqoriga‖ sxemasi bo‗yicha olib borish hamda ―yuqoridan - pastga‖ sxemasida 
sinaladigan obektni quduq tubidan qanday masofada joylashganligiga bog‗liq 
bo‗lmagan holda mustahkamalash kolonnasini tushirguncha olib borish 
imkoniyatidir. 


Bu sohada erishilgan yutuqlar quduqqa kabel – trosda tushiriladigan qatlam 
sinagichlarni yaratish va foydalanish hamda burg‗ilash quvurlarini yer ustiga olib 
chiqqandan keyin qatlamning katta bo‗lmagan uchastkasini sinash imkoniyatini 
berdi. 
Bu asbob metodik jihatdan obektni quduq tubidan qanday balandlikda 
joylashishiga bog‗liq bo‗lmagan holda obektni sinash imkoniyatini beradi. Bu yerda 
qatlamni sinash davrida juda kichik hajmdagi namuna olinishi (6 - 8 l) hamma vaqt 
qatlamni to‗yinish tavsifi to‗g‗risidagi ma‘lumotni olish imkoniyatini bermaydi ya‘ni, 
qatlam noyaxlit tuzilmagan ega bo‗lganda nuqtali namuna olish xato xulosa 
chiqarishga olib keladi. Shunga qaramasdan kabel arqonda tushiriladigan qatlam 
sinagichlar keng qo‗llanilmoqda. 
Qatlamlarni sinash va tekshirish texnologik jarayon sifatida quduqlarda olib 
boriladi, burg‗ilash jarayonida qatlam to‗g‗risida bir – biridan farq qiladigan texnika, 
texnologiyalar va ma‘lumotlar hajmini olish bilan farq qiladi. 
Quduqqa quvurlar yordamida tushiriladigan va burg‗ilash jarayonida 
qatlamlarni sinash amalga oshirilganda burg‗ilash quvurlari orqali katta bo‗lmagan 
hajmda qatlam suyuqligini olish (gazni) va qatlamda gidrodinamik tadqiqot olib 
borish zurur hisoblanadi. 
Burg‗ilash jarayonida qatlamlarni tekshirish qatlam sinagichlar yordamida 
amalga oshiriladi, namuna olgichning ishchi sig‗imi orqali qatlamdagi suyuqlikdan 
katta bo‗lmagan hajmda namuna olish va qatlamning bosimini va haroratini yozib 
olish bilan kuzatiladi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish