Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Parmalovchi perforatsiY.
Mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochishda parmalash 
orqali perforatsiya qilish parmalovchi PS-112 perforator yordamida olib boriladi va 
u geofizik kabelda quduqqa tushiriladi. Perforator reduktorli elektrdvigatelidan iborat 


327
bo‗lib, qaysiki, uning evaziga mustahkamlash quvurlarini va tog‗ jinsini parmalash 
amalga oshiriladi. 
Qurilma mustahkamlash quvurining devoriga tirkaladi va parmalashni 
boshlaydi. Parmalash kanallarining chuqurligi 70-120mm.ni va diametri - 12-
20mm.ni tashkil qiladi. Parmalovchi perforatsiya mahsuldor qatlamning uyumlari 
suvneft va suvgaz zonasida joylashganda mahsuldor qatlamni ochish afzal 
hisoblanadi ya‘ni, ikkilamchi ochish rejimini himoyalanishini ta‘minlaydi. 
Konda olib borilgan tajribalarda PS-112 parmalovchi apparatining tadqiqoti 
zarbasiz usulda ochishda keng tarqalgan perforator hisoblanadi hamda suvgazneft 
kontaktlari yaqin joylashganda mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishda yuqori 
samaradorlikni ko‗rsatadi.
Shu bilan birga PS-112 perforatorning kamchiligi ham mavjud – uning 
qatlamga katta bo‗lmagan chuqurlikda kirishi hisoblanadi. Qatlamlarni himoyalovchi 
texnologiyasini taksamaralashtirish maqsadida zamonaviy texnologiya ya‘ni, 
qatlamni ikkilamchi ochishning parmalovchi perforatsiya usuli ishlangan. 
Misol sifatida UFPK – 1 (ustroystvo dlya formirovaniya protyajennix 
filtratsionnix kanalov – uzun filtratsiya kanallarini shakllantiruvchi qurilma) 
parmalovchi perforatsiya qurilmasining texnologiyasini ko‗rib chiqamiz. Bu 
texnologiya bo‗yicha qatlamlarni ochishda parmalovchi perforatsiya yordamida 
diametri 20 mm va uzunligi 1 m.gacha gidrodinamik kanallar hosil qilinadi. 
UFPK-1 perforatorining umumiy ko‗rinishi 4.1-rasmda tasvirlangan. 
UFPK-1 jamlanmasi yordamida perforatsiya qilish bir qator afzalliklarga ega: 
yupqa qatlamli hamda qalinligi 0,5 m va undan katta bo‗lgan qatlamlarni 
ochish;
burg‗ilangan chuqur kanallarni to‗g‗ri va urinma usullarda nazorat qilish;
burg‗ilash vtulkalarini qattiq mahkamlanganligi uchun quduqning o‗qiga 
nisbatan 900 burchak ostida kanallarni hosil qilish;
ko‗p kolonnali quduqning konstruksiyasida ochishni amalga oshirish ya‘ni, 
ishlatish va texnik kolonnalar orqali ochishning imkoniyati.


UFPK-1 ning quduq stvolida ishlatish sxemasi 8.2-rasmda keltirilgan. 
Parmalab perforatsiya qiluvchi qurilma UFPK-1 texnologiyasi ―Neftburservis‖ 
OAJda ishlangan va Tatariston konlarida sanoat tajribalidan muvaffaqiyatli 
o‗tkazilgan [12]. 
Quduqlarda 4 tadan kanalni diametri 20 mm. va uzunligi 1000 mm.gacha hosil 
qilgan. 
Jarayon amalga oshirilgandan keyin natijalar tadqiqot qilinganda neftni qazib 
olish ko‗rsatgichlari va tavsiflarini yaxshilanganligi belgilangan. 
suyuqlikning debiti 2.6 martaga: 2.57 m3 /kundan 6.61 m3/kungacha; 
mahsuldorlik koeffitsiyenti 33% ga oshgan;
boshlang‗ich qazib olishga nisbatan mahsulotning suvlanganligi 18% ga 
kamaygan. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish